“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari. 
O`simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall modda bo`lib, suvda yomon eriydi yoki 
butunlay erimaydi, spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, xloroform va boshqalar)da yaxshi eriydi. 
Kumarinlar glikozid xolida bo`lsa, ularning suvda erishi kuchayadi. Lekin glikozidlarning suyultirilgan 
sulfat kislota ta'sirida gidrolizlanib olingan aglikonlari suvda erimaydi, spirt va organik erituvchilarda 
esa yaxshi eriydi. 
Ko`pchilik kumarin aa-furokumarinlarni spirtdagi neytral eritmalari hamda ishqor va 
kontsentrlangan sulfat kislotadagi eritmalarni ultrabinafsha nurida o`ziga xos fluorestsentsiya 
(zangori, ko`k binafsha, yashil, sariq ranglarda)bilan tovlanadi. Ayniqsa 7-oksikumarin- 
ummbelliferon unumi yaxshi fluorestsentsiya beradi. Ummbelliferonning o`zi ultrabinafsha nur 
ta'sirida tiniq zangori rangli fluorestsentsiya bilan bilan tovlanadi. 
Tabiiy holdagi kumarinlar ko`pchiligining 7-nomerli uglerod atomida oksiguruhi bo`ladi. Shuning 
uchun ularni 7-oksiku-marin-ummbelliferon unumi deb hisoblanadi. 
Kumarinlar lakton bo`lganlgi uchun ishqorlar ta'sirida ularning q-piron halqasi uziladi va har bir 
kumarinning o`ziga xos kislotasining tuzi-kumarinatlar hosil bo`ladi.Ular suvda yaxshi eriydi 
(eritmalari sariq rangli bo`ladi), organik erituvchilarda esa erimaydi. Kumarinatlarga kislota ta'sir 
ettirilsa, reaktsiya orqali qaytadi, lekin hosil bo`lgan sof kislota tezda o`zidan bir molekula suv ajratib, 
qaytadan laktonga- kumarinlarga aylanadi. 
Kumarinning o`zi suv ta'sirida gidrolizlanmaydi, kislota va ammiak eritmasi bilan reaktsiyaga 
kirishmaydi.Agar unga suyultirilgan natriy ishqori qo`shib qizdirilsa, sariq rangli eritma-kumarin (tsis-
orto-oksidolchin) kislota natriy tuzining eritmasi hosil bo`ladi.Eritmaga kislota ta'sir ettirilsa,reaktsiya 
orqaga qaytadi. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin