“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
113
Nippon dioskareyasi ildizpoyasining kontsentrlangan sirka kislotasidagi eritmasiga
sirka angidridi va
kontsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50:1 nisbatda) 2 ml qo`shilsa tezda ko`k yoki yashil
rangga o`tuvchi pushti-qizil rang xosil bo`ladi (steroid saponinlarga Liberman-Burxard reaktsiyasi).
Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga vanilinni 1% li eritmasi, sirka angidridi va kontsentrlangan
sulfat kislota aralashmasidan qo`shilsa pushti (triterpen saponinlar) yoki sariq (steroid sponinlar) rang
xosil bo`ladi (Sane reaktsiyasi).
1 ml Nippon dioskareyasi ildizpoyasining spirtdagi eritmasiga xolesterinning spirtdagi eritmasidan 1
ml qo`shilsa, cho`kma xosil bo`ladi (steroid saponinlarga reaktsiya).
1 ml xloroformdagi 2-3 mg Nippon dioskareyasi ildizpoyasi eritmasiga
kontsentrlangan sulfat
kislotadan asta-sekin qo`shilsa, sariq (triterpen saponinlarga xos) yoki qizil (steroid saponinlarga xos)
rang xosil bo`ladi (Salkovskiy-Molchanov reaktsiyasi).
Nippon dioskareyasi ildizpoyasidan juda yupqa qilib kesib olingan mikroskopik preparatni bir xil
miqdordagi kontsentrlangan sulfat kislota xamda 96% li spirt aralashmasiga bir oz solib qo`yib,
so`ngra mikroskop ostida ko`rilsa, saponinli xujayralar sariq rangga bo`yalgan xolda (keyinchalik qizil
rangga o`tadi) ko`rinadi. Shu preparatga temir xlorid eritmasidan
bir tomchi tomizilsa, u xolda
yuqorida aytib o`tilgan rang oldin qo`ng`ir, so`ngra zangori-qo`ng`ir tusga aylanadi (mikrokimyoviy
reaktsiya).
Nippon dioskareyasi ildizpoyasining qaysi guruxga mansubligi quyidagi
reaktsiya yordamida
aniqlanadi: 2 ta probirka olib, birinchisiga xlorid kislotaning 0,1 n eritmasidan 5 ml, ikkinchisiga kaliy
ishqorining 0,1 n eritmasidan 5 ml quyiladi va xar qaysi probirkaga 3 tomchidan saponinlar eritmasida
(yoki saponinlar ajratmasidan) qo`shib, 1 minut davomida qattiq chayqatiladi. Agar ikkala probirkada
balandligi va turg`unligi bo`yicha teng bo`lgan ko`pik xosil bo`lsa, analizga olingan saponinlar
triterpen guruxiga kiradi. Agar saponinlar
steroid guruxiga kirsa, u xolda kaliy ishqori eritmasi
quyilgan probirkada xajmi va turg`unligi bo`yicha bir necha marta ko`pik xosil bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: