“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Mavzu: Antratsеn unumlari kimyosi va tеxnologiyasi. Bo‟yoqdor ro‟yan ekstraktini olish



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Mavzu: Antratsеn unumlari kimyosi va tеxnologiyasi. Bo‟yoqdor ro‟yan ekstraktini olish 
tеxnologiyasi
Laboratoriya mashg'uloti 
1. Mavzuni yozishdan maqsad: 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
105 
Bunda talabalarni antrasen unumlarining chinligini va miqdorini aniqlash usullari, kimyosi va 
texnologiyasi bilan, shuningdek sano ekstraktini va bo‘yoqdor ro‘yan ekstraktini olish texnologik 
sxemalar bilan tanishtirish. 
2. Mavzuning ahamiyati: 
Tarkibida antrasen unumlari bo‘lgan dorivor o‘simliklarni taxlil qilishni o‘rganish.
3. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar: 
1.
Antrasen unumlariga ta‘rifini bering. 
2.
O‘simlik mahsuloti tarkibidagi antrasen unumlarini qaysi reaksiyalar bilan aniqlash mumkin? 
3.
Erkin antrasen unumlari va ularning glikozidlari qanday fiz-kimyoviy xossalarga ega? 
4.
Antrasen unumlarini xromatografik taxlil qilishda qanday reaktivlardan foydalanish mumkin? 
5.
Mahsulot tarkibidagi antrasen unumlari miqdorini aniqlash usuli qanday? 
6.
Antrasen unumlarining tibbiyotdagi axamiyati qanday? 
7.
Sano ekstraktini olish texnologiyasi jarayoni qanday olib boriladi? 
8. Bo‘yoqdor ro‘yan ekstraktini olish texnologiyasi jarayoni qanday olib boriladi? 
Texnologik cxemalarni tusing 
4. Mustaqil bajarish uchun vazifalar: 
Bu guruxga antrasenning turli darajadagi oksidlangan birikmalari (antranollar, antronlar, 
oksantronlar va antraxinon) ularning oksi, oksimetil va boshqa unumlari hamda glikozidlari 
(antraglikozidlar), bimolekulyar birikmalar (diantranollar, diantronlar va boshqalar) hamda ularning 
oksimetil unumlari va glikozidlari kiradi. 
Antrasen unumlarining fizik va kimyoviy xossalari 
Antrasen unumlari sariq, to‘q sariq, to‘q sariq-pushti rangli kristall modda bo‘lib, ularning 
glikozidlari suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi, efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda juda 
yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, aglikonlari esa aksincha organik erituvchilarda yaxshi erib, suvda 
erimaydi. 
Antrasen unumlarining qizdirilganda uchuvchanlik xossasi bor. Bu guruxga kiruvchi 
birikmalarning ko‘pchiligi optic faol moddalar bo‘lib, qutblantirilgan yorug‘lik tekisligini o‘ngga yoki 
chapga buradi. 
Uf –va ko‘k-binafsha nur ta‘sirida antrasen unumlari turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish 
ularning molekulasidagi asosiy yadrosi oksidlanish darajasiga va yadrosiga joylashgan funksional 
guruxlarning soni va turi joyiga bog‘liq. Masalan, antraxinon unumlari to‘q sariq, pushti, qizil va olov-
qizil, antron va antranol unumlari – sariq, zangori, binafsha rang bilan tovlanadi. 
Ishqor eritmasi ta‘sirida antrasen unumlarining glikozidlari parchalanib, sof holda ajralib chiqqan 
aglikonlar suvda yaxshi eriydigan fenolyat tipidagi birikmalar – antraxinolyatlar hosil qiladi. 
Antraxinolyatlarning suvdagi eritmasi to‘q qizil bo‘lib, kislotalar ta‘sirida (kislotali sharoitda) 
parchalanadi va qaytadan suvda erimaydigan sariq rangli sof holdagi aglikonga aylanadi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin