“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
106
0,5 g sano barglarini 5 ml 5 % li ishqor eritmasi bilan qaynatilganda fenol gidroksilining
joylashgan o‘rniga qarab turli rang hosil bo‘ladi.
Sano barglarida antrasen unumlari bo‘lganda va gidroksil gruppasi 1-8
vaziyatda joylashganda
qizil va pushti rang, 1-2 vaziyatda – binafsha rang hosil qiladi.
Bu reaksiyani antrasen unumlarining oksidlangan turlari beradi, qaytarilganlari esa oksidlangandan
so‘ng reaksiyaga kirishadi (qaytatilib yoki perekis vodorod qo‘shish bilan oksidlanadi). Yuqorida
keltirilgan reaksiyaga asoslanib klassik reaksiya – Borntreger reaksiyasi tavsiya etilgan.
0,5 g maydalangan sano barglarini konus shaklidagi kolbaga solinadi va 10 ml 10 %
li ishqor
eritmasi bilan bir necha minut qaynatiladi, sovitilgandan so‘ng filtr orqali bo‘luvchi voronkaga
filtrlanadi. Filtratga kuchsiz kislotali sharoit hosil bo‘lgunga qadar (qizil rang sariqqa o‘tadi)
suyultirilgan xlorid kislotasi solinadi va 10 ml efir bilan chayqatiladi. Bunda efir sariq rangga bo‘yaladi.
Efir qavatini ajratib olib, uning 5 ml ni 5 ml 10 % li ammiak bilan chayqatilganda ammiak qavati
to‘q qizil rangga bo‘yaladi.
Dostları ilə paylaş: