“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
102
so`ngra esa 10 minut qurituvchi shkafda 120 gradus S da quritiladi va unga tarkibida 0,2% miqdorda
xloramin T bo`lgan uch xlorli sirka kislotasining 25%
i eritmasi purkab, yana 120 gradus S da 10
minut quritiladi. Yurak glikozidlarining dog`lari kulrang bo`lib ko`rinadi. Dog`larni R
f
–i aniqlanadi
va ajratmadagi hamda «guvox» yurak glikozidlarining R
f
–ini solishtirib ko`rib, o`simlik ajratmasida
qanday glikozidlar borligi to`g`risida xulosa chiqariladi.
Laboratoriya ishi №11
Ishning nomi: Mahsulot tarkibidagi yurak glikozidlarini miqdorini aniqlash
Ishning borishi. Mahsulot tarkibida yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash usullari ko`p. Ular
asosan
titrometrik,
fluorometrik,
polyarografik,
kolorimetrik,
fotoelektrokolorimetrik,
xromatofotoelektrokolorimetrik, xromato-spektrofotometrik usullar bo`lib,
yurak glikozidlarni ayrim
reaktivlar bilan turg`un rang hosil qilish va boshqa xossalariga asoslangan.
Yurak glikozidlarining rang hosil qilish reaksiyalari ham shartli uch guruhga bo`linadi: steroid
skeletiga bo`lgan reaksiyalar, ularning o`ziga xos – spetsifik dezoksikandlariga va to`yinmagan lakton
xalqalariga bo`lgan reaksiyalar. Bu reaksiyalarda qo`llaniladigan reaktivlar turli va juda ko`p.
Shuning
uchun rangli reaksiyalarga asoslangan usullar ham anchagina.
Ko‘pchilik fotoelektrokalorimetrik usullar yurak glikozidlarining pikart kislota (2,4,6-
trinitrofenol) bilan ishqorlik sharoitida (to`yinmagan lakton xalqaga reaksiya) turg`un zarg`aldoq (to`q
sariq) va ksantogidrol bilan kislotalik sharoitda (dezoksikandlarga reaksiya) turg`un qizil rang hosil
qilishga asoslangan. Bu hosil bo`lgan ranglar Buger-Lambert-Ber qonuniga bo`ysunadi. Shuning
uchun shu reaksiyalar asosida yaratilgan yurak glikozidlarining o`simliklardagi va o`simliklar dorivor
preparatlari – fitopreparatlardagi miqdorini aniqlash usullari sobiq Ittifoq hamda qator chet davlatlar
farmakopeyasida (jumladan, Xalqaro Farmakopeyada ham) qabul qilingan.
Spektrofotometrik va xromato-spektrofotometrik usullar o`simliklar
hamda fitopreparatlar
tarkibidagi sof xoldagi ayrim yurak glikozidlarining miqdorini aniqlash uchun qo`llaniladi.
Amaliy ish № 12.
Dostları ilə paylaş: