“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
112
3. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar :
1.
Saponinlarga xarakteristika bering.
2.
Saponinlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari to`g`risida gapirib bering.
3.
Saponinlarga umumiy sifat reaktsiyalar.
4.
Saponinlarning gemolitik ko`rsatkichini (indeksini) aniqlash usuli qanday?.
5.
Saponinlarning ko`pirish sonini (ko`rsatkichini) aniqlash usuli qanday?
6.
Saponinlarning tibbiyotdagi axamiyati to`g`risida gapirib bering.
7.
Diosponin preparatini olish texnologiyasini gapirib bering
8.
Polisponin preparatini olish texnologiyasini gapirib bering.
9.
Saparal preparatini olish texnologiyasini sxemasini keltiring.
4. Mustaqil bajarish uchun vazifalar :
Glikozidlarning suvdagi eritmasi chayqatilganda turg`un ko`pik xosil qiladi,
Shuning uchun
ular saponinlar deb atalgan (lotincha sapo — sovun so`zidan olingan). Saponinlar fermentlar yoki
suyultirilgan kislotalar ta'sirida gidrolizlanib, monosaxaridlar aralashmasiga xamda aglikon —
sapogeninlarga parchalanadi.
Saponinlar
oq rangli amorf birikma, sapogeninlar esa kristall modda. Ular suvda, suyultirilgan
etil (60-70%) va metil spirtlarida yaxshi eriydi. 90% li etil spirtida esa
faqat qaynatilgandagina erib,
sovitilganida qayta cho`kadi. Saponinlar efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi.
Ularning aglikonlari — sapogeninlar, aksincha turli organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Saponinlar
fenollar va steroid spirtlar bilan molekulyar birikma beradi Xosil bo`lgan birikmalar suvda va spirtda
yomon erigani sababli, saponinlarni o`simlikdan ajratib olishda va ular miqdorini aniqlashda shu
reaktsiyalardan foydalaniladi. Steroid spirtlarga kiradigan xolesterin miqdorini
aniqlash usullari xam
uning saponinlar bilan erimaydigan molekulyar birikma xosil qilishga asoslangan. Saponinlar
xolesterin bilan birikkanda, biologik faolligini yo`qotadi.
Saponinlar faol biologik birikmadir. Tarkibida saponin bo`lgan o`simliklar
kukunining changi
burun va tomoqning shilliq qavatlarini qichishtirib, yo`taltiradi xamda aksirtiradi. Ular iste'mol
qilinganida ichki sekretsiya bezlarining suyuqlik ajratish qobiliyati kuchayadi. Qon eritrotsitlarini
eritish saponinlarning eng muxim va o`ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Shuning uchun saponin
eritmasini venaga yuborish mumkin emas. Aks xolda eritrotsitlarni eritib yuborishi mumkin. Iste'mol
qilingan ba'zi saponinlar kuchli zaxar sifatida ta'sir qilishi mumkin. Zaxarli saponinlar sapotoksinlar
deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: