Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari. O`simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall modda bo`lib, suvda yomon eriydi yoki
butunlay erimaydi, spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, xloroform va boshqalar)da yaxshi eriydi.
Kumarinlar glikozid xolida bo`lsa, ularning suvda erishi kuchayadi. Lekin glikozidlarning suyultirilgan
sulfat kislota ta'sirida gidrolizlanib olingan aglikonlari suvda erimaydi, spirt va organik erituvchilarda
esa yaxshi eriydi.
Ko`pchilik kumarin aa-furokumarinlarni spirtdagi neytral eritmalari hamda ishqor va
kontsentrlangan sulfat kislotadagi eritmalarni ultrabinafsha nurida o`ziga xos fluorestsentsiya
(zangori, ko`k binafsha, yashil, sariq ranglarda)bilan tovlanadi. Ayniqsa 7-oksikumarin-
ummbelliferon unumi yaxshi fluorestsentsiya beradi. Ummbelliferonning o`zi ultrabinafsha nur
ta'sirida tiniq zangori rangli fluorestsentsiya bilan bilan tovlanadi.
Tabiiy holdagi kumarinlar ko`pchiligining 7-nomerli uglerod atomida oksiguruhi bo`ladi. Shuning
uchun ularni 7-oksiku-marin-ummbelliferon unumi deb hisoblanadi.
Kumarinlar lakton bo`lganlgi uchun ishqorlar ta'sirida ularning q-piron halqasi uziladi va har bir
kumarinning o`ziga xos kislotasining tuzi-kumarinatlar hosil bo`ladi.Ular suvda yaxshi eriydi
(eritmalari sariq rangli bo`ladi), organik erituvchilarda esa erimaydi. Kumarinatlarga kislota ta'sir
ettirilsa, reaktsiya orqali qaytadi, lekin hosil bo`lgan sof kislota tezda o`zidan bir molekula suv ajratib,
qaytadan laktonga- kumarinlarga aylanadi.
Kumarinning o`zi suv ta'sirida gidrolizlanmaydi, kislota va ammiak eritmasi bilan reaktsiyaga
kirishmaydi.Agar unga suyultirilgan natriy ishqori qo`shib qizdirilsa, sariq rangli eritma-kumarin (tsis-
orto-oksidolchin) kislota natriy tuzining eritmasi hosil bo`ladi.Eritmaga kislota ta'sir ettirilsa,reaktsiya
orqaga qaytadi.