“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Laboratoriya ishi № 4. 
Mikrosublimatsiya reaktsiyasi. Kumarinlar qizdirilganda uchuvchanlik (mikrosublimatsiya berish) 
xossasiga ega. Shuning uchun tarkibida kumarin bo`lgan mahsulotlar bilan mikrosublimatsiya 
reaktsiyasini o`tkazish mumkin (antratsen unumlariga qilingan mikrosublimatsiya reaktsiyasiga 
qaralsin). Bunda maxsulotdan uchib o`tib, oyna ustida yig`ilgan kumarin kristallini spirtda eritiladi va 
unga diazoreaktsiya qilinadi.
Laboratoriya ishi № 5. 
Kumarinlarning xromotografik analizida ularni «silufol» yoki yupqa qatlamli plastinkalarda va 
qog`ozdagi xromotografiya usullaridan keng foydalaniladi. Buning uchun mahsulotdan spirtli ajratma 
tayyorlanadi yoki kumarinlar yig`indisini spirtli eritmasidan foydalaniladi. 
Silufol plastinkasini (yoki xromotografik qog`ozni) start chizig`iga ajratmadan va «guvoh» 
kumarinlarning spirtdagi eritmasidan kapillyar naycha yoki maxsus tomizgich yordamida tomiziladi. 
Tomchilar qurigandan so`ng plastinkani n-geksan-benzol-metanol (5: 4: 1 nisbatida) (qog`ozli 
xromotografiya usuli uchun n-butanol-sirka kislota – suv, 4:1:5 nisbatida) quyilgan xromotografik 
kolonkaga joylashtirib, xromotografiya qilinadi. 
Tegishli ma'lum vaqt o`tgach (sulufolda suyuqlik fronti 10 sm ga ko`tarilgandan so`ng) plastinka olib, 
havoda quritiladi. So`ngra unga KON ni 10% li spirtni eritmasi purkalanadi, 2-3 minut 110-1200S da 
quritgich shkafga quritiladi va UF nurida ko`riladi. Keyinchalik xromotogrammaga yangi tayyorlangan 
diazoreaktiv purkaladi. Agar xromotogrammada kumarinlar bo`lsa aniq qizil-g`isht rangdan to ko`k-
binafsha ranglarga bo`yalgan dog`lar hosil bo`ladi. Uf nurda ular tegishli ranglar bilan tovlanadi. 
Dog`larning Rf i aniqlanadi va ajratmadagi hamda «guvoh» kumarinlarning Rf ini solishtirib ko`rib, 
o`simlik ajratmasida qanday kumarinlar borligi to`g`risida xulosa chiqariladi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin