“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Laboratoriya ishi №5 
Antrasen unumlarini Xalqaro farmakopeya usuli bilan aniqlash. 
0,1 g maydalangan sano barglarini 100 ml xajmi 10 ml suyultirilgan sulfat kislotasi bilan 2 minut 
davomidaqaynatiladi. Issiq holda filtrlanadi, sovigandan so‘ng filtratni bo‘luvchi voronkada baravar 
xajmdagi benzol bilan bir minut davomida chayqatiladi. Benzol qavati ajratib olinadi, uni yarim 
xajmdagi suyultirilgan ammiak bilan chayqatiladi va 15 minutga qoldiriladi. Ammiakli qavat qizil-
binafsha rangga bo‘yaladi. 
Laboratoriya ishi №6 
Mikrosublimasiya. 
Antrasen unumlarining borligini mikrosublimasiya metodi bilan tasdiqlash 
mumkin. Buning uchun buyum oynachasiga maydalangan sano barglaridan solinadi, boshqa buyum 
oynachasi bilan ustki burchak hosil qilib yopiladi (2 ta buyum oynachasi orasiga probka bo‘lagi 
qo‘yiladi) va asbest setkasi ustiga qo‘yib qizdiriladi. Bunda sariq yoki zarg‘aldoq rangli bug‘ hosil 
bo‘ladi va u yuqori buyum oynachasida kristallanadi va unga ishqor eritmasi tomizilganda qizil-binafsha 
rangga bo‘yaladi. 
Laboratoriya ishi №7 
Antrasen unumlarini xromatografiya usuli bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun 0,3 g sano 
barglarini 3 ml spirt bilan 5 minut davomida qizdiriladi. Sovigandan so‘ng filtrlanadi. So‘ngra fil‘tratdan 
kapillyar yordamida, yupqa qavatli xromatografiya plastinkasining (silufol) start chizig‘iga tomiziladi va 
etilasetat-chumoli kislota-suv (10:2:3) aralashmasi solingan xromatografiya idishiga joylashtiriladi. 
Xromatografiya vaqti 30-40 minut. Xromatogrammani havoda quritiladi va ul‘trabinafsha nurda ko‘rib, 
hosil bo‘lgan dog‘lar belgilanadi. So‘ngra xromatogrammada natriy ishqorini 5 % li spirtdagi eritmasi 
bilan yiki ammiak pari bilan ishlov beriladi va yana ul‘trabinafsha nurlarida ko‘riladi. Ayni bir vaqtda 
xromatografiya qilinadi. Xosil bo‘lgan dog‘larning rangi aniqlanadi va Rf ni hisoblab chiqiladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin