“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
109
10
Quritish
Mavzu: Kumarinlar kimyosi va texnologiyasi.
Psoralen, Furalen olish texnologiyasi
Laboratoriya mashg'uloti
1.Mavzuni yo`zishdan maqsad :
Bunda talabalarni tarkibida kumarinlar saqlagan dorivor o`simlik
mahsulotlarini kimyosini
o`rganish va ular asosida olinadigan preparatlarni olinish texnologiyasi bilan tanishtirish.
2. Mavzuni ahamiyati :
Tarkibida kumarinlar saqlagan dorivor o`simliklar va preparatlarni tahlil qilishni o`rganish.
3. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar :
1.
Kumarinlarga ta'rif bering.
2.
O`simlik mahsuloti tarkibidai kumarinlarni qanday reaktsiyalar bilan aniqlash mumkin ?
3.
Kumarinlarning fizikaviy xossalari qanday ?
4.
Xromatografik tahlil qanday olib boriladi ?
5.
Miqdoriy tahlil qanday bajariladi ?
6.
Kumarinlar saqlagan mahsulotlarni tibbiyotdagi ahamiyati ?
7.
Tarkibida kumarinlar saqlagan o`simliklarni ayting ?
8.
Kumarinlar asosida qanday dorivor preparatlar mavjud ?
9.
Psorolen olish texnologik jarayon qanday ?
10.
Furalen olish texnologik jarayon qanday ?
11.
Psorolen va furalen olish jarayonining funktsional texnologik sxemasini chizing ?
4.Mustaqil bajarish uchun vazifalar :
Kumarin (tsis-orto oksidolchin) kislotaning unumlari bo`lgan o`simliklardan olinadigan laktonlar
kumarinlar deb ataladi. Sis-orto-oksidolchin kislota va uning unumlari
tabiatda deyarli sof holda
uchramaydi. Bu kislotalar o`zidan bir molekula suv ajratib, tezda tegishli laktonlarga aylanadi.Shuning
uchun kumarinlar benzo –γ-piron unumi deb ham qaraladi. Kumarinning o`zi
sis-orto- oksidolchin
kislotaning laktonidir.
Dostları ilə paylaş: