“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 110
Kumarinlarni tahlil qilish usullari Laboratoriya ishi № 1 Quritilgan va maydalangan mahsulotdan 1-2 g olib, kolbaga solinadi va uning ustiga 5-10 ml spirt
quyib 4 soat qoldiriladi. So`ngra kolbani 500S da 2-3 minut qizdiriladi. Ajratmani filtrlab olinadi va
unga 5 % li ishqor eritmasidan bir necha tomchi qo`shib, suv xammomida bir necha minut qizdiriladi.
Agar spirtli ajratmada kumarinlar bo`lsa, ular kumarianatlar hosil qiladi va natijada eritma sariq (och
sariq) rangga bo`yaladi.
Sariq (och sariq yoki sarg`ish) rangli ishqoriy sharoitdagi ajratmani 2 ta probirkaga bo`lib,
kumarinlarga sifat reaktsiyalar qilinadi.
Laboratoriya ishi № 2 Diazoreaktsiya . Birinchi probirkadagi 2 ml sarg`ish rangli (ishqoriy sharoitdagi ) ajratmani chinni
idishga solib, unga yangi tayyorlangan sulfanil kislotaning diazoreaktividan bir necha tomchi
qo`shiladi.Natijada aralashma qo`ng`ir - qizil yoki to`q qizil rangga bo`yalib, ajratma tarkibida
kumarinlar borligini isbotlaydi. Agar sulfanil kislota o`rnida p-nitroanilin olinsa, u holda aralashma
binafsha yoki qo`ng`ir rangga bo`yalgan.
Laboratoriya ishi № 3 .
Laktor reaktsiyasi. Ikkinchi probirkadagi sarg`ish rangli ajratmaga (ishqoriy sharoitdagi) 4 baravar
ortiq miqdorda suv qo`shilgan taqdirda aralashma loyqalanmasligi va cho`kma xosil qilmasligi lozim.
So`ngra bu aralashmaga xlorid kislotaning 5% li eritmasidan qo`shib neytrallanadi. Agar probirkadagi
ajratmada kumarinlar bo`lsa, cho`kma yoki loyqa xosil bo`ladi.
Reaktsiya natijasida suvda erib, sariq rangli eritma xosil qilgan kumarinatlar xlorid kislota ta'sirida
suvda erimaydigan laktonlar-kumarinlarga aylanadi.
Agar o`simlik tarkibida kumarinlar glikozidlar xolida bo`lsa, oldin ularni gidrolizlanadi. Buning
uchun maxsulotdan tayyorlangan spirtli ajratmaga suv quyiladi, so`ngra efir qo`shib chayqatiladi va
efir qismini bo`luvcha voronka yordamida ajratib olinadi. Qolgan suvli qismiga (kumarin-glikozidlar
eritmasi) suyultirilgan sulfat kislotadan qo`shib, suv hammomida qizdiriladi. Glikozidlarning
gidrolizlanishi natijasida ajralib chiqqan agli-konni-kumarinlarni efirda eritib, ajratib olinadi. Efirni
uchirib yuboriladi va qolgan qismini spirtda eritiladi. Ana shu spirtda eritib olingan kumarinlarga
yuqorida ko`rsatilgan diazoreaktsiya va lakton reaktsiyalari qilinadi.