“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Ushbu  jaraoynning texnologik sxemasini tuzing



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Ushbu 
jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.
Mavzu: Tarkibida saponinlar saqlovchi prеparatlar va ularni olish tеxnologiyasi. Saponinlar
kimyoviy taxlili. 
Laboratoriya mashg'uloti
1.
Mavzuni yozishdan maqsad :
Bunda talabalarni tarkibida saponin saqlagan dorivor o‘simliklar kimyosini o‘rganish va ular asosida 
olinadigan preparatlarni texnologiyasi bilan tanishtirish. 
2. Mavzuni axamiyati : 
Tarkibida saponinlar saqlagan dorivor o‘simliklar va preparatlarni taxlil qilishni o‘rganish. 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
112 
3. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar : 
1.
Saponinlarga xarakteristika bering. 
2.
Saponinlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari to`g`risida gapirib bering. 
3.
Saponinlarga umumiy sifat reaktsiyalar. 
4.
Saponinlarning gemolitik ko`rsatkichini (indeksini) aniqlash usuli qanday?. 
5.
Saponinlarning ko`pirish sonini (ko`rsatkichini) aniqlash usuli qanday? 
6.
Saponinlarning tibbiyotdagi axamiyati to`g`risida gapirib bering. 
7.
Diosponin preparatini olish texnologiyasini gapirib bering 
8.
Polisponin preparatini olish texnologiyasini gapirib bering. 
9.
Saparal preparatini olish texnologiyasini sxemasini keltiring. 
4. Mustaqil bajarish uchun vazifalar : 
Glikozidlarning suvdagi eritmasi chayqatilganda turg`un ko`pik xosil qiladi, Shuning uchun 
ular saponinlar deb atalgan (lotincha sapo — sovun so`zidan olingan). Saponinlar fermentlar yoki 
suyultirilgan kislotalar ta'sirida gidrolizlanib, monosaxaridlar aralashmasiga xamda aglikon — 
sapogeninlarga parchalanadi. 
Saponinlar oq rangli amorf birikma, sapogeninlar esa kristall modda. Ular suvda, suyultirilgan 
etil (60-70%) va metil spirtlarida yaxshi eriydi. 90% li etil spirtida esa faqat qaynatilgandagina erib, 
sovitilganida qayta cho`kadi. Saponinlar efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. 
Ularning aglikonlari — sapogeninlar, aksincha turli organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Saponinlar 
fenollar va steroid spirtlar bilan molekulyar birikma beradi Xosil bo`lgan birikmalar suvda va spirtda 
yomon erigani sababli, saponinlarni o`simlikdan ajratib olishda va ular miqdorini aniqlashda shu 
reaktsiyalardan foydalaniladi. Steroid spirtlarga kiradigan xolesterin miqdorini aniqlash usullari xam 
uning saponinlar bilan erimaydigan molekulyar birikma xosil qilishga asoslangan. Saponinlar 
xolesterin bilan birikkanda, biologik faolligini yo`qotadi. 
Saponinlar faol biologik birikmadir. Tarkibida saponin bo`lgan o`simliklar kukunining changi 
burun va tomoqning shilliq qavatlarini qichishtirib, yo`taltiradi xamda aksirtiradi. Ular iste'mol 
qilinganida ichki sekretsiya bezlarining suyuqlik ajratish qobiliyati kuchayadi. Qon eritrotsitlarini 
eritish saponinlarning eng muxim va o`ziga xos xususiyatlaridan biridir. Shuning uchun saponin 
eritmasini venaga yuborish mumkin emas. Aks xolda eritrotsitlarni eritib yuborishi mumkin. Iste'mol 
qilingan ba'zi saponinlar kuchli zaxar sifatida ta'sir qilishi mumkin. Zaxarli saponinlar sapotoksinlar 
deb ataladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin