“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
115
Mavzu:
Diosponin, Polisponin olish texnologiyasi
Diosponin — Dioskorey oilasiga mansub, Kavkaz dioskoreyasi (Dioscorea caucasica Lipscy)
ildizpoyasidan quruq tozalangan ekstrakt xolida olinadi.
Diosponin — och sariq rangdan to
jigar ranggacha, achchiq ta'mli, suvda va spirtda yaxshi eruvchan
amorf gigroskopik kukun. Suvli eritmasi chayqatilganda turg`un ko`pik xosil bo`ladi. 8% gacha namlik
saqlaydi. Gemolitik indeks 2000, eritrotsitlarni gemolizga uchratadi.
Diosponin 28% dan kam bo`lmagan steroid saponinlar saqlaydi, ulardan asosiylari kavkazosaponin
erish temperaturasi 218-220
0
S (parchalanish) ((D20 — 62,350 (piridin) bo`lib, ramnozotriglyukozid
diosgenin (I) ni namoyon etadi va kavkazoprosapogenin erish temperaturasi 242-2450 (parchalanish)
((D20 — 50,350 (piridin) bo`lib, triglyukozid diosgeninni namoyon etadi.
Shilliq qavatga tushishi
bilan qizartiradi, achishtiradi. Diosponin miya qon tomirlari ateroskleorozida
va umumiy aterosklerozda tavsiya etiladi.
28% dan kam bo`lmagan suvda eruvchan saponinlar steroid saqlovchi diosponin preparati,
qonda
xolesterin miqdorini va arterial bosimni pasaytiradi. Miya qon tomirlari aterosklerozida,
kardiosklerozida va shuningdek gipertonik kasalliklar profilaktikasi va davolanishga tavsiya etiladi.
Dori preparati turi 0,1 g dan tabletka xolida.
O`simlik xom ashyosidan saponinlar ekstraktsiyasi
. Engil-quruq
ildizpoyalarni ildizi bilan
―ekstselsior‖ tipdagi tegirmonlarda 4 mm qalinlikgacha maydalanadi.
Yolg`on tubli po`lat ekstraktor g`alvirsimon aralashtirgich, pastga tushiruvchi,
yuklovchi va
chiqaruvchi lyuk bilan ta'minlangan bo`lib, vakuum yordamida oldingi ekstraktsiyadan olingan
uchinchi spirtli ajratma quyiladi, kerakli miqdorda 80% li spirt qo`shiladi, keyin maydalangan o`simlik
xom ashyosi solinadi va xona temperaturasida 8 soat davomida ekstraktsiya qilinadi. Birinchi 30
minutga, keyin xar 2 soatda aralashtirgich o`chiriladi. Ekstraktsiya vaqti tugagandan so`ng birinchi
spirtli ekstrakt bo`z filtr o`rnatilgan druk-filtr orqali azot yordamida siqilib yig`gichga filtrlanadi.
Keyin ekstraktorga 80% li etanol yuboriladi
va ikkinchi ekstraktsiya, so`ngra uchinchi ekstraktsiya
xuddi birinchi ekstraktsiyadek o`tkaziladi. Birinchi va ikkinchi spirtli ekstraktlar texnologik
jarayonning keyingi bosqichiga o`tkaziladi. Ekstraktordan chiqindi vakuum yordamida spirtni xaydash
va rektifikatsiya qilish uchun uch sektsiyali nasadkali kub rektifikatsion kolonnaga yuboriladi.
Spirtli ekstraktlarni bug`latish va oxirgi maxsulotni olish
. I va II - spirtli ekstraktni yig`gich orqali
rotorli, yupqa plyonkali bug`latgichga yuboriladi, bu erda uni bug`latkich sektsiyalarida 1-1,5
atmosfera yoki 100-150 mm. sim. ust. bosim ostida boshlang`ich xajmning 1/10 gacha bug`lantiriladi.
Kub qoldiq yig`gichga g`ilof orqali beriladi va u erda 10
0
S gacha sovitiladi.
Sovitishda suvda
erimaydigan saponinlar paxtasimon ko`rinishda cho`kmaga tushadi. U STS — 150/750, 45000
ayl/min. tipidagi supertsentrifugada ajratib olinadi. Sentrifugadan ajralib chiqqan cho`kma chiqindiga
chiqarilib yuboriladi. Filtrat o`tkazib yuborilgan moddalardan tozalash uchun, bir necha marotaba
xloroformda tozalanadi. Ajratib olingan xloroform regeneratsiya qilinadi va qayta ishlatiladi.
Saponinning tozalangan kub qoldig`i (dvux do`movo`m spuskno`m kranom) 2
dyumli tushiruvchi
kranli vakuum apparatda 100-150 mm. sim. ust. bosimi ostida to`liq bug`lantiriladi va g`ilofdan
chiqayotgan suvning xarorati 70-75
0
S ga teng bo`lishi kerak. Bug`latish suyuq smola xosil bo`lguncha
davom ettiriladi va issiq xolda emal bochkaga quyiladi. Smola po`lat listga 3 sm dan ko`p bo`lmagan
qalinlikda taqsimlanadi. Keyin ekstrakt qurishi uchun gorizontal silindrik vakuum quritgich shkafga
qo`yiladi. (TsVSh — 10.5 tipli issiq suvda isitiluvchi shkaf) quritish 60
0
S da 100 - 150 mm. sim. ust.
bosimda bir sutka davomida quritiladi. Quritilgan maxsulot ―piruet‖ tipdagi tegirmonda kukun
xoligacha maydalanadi. Maydalash davomida yo`qotish 1% . Kukunsimon
diosponin kukuni ikki
qavatli polietilen xaltachalarga qadoqlanadi.
Olingan xom ashyo miqdoridan chiqish unumi 22,8%.
Dostları ilə paylaş: