“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Mavzu: Sano ekstraktining olinish texnologiyasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Mavzu: Sano ekstraktining olinish texnologiyasi. 
Bo‘yoqdor ro‘yanning quruq ekstrakti ekstraktiv moddalar yig‘indisidan iborat. Tarkibida 8 % ga 
yaqin antrasen unumlari bor. Ekstrakt – rangli kukun, nordon ta‘mli va gigroskopik ko‘rinishga ega. 
Bo‘yoqdor ro‘yanning er ostki qismlaridan tayyorlangan quruq ekstrakt boy kasal (podagra), buyrakda 
tosh yig‘ilishiga qarshi, urat fosfat, oksalat – toshlarini parchalovchi preparatlar sifatida qo‘llaniladi. 
Preparat tabletka ko‘rinishida chiqariladi. 
Xom ashyo sifatida bo‘yoqdor ro‘yanning er ostki qismidan foydalaniladi. Ildizida 5-6 % oksi 
metilantraxinonlar va ularning unumlari mavjud. Bundan tashqari ildizi o‘z tarkibida limon, olma va 
vino kislotalari, shaker, oqsil, pektinli va dubil moddalarni saqlaydi. 
Bo‘yoqdor ro‘yanni er ostki qismlarini maydalash. Quritilgan bo‘yoqdor ro‘yanning ildizi va 
ildizpoyasi KDU tipli tegirmonda 2-3 mm gacha maydalanadi. 
Xom ashyo tarkibidan antrasen unumlarini ekstraksiyalash. 
O‘simlik xom ashyosini ekstraksiyalashda g‘ilofli, teskari sovutkichli, yolg‘on tubli, yuqori 
yuklovchi va yondan yukni chiqaruvchi ekstraktordan foydalaniladi. Ekstraksiyalash jarayoni 60
0
C da 3 
marta 96 % li etil spirit yordamida olib boriladi. Qaynoq spirtli ekstrakt azot oqimi yordamida druk-filtr 
orqali filtrlanib, yig‘gichga yig‘iladi. Ekstraksiyalashdan keyin vakuum yordamida rektifikasion 
kolonkaga yuboriladi va spirt yuqori bug‘ bilan rektifikasiya qilinadi. Kolonkada qolgan chiqindi 
qoldiqga chiqarib tashlanadi. 
Quyuq ekstraktni olish.
Birlashtirilgan spirtli ekstraktlarni vakuum – sirkulyasion bug‘latish 
apparatida 50
0
C da katta bosimda 1/15 qism qolguncha olib boriladi. Spirtli ekstrakt g‘ilofli emallangan 
kristallizatorga quyiladi. Sovutuvchi sifatida sho‘r suv ishlatiladi. Massa kristallizatorda 5
0

temperaturada 24 soatga qoldiriladi. 24 soatdan keyin nutch-filtrda filtrlanadi, etanol bilan yuviladi. 
Quyuq ekstrakt 59-60 % namlik va 30-31 % antrasen unumlarini saqlaydi. 
Quyuq ekstraktni sut qandi bilan aralashtirish va quritish.
Quyuq ekstrakt aralashtirgichda sut qandi bilan aralashtiriladi, sut qandi shunday miqdorda 
qo‘shiladiki, bunda massa tarkibidagi bog‘langan antrasen unumlarining miqdori 8 % dank am 
bo‘lmasligi kerak. 
Yaxshilab aralashtirilgan ekstrakt 2-3 sm qalinlikda zanglamaydigan po‘lat listga yoyiladi va 
koliferli quritgichda 50
0
C temperaturada 24-36 soat davomida quritiladi. Quritilgandan so‘ngquruq 
ekstrakt 1,5 % namlikni va 8-8,5 % antrasen unumlari saqlaydi. 
Mahsulot chiqish unumi – 45,6 %.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin