“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Laboratoriya ishi №10 
Ishning nomi:. Yurak glikozidlarining yupqa qavatli xromatografik taxlili. 
Ishning borishi. Talk yoki alyuminiy oksidi yopishtirilgan 13 x 18 sm li oyna plastinkasi (yoki 
«silufol» plastinkasi)ning «start» chizig`iga kapilyar naycha yoki maxsus tomgich yordamida 
o`simliklardan tayyorlangan ajratmadan hamda «guvox» yurak glikozidlari spirtli eritmasidan bir-
biridan 2 sm masofada 0,1 ml dan tomiziladi (tomizilgan dog`larning diametri 5mm dan katta 
bo`lmasligi kerak). Dog`lar qurigandan so`ng plastinka oldindan xlorofor –etil spirti-benzol-formamid 
(59:10:30:1) suyuqliklar aralashmasi yoki suv bilan to`yintirilgan butanol (1:1 nisbatida) 
(qo`zgaluvchan sistema) qo`yib qo`yilgan xromatografik kolonkasiga joylashtiriladi. Xromotografiya 
qilish vaqti (30-35 minut) o`tgach, plastinka xromotografik plastinkasidan olinadi, 5 minut xavoda 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
102 
so`ngra esa 10 minut qurituvchi shkafda 120 gradus S da quritiladi va unga tarkibida 0,2% miqdorda 
xloramin T bo`lgan uch xlorli sirka kislotasining 25% i eritmasi purkab, yana 120 gradus S da 10 
minut quritiladi. Yurak glikozidlarining dog`lari kulrang bo`lib ko`rinadi. Dog`larni R
f
–i aniqlanadi 
va ajratmadagi hamda «guvox» yurak glikozidlarining R
f
–ini solishtirib ko`rib, o`simlik ajratmasida 
qanday glikozidlar borligi to`g`risida xulosa chiqariladi. 
Laboratoriya ishi №11 
Ishning nomi: Mahsulot tarkibidagi yurak glikozidlarini miqdorini aniqlash 
Ishning borishi. Mahsulot tarkibida yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash usullari ko`p. Ular 
asosan 
titrometrik, 
fluorometrik, 
polyarografik, 
kolorimetrik, 
fotoelektrokolorimetrik, 
xromatofotoelektrokolorimetrik, xromato-spektrofotometrik usullar bo`lib, yurak glikozidlarni ayrim 
reaktivlar bilan turg`un rang hosil qilish va boshqa xossalariga asoslangan. 
Yurak glikozidlarining rang hosil qilish reaksiyalari ham shartli uch guruhga bo`linadi: steroid 
skeletiga bo`lgan reaksiyalar, ularning o`ziga xos – spetsifik dezoksikandlariga va to`yinmagan lakton 
xalqalariga bo`lgan reaksiyalar. Bu reaksiyalarda qo`llaniladigan reaktivlar turli va juda ko`p. Shuning 
uchun rangli reaksiyalarga asoslangan usullar ham anchagina. 
Ko‘pchilik fotoelektrokalorimetrik usullar yurak glikozidlarining pikart kislota (2,4,6-
trinitrofenol) bilan ishqorlik sharoitida (to`yinmagan lakton xalqaga reaksiya) turg`un zarg`aldoq (to`q 
sariq) va ksantogidrol bilan kislotalik sharoitda (dezoksikandlarga reaksiya) turg`un qizil rang hosil 
qilishga asoslangan. Bu hosil bo`lgan ranglar Buger-Lambert-Ber qonuniga bo`ysunadi. Shuning 
uchun shu reaksiyalar asosida yaratilgan yurak glikozidlarining o`simliklardagi va o`simliklar dorivor 
preparatlari – fitopreparatlardagi miqdorini aniqlash usullari sobiq Ittifoq hamda qator chet davlatlar 
farmakopeyasida (jumladan, Xalqaro Farmakopeyada ham) qabul qilingan. 
Spektrofotometrik va xromato-spektrofotometrik usullar o`simliklar hamda fitopreparatlar 
tarkibidagi sof xoldagi ayrim yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash uchun qo`llaniladi. 
Amaliy ish № 12. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin