“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 114
Aniqlash usuli. Nippon dioskareyasi ildizpoyasidan fiziologik eritmada 1 yoki 2% li saponinlar
ajratmasi tayyorlanadi. 9 ta probirkaga: birinchi probirkaga 0,1 ml, ikkinchisiga 0,2 ml, uchinchisiga
0,3 ml... to`qqizinchisiga esa 0,9 ml tayyorlangan ajratmadan solinadi. Xar bir probirkadagi suyuqlik
xajmi 1 ml ga etguniga qadar fiziologik eritmadan (osh tuzining 0,85% li eritmasi) va fiziologik
eritmadagi 2% li fibrinsiz qon eritmasidan 1 ml qo`shiladi. Bunda xar bir probirkadagi suyuqlik xajmi
2 ml ga etadi. Probirkalardagi suyuqlikni sekin aralashtirib, 24 soat tinch qo`yib qo`yiladi. Ko`rsatilgan
muddat o`tgandan so`ng to`liq gemoliz bergan saponining kam kontsentratsiyali aralashmasi bo`lgan
probirka topiladi. So`ngra saponinlarning gemolitik ko`rsatgichi quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
2 * 100
X q -------------
a * v
bunda: X — saponinlarning gemolitik indeksi;
a — xisoblash uchun asos qilib olingan probirkadagi tekshiriluvchi ajratma ml miqdori;
v — tekshiriluvchi ajratmaning % li kontsentratsiyasi.
Masalan: birinchi, ikkinchi probirkadagi aralashmalar qizil yoki pushti rangga kirmasdan,
eritrotsitlar cho`kkan bo`ladi. Bu esa probirkalardagi aralashmalarda gemoliz bo`lmaganini ko`rsatadi.
Uchinchi probirkada probirka tagida qisman cho`kma bo`lib (chayqatilganda loyqa xosil bo`ladi),
aralashma pushti rangga kirgan, ya'ni aralashmada qisman (to`liq emas) gemoliz bo`lgan. To`rtinchi
probirkada esa (chayqatilganda loyqalanmaydi) aralashma tiniq rangda bo`lib, ana shu to`rtinchi
probirkadagi aralashma to`liq gemolizga uchragan bo`ladi. V, VI, VII, VIII va IX probirkalarda xam
to`liq gemoliz bo`ladi. Saponin ko`rsatkichini xisoblab topishda IV probirka asos qilib olinadi. Chunki
bu probirkadagi saponinlar kontsentratsiyasi V, VI, VII, VIII va IX probirkalardagi saponinlar
kontsentratsiyasiga nisbatan IV probirkada qon eritrotsitlari to`liq gemolizga uchragan.
To`rtinchi probirkadagi suyuqlikning xajmi 2 ml; probirkada 0,4 ml tekshiruvchi ajratma bor.
Tekshiriluvchi ajratma 1 %li qilib tayyorlangan.
Demak, saponinning gemolitik indeksi
2* 100
X q ---- , ya'ni 1:500.
0,4 1
Saponinlarning ko`pirish sonini (ko`rsatkichini) aniqlash.
Ko`pirish soni (ko`rsatkichi) deb diametri 16 mm li probirkada 15 sekund davomida qattiq
chayqatilganda 1 sm balandlikda turg`un ko`pik xosil qiladigan saponinlarning eng kichik miqdoriga
aytiladi.
Aniqlash usuli. 1 yoki 2 g maydalangan Nippon dioskareyasi ildizpoyasini kolbaga solib, unga natriy
xloridning 0,9% li issiq eritmasidan 100 ml qo`shiladi. So`ngra kolbani vertikal xoldagi shisha
naychasi (xavo sovitgichi) bilan birlashtirib, qaynab turgan suv xammomchasi ustida 30 minut
qizdiriladi. Kolbadagi suyuqlik (saponinlar ajratmasi) sovigandan so`ng filtrlanadi. Diametri 16 mm li
10 probirka (yoki silindr) olib, I probirkaga 1 ml, II ga 2 ml, ... X probirkaga 10 ml ga etguniga qadar
(ya'ni I probirkaga 9 ml, II probikaga 8 ml, ... IX probirkaga 1 ml ) natriy xloridning 0,9 % li
eritmasidan qo`shiladi. Probirkadagi suyuqlik 15 sekund davomida chayqatiladi. va 15 minutdan so`ng
turg`un ko`pikning balandligi 1 sm bo`lgan probirkani topib, undagi saponinlarning ko`pirish
ko`rsatkichi (X) quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi;
100* 10
X q ----
a v
bunda: a — analizga olingan maxsulot og`irligi;
v — turg`un ko`pikning balandligi 1 sm bo`lgan probirkadagi saponinlar ajratmasining ml miqdori.
5 – Amaliy ish