“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
120 
-maket, model va badiiy asar ustida ishlash; 
-amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar 
tayyorlash; 
-ilmiy maqola, tezislar va ma‘ruza tayyorlash; 
-uy vazifalarini bajarish va boshqalar; 
Mavzuni mustaqil o‗zlashtirish. Faning hususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab 
ishchi o‗quv dasturiga kiritilgan alohida mavzulari talabalarga mustaqil ravishda o‗zlashtirish uchun 
topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan 
tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e‘tibor qaratish, asosiy 
adabiyotlar va axbarot manbalarini ko‗rsatish lozim. 
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‗quv adabiyotlaridan foydalanib mavzuni 
konspektlashtiradilar, tayanch iboralarni anglagan holada mavzuga taalluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. 
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim 
darajasiga muvofiq bo‗lgan biror mavzu bo‗yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy 
adabiyotlardan tashqari qo‗shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy uslubiy maqolalar, 
internetdan olingan ma‘lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar 
yig‗adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‗yicha imkon darajasida to‗liq, keng ma‘lumot 
yerishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‗qituvchidan maslahat va ko‗rsatmalar oladi. Yakunlangan 
referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. 
Ko‗rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‗zlashtirish 
uchun yordam beradigan ko‗rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, harakatlar, maketlar, 
modellar, grafiklar, namunalar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‗qituvchi tomonidan 
aniqlanib, talabaga ma‘lum ko‗rsatmalar, yo‗l-yo‗riqlar beriladi. Ko‗rgazmali vositalarning miqdori, 
shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‗yicha bir 
nechta talabaga topshirish ham mumkin. 
Mavzu bo‗yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabag muayyan mavzu 
bo‗yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‗lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos 
bo‗ladigan savollar tuzish topshiriladi. 
Ilmiy maqola, tezislar va ma‘ruzalar tayyorlash. 
Talabaga biron bir mavzu bo‗yicha (mavzuni talabaning o‗zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) 
xarakterda maqola, tezis yoki ma‘ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‗quv 
adabiyotlari, ilmiy – tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot 
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‗playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga 
soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‗shimchalar, izohlar kiritadi, 
o‗z nuqtai- nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‗qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi. 
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma‘ruza kafedrada himoya qilinadi. 
Talaba mustaqil ishini samarali tashkil etishda: 
-
tizimli yondoshish; 
-
barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; 
-
bajarilishi ustidan qat‘iy nazorat o‗rnatish; 
-
tashkil etish va nazorat qilish mexanizmini takomillashtirib borish zarur. 
Mustaqil ishni bajarish bo‗yicha tavsiyalar 
―Fitopreparatlar texnologiyasi‖fanining xususiyatidan kelib chiqib talabalar mustaqil ish shakllarini 
erkin tanlashi mumkin. Topshirqlar puxta o‗ylab, ishlab chiqlgan va ma‘lum maqsadga yo‗naltirilgan 
bo‗lishi, talabalarning auditoriya mashg‗ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlashi, chuqurlashtirish, 
kengaytirish va to‗ldirishda xizmat qiladi. 
Darslik yoki o‗quv qo‗llanmalar, tarqatma materiallar bo‗yicha fanlar boblar va mavzularni 
o‗rganish, konspekt qilish.Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat 
qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e‘tibor qaratish, 
asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‗rsatish lozim. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin