“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
85
modernizatsiyalash, ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik qayta qurollantirish,
raqobatbardosh mahsulotni ishlab chiqarish va uni tashqi bozorlarga eksport qilishni
taʼminlashga qaratilgan o‘zaro munosabatlar tizimidir
[16].
Korporativ boshqaruv bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan iqtisodchi olim А.Berlining
tadqiqotlarida korporatsiyalarni boshqarishda strategiyani tanlash va korxona menejmentini
rivojlantirish, investitsion faoliyatni boshqarish masalalari tadqiq etilgan[5]. M. Xesselning
tadqiqotlarida «Korporativ boshqaruv – bu mulkdorlar va boshqa manfaatdor shaxslarning
korxona faoliyatini baholash va nazorat qilish bilan bogʼliq o‘zaro munosabatlari
hisoblanadi». [6]
Korporativ boshqaruv kodeksining muallifi (1992)
Ser Edrian Kadberning
korporativ boshqaruv tizimini isloh qilish bo'yicha takliflarni o'z
ichiga olgan
dokladiga
asosan korporartiv boshqaruv (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, Corporate Governance) – bu
kompaniya faoliyatini boshqarish va nazorat qilishni amalga oshirishni taʼminlovchi tizimidir
[7].
O‘zbekiston Respublikasida ham bir qator olimlar Sh.Zaynutdinov[8], D.Suyunov[9],
B.Berkinov[10], M.Xamidulin[11], N.Rasulov[12] lar tomonidan korporativ boshqaruv
tizimining ayrim jihatlari nazariy metodologik asoslari tadqiq qilingan. Xususan, M.B.
Xamidulinning korporativ boshqaruv bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida, Korporativ
boshqaruv – bu korporatsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan
foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlarni
korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o‘rtasida adolatli taqsimlashga
qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, taʼriflash va qabul qilishga doimiy va real
taʼsirni taʼminlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir». [11] Yana bir iqtisodchi olimlarimizdan
D.X. Suyunovning fikricha “Korporativ boshqaruv – bu korporativ
mulk shakliga kiruvchi
subʼektlar mulkdorlarining huquqlarini va manfaatlarini himoya qiluvchi amaldagi meyorlar,
hamda boshqaruvning maʼlum bir tamoyillari asosida kompaniyaning maqsadiga erishish
uchun amalga oshiriladigan harakatlar majmuidir” [9].
Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o'rganilib
kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning flkrlari xilma-xilligiga guvoh bo'lish mumkin.
“Korporativ
boshqaruv
-
korporatsiya
mulkdorlarining
korporatsiya
kapitalini
shakllantirishga, undan foyda olish maqsadida yanada samarali
foydalanishga hamda
olingan daromadlarni korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o'rtasida adolatli
taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga
doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”, deb izohlanadi. Tashkiliy
huquqiy shakl sifatida korporatsiyalar barcha mamlakatlarda, jumladan O'zbekistonda ham
keng hajmda qo’llanilmaydi. Shu nuqtai
nazardan korporatsiyalar, kompaniyalar,
aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va boshqalarni umumlashtirgan
holda korporativ tuzilma tushunchasi bilan ifodalanadi[13].
Yuqoridagi olimlar va boshqa olimlar tomonidan korporativ boshqaruv tizimining
ayrim jihatlari nazariy metodologik asoslari tadqiq qilingan. Biroq, aktsiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv tizimini tatbiq qilish masalasi
qamrab olinmaganligini va
respublikamizda korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish uchun yetarli tadqiqot ishlari
mavjud emasligini ko‘rsatib turibdi.
Dostları ilə paylaş: