“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
110 
Kumarinlarni tahlil qilish usullari 
Laboratoriya ishi № 1 
Quritilgan va maydalangan mahsulotdan 1-2 g olib, kolbaga solinadi va uning ustiga 5-10 ml spirt 
quyib 4 soat qoldiriladi. So`ngra kolbani 500S da 2-3 minut qizdiriladi. Ajratmani filtrlab olinadi va 
unga 5 % li ishqor eritmasidan bir necha tomchi qo`shib, suv xammomida bir necha minut qizdiriladi. 
Agar spirtli ajratmada kumarinlar bo`lsa, ular kumarianatlar hosil qiladi va natijada eritma sariq (och 
sariq) rangga bo`yaladi. 
Sariq (och sariq yoki sarg`ish) rangli ishqoriy sharoitdagi ajratmani 2 ta probirkaga bo`lib, 
kumarinlarga sifat reaktsiyalar qilinadi. 
Laboratoriya ishi № 2 
Diazoreaktsiya . Birinchi probirkadagi 2 ml sarg`ish rangli (ishqoriy sharoitdagi ) ajratmani chinni 
idishga solib, unga yangi tayyorlangan sulfanil kislotaning diazoreaktividan bir necha tomchi 
qo`shiladi.Natijada aralashma qo`ng`ir - qizil yoki to`q qizil rangga bo`yalib, ajratma tarkibida 
kumarinlar borligini isbotlaydi. Agar sulfanil kislota o`rnida p-nitroanilin olinsa, u holda aralashma 
binafsha yoki qo`ng`ir rangga bo`yalgan. 
Laboratoriya ishi № 3

Laktor reaktsiyasi. Ikkinchi probirkadagi sarg`ish rangli ajratmaga (ishqoriy sharoitdagi) 4 baravar 
ortiq miqdorda suv qo`shilgan taqdirda aralashma loyqalanmasligi va cho`kma xosil qilmasligi lozim. 
So`ngra bu aralashmaga xlorid kislotaning 5% li eritmasidan qo`shib neytrallanadi. Agar probirkadagi 
ajratmada kumarinlar bo`lsa, cho`kma yoki loyqa xosil bo`ladi. 
Reaktsiya natijasida suvda erib, sariq rangli eritma xosil qilgan kumarinatlar xlorid kislota ta'sirida 
suvda erimaydigan laktonlar-kumarinlarga aylanadi. 
Agar o`simlik tarkibida kumarinlar glikozidlar xolida bo`lsa, oldin ularni gidrolizlanadi. Buning 
uchun maxsulotdan tayyorlangan spirtli ajratmaga suv quyiladi, so`ngra efir qo`shib chayqatiladi va 
efir qismini bo`luvcha voronka yordamida ajratib olinadi. Qolgan suvli qismiga (kumarin-glikozidlar 
eritmasi) suyultirilgan sulfat kislotadan qo`shib, suv hammomida qizdiriladi. Glikozidlarning 
gidrolizlanishi natijasida ajralib chiqqan agli-konni-kumarinlarni efirda eritib, ajratib olinadi. Efirni 
uchirib yuboriladi va qolgan qismini spirtda eritiladi. Ana shu spirtda eritib olingan kumarinlarga
yuqorida ko`rsatilgan diazoreaktsiya va lakton reaktsiyalari qilinadi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin