“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

1 – Laboratoriya ishi 
Sifat reaktsiyalari. 
Saponinlarga rangli reaktsiyalar. 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlari eritmasini (yoki saponin saqlovchi maxsulotdan 
tayyorlangan ajratmani) probirkaga solib chayqatilsa, turg`un ko`pik xosil bo`ladi. 
2 – Laboratoriya ishi 
Qon bilan reaktsiya. 
Probirkadagi 1 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan olingan ajratmaga natriy xloridning 
0,9 % li eritmasidagi fibrinsizlantirilgan qonni 2 % li eritmasi 1 ml qo`shib chayqatilsa, ajratma tiniq 
to`q qizil rangga o`tadi (eritrotsitlar parchalanadi, gemolizga uchraydi). 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan tayyorlangan eritmasiga qo`rg`oshin (II)-gidroksiatsetat 
eritmasidan bir necha tomchi qo`shilsa, cho`kma xosil bo`ladi. 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga bariy gidroksidning to`yingan eritmasidan (bariyli suv) bir 
necha tomchi qo`shilsa, cho`kma xosil bo`ladi. 
2 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasi 1 ml kontsentrlangan sulfat kislota, 1 ml spirt va temir 
xloridning 10% li eritmasidan bir tomchi qo`shib qizdirilsa, ko`k-yashil rang xosil bo`ladi (Lafon 
reaktsiyasi). 
2 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasi natriy nitratning 10% li eritmasidan 1 ml va 
kontsentrlangan sulfat kislotadan bir tomchi qo`shilsa, to`q qizil rang xosil bo`ladi. 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
113 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasining kontsentrlangan sirka kislotasidagi eritmasiga sirka angidridi va 
kontsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50:1 nisbatda) 2 ml qo`shilsa tezda ko`k yoki yashil 
rangga o`tuvchi pushti-qizil rang xosil bo`ladi (steroid saponinlarga Liberman-Burxard reaktsiyasi). 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga vanilinni 1% li eritmasi, sirka angidridi va kontsentrlangan 
sulfat kislota aralashmasidan qo`shilsa pushti (triterpen saponinlar) yoki sariq (steroid sponinlar) rang 
xosil bo`ladi (Sane reaktsiyasi). 
1 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasining spirtdagi eritmasiga xolesterinning spirtdagi eritmasidan 1 
ml qo`shilsa, cho`kma xosil bo`ladi (steroid saponinlarga reaktsiya). 
1 ml xloroformdagi 2-3 mg Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga kontsentrlangan sulfat 
kislotadan asta-sekin qo`shilsa, sariq (triterpen saponinlarga xos) yoki qizil (steroid saponinlarga xos) 
rang xosil bo`ladi (Salkovskiy-Molchanov reaktsiyasi). 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasidan juda yupqa qilib kesib olingan mikroskopik preparatni bir xil 
miqdordagi kontsentrlangan sulfat kislota xamda 96% li spirt aralashmasiga bir oz solib qo`yib, 
so`ngra mikroskop ostida ko`rilsa, saponinli xujayralar sariq rangga bo`yalgan xolda (keyinchalik qizil 
rangga o`tadi) ko`rinadi. Shu preparatga temir xlorid eritmasidan bir tomchi tomizilsa, u xolda 
yuqorida aytib o`tilgan rang oldin qo`ng`ir, so`ngra zangori-qo`ng`ir tusga aylanadi (mikrokimyoviy 
reaktsiya). 
Nippon dioskareyasi ildizpoyasining qaysi guruxga mansubligi quyidagi reaktsiya yordamida 
aniqlanadi: 2 ta probirka olib, birinchisiga xlorid kislotaning 0,1 n eritmasidan 5 ml, ikkinchisiga kaliy 
ishqorining 0,1 n eritmasidan 5 ml quyiladi va xar qaysi probirkaga 3 tomchidan saponinlar eritmasida 
(yoki saponinlar ajratmasidan) qo`shib, 1 minut davomida qattiq chayqatiladi. Agar ikkala probirkada 
balandligi va turg`unligi bo`yicha teng bo`lgan ko`pik xosil bo`lsa, analizga olingan saponinlar 
triterpen guruxiga kiradi. Agar saponinlar steroid guruxiga kirsa, u xolda kaliy ishqori eritmasi 
quyilgan probirkada xajmi va turg`unligi bo`yicha bir necha marta ko`pik xosil bo`ladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin