“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
119
2.MUST AQIL T A‟L IM MA SH G‟ ULOT LARI
Mustaqil ta‟lim tashkil etishning shakli va mazmuni
―Fitopreparatlar texnologiyasi‖ bo‘yicha talabaning mustaqil ta‘limi shu fanni o‘rganish
jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta‘minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma‘ruzasini tinglaydilar,
laboratoriya mashg‘ulotlarini bajaradilar, masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba
darslarga
tayyorlanadi, adabiyotlarni va berilgan laboratoriya ishlarini konspekt qiladi, uy vazifa
sifatida berilgan masalalarni echadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida
qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar echadi. Mustaqil
ta‘lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan Yangi bilimlarni mustaqil
o‘rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini
aniqlash, internet tarmoqlaridan
foydalanib ma‘lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki
mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‘ruzalar tayyorlash kabilar
talabalarning darsda olgan
bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy
qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta‘limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi
mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash laboratoriya mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi
tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasinitekshirish va baholash esa ma‘ruza
darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
―Fitopreparatlar texnologiyasi‖ fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini
qamrab olgan va quyidagi 20 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan o‗quv dasturida belgilangan bilim, ko‗nikma va
malakaning ma‘lum bir qismini talaba toionidan fan o‗qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida
auditoriya va auditoriyadan tashqari o‗zlashtirilishiga yo‗naltirilgan tizimli faoliyatidir.
―Fitopreparatlar texnologiyasi‖ fanidan talabalar tomonidan ishni bajarishi
talabalar bilimini nazorat
qilish va baholashning reyting tizimi Nizomi talablari asosida nazorat qilinadi. Shuning uchun har bir
professor – o‗qituvchi dastlab talabada o‗z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‗otish,
ularni sabr – toqat bilan, bosqichma – bosqich mustaqil bilim olishini to‗g‗ri tashkil qilishga o‗rgatib
borishi lozim bo‗ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‗zlashtiradigan bilim va
ko‗nikmalarning kursdan – kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning
tashabbuskorligini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta‘limga ko‗nika boshlagan talaba faqat
o‗qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‗zining extiyoji,
qiziqishi va
qobiliyatiga qarab, o‗zi zurur deb hisoblagan qo‗shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab
o‗zlashtirishga o‗rganib boradi.
Talabalar ―Fitopreparatlar texnologiyasi‖ fanidan mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda
quyidagi jihatlar e‘tiborga olinishi lozim:
-o‗qish bosqichi;
-muayyan fanning o‗ziga xos xususiyati va o‗zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
-talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
-fanning axborot manbalari bilan ta‘minlanganlik darajasi;
-talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.
TMI ni tashkil etishda talabaning akademik o‗zlashtirish darajasi va qobiliyatini xisobga olgan holda
quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
-fanning ayrim mavzularini o‗quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‗zlashtirish, o‗quv
manbalari
bilan ishlash;
-amaliy, seminar va laboratoriya mashg‗ulotlariga tayyorgarlik ko‗rib kelish;
-ma‘lum mavzu bo‗yicha referat tayyorlash;
-kurs ishi (loyihalari) ni bajarish;
-bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‗plash;