“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
111 
Laboratoriya ishi № 6 
Mahsulot tarkibidagi kumarinlar miqdorini aniqlash. 
Mahsulot tarkibidagi kumarinlar miqdorini turli (og`irlik, fotokolorimetrik, spektrofotometrik va 
boshqa) usullar yordamida aniqlash mumkin. Bu usullar kumarinlarni mahsulotdan ajratib olishda 
ularning organik erituvchilardan (efir, xloroform, spirt) yaxshi erish, boshqa moddalardan tozalashda 
esa ishqorlar ta'sirida suvda eriydigan kumarinatlarga va kislota ta'sirida qaytadan suvda erimaydigan 
laktonlarga-kumarinlarga aylanish xossalariga asoslangandir. Keyinchalik mahsulotdan ajratib olingan 
sof holdagi kumarinlar yig`indisini analitik tarozida tortish yoki ularga diazoreaktsiya qilib, hosil 
bo`lgan rang intensivligini fotogolorimetr yoki spektrometrlar yordamida o`lchash mumkin. 
Amaliy ish № 7 
Psoralen olish texnologiyasi 
Psoralen ikkita furokumarinlar aralashmasi psoralen va izo - psoralendan tuzilgan. Psoralen oq yoki 
och oq tusdagi kristall kukun bo`lib, kuchsiz aromatik kuchga ega. Suvda kam ,95% spirtda qiyin, 
organik erituvchilar benzol yoki xromoformda yaxshi eriydi. 
Ta'siri va kimyoviy tuzilishi psoralen ksantotoksin, beroksan va ammifuringa o`xshaydi. 
Qo`llanishi jihatidan terining nurga nisbatan sezuvchanligini oshishi va melanin pegmenti hosil 
bo`lishi natijasida terining o`z rangini tiklashiga asoslangan. Pes kasalligini davolashda ishlatiladi. 
Psoralen kukun, 0,01 gr li tabletkalar, surtish uchun 70% li spirtda, hamda 0,1% eritmalari holida 
ishlatiladi. 
Psoralen preparatini olishda xom ashyo sifatida danakli oqquray- Psoralca drupacea Bge, 
dukkakdoshlar-Fabaceae oilasiga kiruvchi o`simliklarning mevasi ishlatiladi. Oqquray mevasi 0,4% 
gacha, ildizini-0,39%-0,57% neomoddasi bo`ladi. 
Xom ashyodan kumarinlar yig`indisini ekstraktsiya qilish
. Maydalangan oqquray mevalari 
zanglamaydigan po`latdan yasalgan , 60 aylG` min aylanish tezligiga ega bo`lgan aralashtiradigan 
ekstraktorga solinadi va ma'lum miqdor 40% etil spirti yordamida ekstraktsiya qilinadi. Ekstraktsiya 
xona temperaturasida olib boriladi. Vaqt o`tishi bilan spirtli ekstrakt inert gaz yordamida «druk» 
filtrida filtrlanib, yig`gichga tushadi. Suv spirtli ekstrakt keyingi stadiyasiga o`tib ketadi. Shrot esa suv 
bilan yuvilib suv spirt aralashmasi regeneratsiyaga ketadi. 
Texnik psoralen olish
. Spirtli ekstraktlar yig`indisi issiq bug` yordamida 100-150 mm simob ustuni 
bosimida vakum bug`latgich apparatida bug`lanadi. Kub qoldiq shisha reaktsion qozonchaga solinib 
xona temperaturasi 1 sutkaga qoldiriladi. Bunda qozoncha tagiga psoralen cho`kma bo`lib tushadi. 
Ustidagi suyuqlik esa dekontatsiya qilib, cho`kma ajratib olinadi. Cho`kma ma'lum bir qismi suv bilan 
yuvib tashlanadi, yaxshilab siqiladi va havoda quritiladi. 
Farmatsevtik psoralen olish
. Quritilgan texnik furokumarinlar havonchaga tushadi, keyin esa 2 qismga 
Al2O3 bilan yaxshilab aralashtiriladi. Tagidan tushuriluvchi shisha kolbaning tagiga asta o`rnatilgan 
bo`lib, uning tagiga paxta qatlami yoyiladi va 3-5 sm qalinlikda quruq Al2O3 sepiladi. Texnik 
furokumarinlar yig`indisi benzol yordaida elyuatsiya qilinadi. 
Benzolli elyuat qog`oz filtri bo`lgan Byuxner voronkasi yordamida filtrlanadi va 50-600S da 50-100 
mm simob ustun bosimida rotatsion apparatda bug`latiladi. 
Kub qoldiq NSh-45 markali bo`yni keng kolbaga quyiladi va xona temperaturasida 1 sutkaga 
qoldiriladi. Bunda psoralen cho`kma holida tushadi.Cho`kma filtrlanib ajratib olinadi. Ma'lum bir hajm 
spirt bilan yuviladi, yaxshilab siqiladi va suvsiz CaCl2 yordamida vakumda quritiladi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin