“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Ushbu jaraoynning texnologik



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Ushbu jaraoynning texnologik 
sxemasini tuzing.
Polisponin olish texnologiyasi

Polisponin quruq ekstrakt bo`lib, Nippon dioskareyasi ildizpoyasi, ildizlaridan — Dioscorea nipponica 
Macino olinadi. Tarkibida 17 % dan kam bo`lmagan suvda eruvchan steroid saponinlar bo`lishi kerak.
Ular yig`indisi ichida asosiy suvda eriydigan saponin — bu diostsinindir: 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
116 
Diostsinin erish temperaturasi 202-203
0
C (parchalanish) ((D — 69,880 (metanol). Gidrolitik 
parchalanganda ikki molekula ramnoza va ikki molekula glyukoza xamda diosgenin xosil bo`ladi. 
Polisponin tarkibiga kiruvchi nippon dioskareyasining ekstrakti och sarg`ish rangdan to jigarranggacha 
bo`lib, mayda to`q rangli zarrachalarni saqlaydi. Gigroskopik bo`lib saqlash mobaynida uvalanadi. 
Suvda oson eriydi, ko`pincha engil loyqa xosil qiladi. Amalda 95% li spirtda, efir va xloroformda 
erimaydi. Suvli eritmasi chayqatilganda turg`un ko`pik xosil bo`ladi. 
Shilliq qavatga tushganda qizartiradi, achishtiradi. Polisponin qon-tomirlar aterosklerozida va bosh 
miya gipertoniyasida tavsiya etiladi. Dori turi shaklida — 100 mg quruq ekstrakt saqlovchi tabletka.
Nippon dioskareyasi — Uzoq Sharq endemi. Faqat ajratilgan rayonlardagina engil-quruq xom ashyo 
tayyorlash (g`amlash) mumkin. Ildizpoya ildizlari bilan 8% gacha steroid saponinlarni saqlaydi. 
Molekulaning glikozid qismi uglevod qoldiqlariga bog`liq ravishda diosgenin saponinlari to`rt 
molekula qand saqlovchi suvda eriydigan, kam miqdor qand saqlovchi suvda erimaydiganlarga 
bo`linadi. Suvda eriydigan saponinlar asosiy tarkibini diostsinin xisoblansa, suvda erimaydiganlari 
tarkibidan esa diostsin va gratsillin topilgan. 
Nippon dioskareyasidan olingan ekstrakt, asosan suvda eruvchi saponinlarga kiradi.
O`simlik xom ashyosidan saponinlar ekstraktsiyasi
. Nippon dioskareyasining ildizpoyasi juda qattiq 
bo`lganligi sababli tayyorlov bazalaridan qayta ishlash zavodlariga maydalangan (1-3 mm gacha) 
xolda keltiriladi. Ekstraktsiya yolg`on tubli, filtrlovchi mato joylashtirilgan oddiy aylantirgichli 
ekstraktorda olib boriladi. Ekstraktsiya xona temperaturasida 80% li etil spirtda 8 soat davomida olib 
boriladi. Xar bir soatda 15 minut aralashtirgich ishga tushiriladi. xammasi bo`lib 3 marta ekstraktsiya 
o`tkaziladi. Dastlabki ikkita spirtli ekstrakt texnologik jarayonning keyingi bosqichiga o`tkaziladi, 
uchinchi spirtli ekstrakt esa yangi xom ashyoni birinchi ekstraktsiyasi uchun ishlatiladi. Xar bir spirtli 
ekstrakt druk filtr orqali bo`z filtrdan o`tkaziladi. Uchta ekstraktsiyadan so`ng chiqindi ekstraktordan 
vakuum yordamida kub rektifikatsion kolonkaga etil spirtini xaydash va rektifikatsiya qilish uchun 
yuboriladi. Olingan xaydalgan spirt ekstraktsiya bosqichlarida ishlanadi, chiqindi tashlab yuboriladi. 
Spirtli ekstraktlarni bug`latish va so`nggi maxsulotni olish
. Birlashtirilgan ikkita dastlabki spirtli 
ekstrakt oddiy g`ilofli va aralashtirgichli vakuum bug`latgich apparatida olib boriladi. Ekstraktlarni 
bug`latish olib borilayotgan g`ilofdan chiqqan suvli xarorati 70-75 0S bo`lishi kerak va bosim 100-150 
mm. sim. ust. bo`lishi kerak. Bug`latish dastlabki xajmning 1(10 gacha olib boriladi. Kub qoldiq 10-15 
0S gacha sovitiladi, suvda erimaydigan saponinlar to`liq cho`kmaga tushguncha ushlab turiladi. 
Cho`kmaga tushgan saponinlar supertsentrifugada (tip. SGS -150(750, 15000 ayl(min) ajratib olinadi. 
Ajratib olingan cho`kma jarayondan chiqarib yuboriladi. Filtrat xuddi yuqoridagi parametrlarda 2 
dyumli tushiruvchi kranli vakuum-apparatda quyuq smola xosil bo`lguncha bug`latiladi. Issiq xoldagi 
smola emal bochokga quyiladi. Po`lat listga 3 sm qalinlikda taqsimlanadi va ekstraktni quritish uchun 
gorizontal silindrik vakuum-quritish shkafiga joylashtiriladi. Quritish 600S xaroratda va bosim 150 
mm. sim. ust. bo`lganda engil quruq xolatga kelguncha sutka davomida quritiladi. 
Qurigan maxsulot olinib ―piruet‖ tipidagi tegirmonda kukun xoligacha maydalanadi. 
Kukun xolidagi maxsulot ikki qavatli polietilen xaltachalarga germetik qadoqlanadi. Tayyor maxsulot 
3,5% namlik va 17 % gacha saponinlar yig`indisini saqlaydi. 
Olingan xom ashyoga nisbatan chiqish unumi — 56,5%.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin