“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
84
ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday
iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan davlat tasarrufidan chiqarilgan mulklarni
samarali tarzda qayta harakatga keltirish, qo‘shma korxonalar tuzish,
korxonalarni
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, ayniqsa, kichik hamda xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishga bog’liqdir. Shu asosda davlat tasarrufidagi aksariyat korxona va tashkilotlarni
aksionerlik jamiyatlariga aylantirish orqali iqtisodiyotning korporativ boshqariluvchi
bo’g’inlarini tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Buning samarasi esa iqtisodiyotni liberallashtirish, tarmoqlarda
boshqaruvning bozor
tamoyillarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasida ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar misolida ko‘zga yaqqol tashlanyapti. Vaholanki, pandemiya keltirib chiqargan
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotgan, bozorlarda talab keskin
kamayib, konʼyunkturaning beqarorligi, investitsiya faolligining
susayishi kabi omillar
ko‘pgina davlatlar iqtisodiyotiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan bir paytda yurtimizda bunday
ijobiy o‘zgarishlarga erishilayotgani quvonarlidir.
Darhaqiqat, keyingi yillarda iqtisodiyotning mutlaqo yangi tarmoqlariga asos solish,
ayniqsa, ularni boshqarish uslublarini zamonaviylashtirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Aktsiyadorlik jamiyatlarini rivojlantirish strategiyasi va samarali boshqarish borasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi muhimdir. [1] Davlatimiz rahbari majlisda ana shu
haqda to‘xtalib, korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan
o‘zgartirishimiz uning haqiqiy bozor munosabatlariga mos kelishini taʼminlash hamda
konservativ qarashlardan voz kechishda katta hissa bo‘lganligini,
lekin butun dunyoda
aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish va ishni korporativ tarzda boshqarish asosiy usul, deb
topilgan bir paytda bizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar qoniqarli emasligiga, hali
oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham talaygina ekanligiga alohida urgʼu berdi.
Korporativ usul bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim sharti ekanligi, bu borada rivojlangan
davlatlar tajribasini o‘rganish hayotiy zaruratligi, ayniqsa, sohaga puxta bilimga ega bo‘lgan
zamonaviy menejment hamda marketing usullarini amalda qo‘llay oladigan yosh
mutaxassislarni jalb etish masalalari dolzarb ekanligi aytib o‘tildi.
Dostları ilə paylaş: