“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
117
etilatsetat bilan yuvish
Filtrlash
Bug`latish
n-butil spirti qo`shish
25%li
ammiakning
suvli
eritmasini qo‘shish
quritish
Mavzu: Ekstraktsiya usuli bilan turli xom ashyodan biologik faol moddalarni ajratish
Laboratoriya mashg'uloti
1.Mavzuni yozishdan maqsad:
Bunda talabalarni ekstraktsiya usullarini bilish turli xom ashyodan biologik moddalarni ajratish
ularni identifikatsiyalashni o‘rganishdir.
2.Mavzuni ahamiyati:
Dorivor o‘simliklardan biologik faol moddalarni ekstraktsiyalash usullari orqali ajratib tarkibini
aniqlay bilish.
3.Mustaqil tayyorlanish uchun savollar:
1. Ekstraktlar deb nimaga aytiladi?
2. Ekstraktlarni necha xil usullari mavjud?
3. Ekstraktsiya qanday jarayon?
4. Ajratuvchilarga qanday moddalar kiradi?
5. Mahsulot tarkibidagi ekstrakt moddalar miqdori qanday aniqlanadi?
4.Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
Ekstraktlar deb o‘simlik xom-ashyosidan biologik faol moddalarni suv, spirt,
efir yoki boshqa
ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug‘latilgan
ajratmalara aytiladi. Ekstraktlar-suyuq, quyuq, quruq ekstraktlarga tasniflanadi.
O‘simliklardan tayyorlangan preparatlarga fitopreparatlar deb yuritiladi. Fitopreparatlar tarkibida
turli sinfga mansub bo‘lgan kimyoviy birikmalar bo‘ladi, (alkaloidlar,
yurak glikozidlari,
polisaxaridlar va h..k).
Fitopreparatlar, ya'ni biologik faol moddalarni ekstraktsiyalash usuli bilan olishda ajratuvchilar
(ekstrogenlar) muhim ahamiyatga ega. Sanoat miqyosida fitopreparatlar ishlab chiqarishda ularning
turg‘unligini ta'minlovchi ajratuvchilarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega.
Har bir ajratib olinadigan biologik faol modda o‘simlikning kimyoviy tarkibiga qarab o‘ziga xos
ajratuvchi orqali ekstraktsiya qilinadi.
Biror erituvchi yordamida dorivor mahsulotdan ajratib olingan moddalar yig‘indisi ―ekstrakt
moddalar‖ deb ataladi. Erituvchi sifatida suv turli darajadagi spirt va
organik erituvchilar hamda
aralashmalar ishlatiladi.
1-Laboratoriya ishi
Aniq tortib olingan 10 g atrofidagi 5 xil turdagi maydalangan (teshigining diametri 1 mm li
elakda elangan) mahsulotni har birini alohida kolbaga solib, ustiga kerakli erituvchidan 100 ml
quyiladi, kolbani tik holatdagi havo
sovutgichi bilan birlashtirib, ikki soat davomida asta sekin
qaynatiladi. Kolbadagi suyuqlik aralashtirilgandan so‘ng filtr qog‘oz orqali boshqa 150-200 ml xajmli
toza kolbaga filtrlanadi. Olingan suyuqlikdan probirkalarga olinib, ularning
har biriga oshlovchi
moddalar, alkaloidlar, flavonoidlar,
polisaxaridlar, kumarinlarga xos bo‘lgan sifat analiz bajariladi.
Natijada olingan moddalar identifikatsiyalanadi.
2-Laboratoriya ishi
Aniq tortib olingan 1 g atrofidagi maydalangan mahsulotni konussimon kolbaga solib, ustiga
kerakli erituvchidan 50
ml quyiladi, so‘ngra kolbani probka bilan yopib tarozida 0,01 g aniqlikda
tortiladi. Kolbadagi aralashmani bir soat tinch qo‘yiladi.