“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

3– Laboratoriya ishi 
Saponinlarning xromatografik taxlili 
Saponinlarni qog`ozda yoki yupqa qavatda xromatografik analiz qilish mumkin. Bu analiz ko`proq 
yupqa qavatda o`tkaziladi. Buning uchun KSK markali silikagel yopishtirilgan 13x18 sm li oyna 
plastinkasi yoki ―Silufol‖ plastinkasini start chizig`iga Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasidan 
(yoki saponinli ajratmadan) va ―guvox‖ eritmalardan kapillyar naycha yordamida tomiziladi va xavoda 
10 minut quritiladi. So`ngra plastinka ichida suvsiz xloroform-metil-spirti-suv (61:32:7 nisbatda) 
aralashmasi bo`lgan xromatografik kolonkaga joylashtirib xromatografiya qilinadi (30-40 minut). 
So`ngra xromatogrammaga 20 % sulfat kislota purkalib, qurituvchi shkafda 110 0S da 10 minut 
qizdiriladi. Bunda saponinlar dog`i to`q qizil rangga bo`yaladi (aralozidlar). Dog`lar Rf-i aniqlanadi va 
―guvox‖ saponinlar Rf-i bilan solishtirib xulosa chiqariladi. 
Saponinlar miqdorini aniqlash usullari. 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasidagi saponinlar miqdorini aniqlash usullari ularni o`simlikdan 
qaynoq suv yoki qaynoq 70-80% li spirt bilan ajratib olib, so`ngra kuchli spirt, efir, ba'zan bariy 
gidroksid bilan cho`ktirishga asoslagan. Bu usullar turli o`simliklarda turlicha natija beradi. 
Erituvchilar (suv yoki spirt) o`zgarishi bilan ajratib olingan saponinlarning miqdori xam qisman 
o`zgaradi. Shuning uchun saponinlarni aniqlashda xar bir o`simlikka xos sharoitlar ishlab chiqilishi 
lozim. 
Saponinlarning suvda ko`pirish xamda qon eritrotsitlarini eritish xossalariga asoslangan miqdoriy 
analiz usullari xam mavjud. Bu usullar maxsulotdagi saponinlarning % miqdorini ko`rsatmasa xam, 
ular kontsentratsiyasini aniqlashda katta axamiyatga ega. Ayniqsa tibbiyotda ishlatiladigan maxsulotlar 
shu usullar yordamida tekshirilishi va ularga baxo berilishi kerak. 
4 – Laboratoriya ishi 
Saponinlarning gemolitik ko`rsatgich (indeks) ini aniqlash. 
Gemolitik ko`rsatgich (indeks) deb, fibrinsiz qonning 2% li eritmasi bilan to`liq gemoliz 
beradigan saponinlarning eng kichik miqdoriga aytiladi. Bu ko`rsatgich maxsulotning birlik miqdoriga 
nisbatan ifodalanadi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin