“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 99
Tioglikozidlar yoki izotiotsianatlar hayvonlarda bo`qoq kasalligini paydo qilishi mumkin, degan
fikr ham bor.
Tioglikozidlarning turlari ko`p. Ular asosan, karamdoshlar (butguldoshlar, krestguldoshlar)
rezadoshlar va boshqa oilalar vakillarida uchraydi. Jumladan, karamdoshlar (butguldoshlar) oilasiga
kiradigan o`simliklar (sholg`om, karam, rediska, turp, xren, xantal va boshqa o`simliklar) da keng
tarqalgan.
Tibbiyotda tioglikozidlar saqlovchi o`simliklardan hozircha faqat xantal urug`i (uni tarkibida
tioglikozid sinigrin bo`ladi) ishlatiladi.
Sinigrin mirozin fermenti ta'sirida glyukoza, kaliy bisulfat va allilizotiatsianatga (xantal efir
moyiga) parchalanadi:
Tarkibida sianogen glikozidlar bo`lgan dorivor o`simliklar
Glikozidlar parchalanib sianid kislota ajratsa, ular sianogen yoki nitril glikozidlar deb ataladi.
Sianogen glikozidlar (amigdalin, prunazin, sambunigrin va boshqalar) zaharli birikma bo`lib, ularning
ko`pchiligi ra'noguldoshlar oilasiga kiradigan o`simliklarga xosdir. Masalan, achchiq bodom, achchiq
danakli o`rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo`ri, olma, nok, shumurt (cheremuxa) va boshqa o`simliklar
urug`i (mag`zi) ning achchiq mazali bo`lishi, ular tarkibida sianogen glikozidlar borligiga bog`liq.
Sianogen glikozidlarning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan mahsulotlar efir moylarining
fizik xossasiga o`xshash xossaga ega bo`ladi.
Tibbiyotda sianogen glikozidlardan asosan o`z, tarkibida amigdalin saqlovchi dorivor o`simliklar
ishlatiladi. Amigdalin rangsiz kristall birikma bo`lib, yuqorida aytib o`tilgan ra'noguldoshlar oilasiga
kiruvchi o`simliklarning urug`i, bargi va boshqa organlarida bo`ladi. Bu o`simlik organlari to`qimasida
amigdalin bilan birga emulsin fermenti ham uchraydi. Amigdalin ana shu ferment ta'sirida parchalanib,
ikki molekula glyukoza, sianid kislota va benzoy aldegid hosil qiladi:
Gidroliz natijasida ajralib chiqqan sianid kislota benzoy aldegid bilan reaktsiyaga kirishib,
benzoaldegidtsiangidrid birikmasini hosil qilishi mumkin.
Tibbiyotda ishlatiladigan amigdalinli dori turlari achchiq bodom urug`idan yoki uning o`rnida
ishlatilishi mumkin bo`lgan o`simliklardan tayyorlanadi.
Mahsulotda amigdalin borligini quyidagi reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin.
1. Achchiq bodom (yoki achchiq o`rik, shaftoli va boshqalar) urug`i (mag`zi) ni 2-3 tomchi suv
bilan chinni xovonchada ezilsa, amigdalinning emulsin ferment ishtirokida parchalanishidan hosil
bo`lgan sianid kislota va benzoy aldegidning o`ziga xos hidini sezish mumkin.
2. Achchiq bodom (yoki shaftoli, achchiq danakli o`rik va boshqalar) urug`i 1-2 tomchi
kontsentrlangan sulfat kislota bilan chinni xovonchada ezilsa, pushti rang hosil bo`ladi.
Tibbiyotda ishlatish uchun bodom urug`idan achchiq bodom suvi tayyorlanadi.
Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo`lgan dorivor o`simliklar
Bu guruhga kiruvchi glikozidlarning aglikonlari monoterpenlar va ularning unumlaridan tashkil
topgan. Aglikonlar bir yoki bir nechta molekula monosaxaridlar (ba'zan spetsifik yoki disaxaridlar)
bilan birlashib, o`z glikozidlarini xosil qiladi.
Tibbiyotda qo`llaniladigan tarkibida monoterpen glikozid bo`lgan o`simliklarning hammasi va
glikozidlari achchiq mazaga ega. Shuning uchun bu guruh glikozidlari achchiq glikozidlar nomi bilan
ham yuritiladi.
O`simliklar tarkibida achchiq mazali birikmalar ko`p uchraydi. Lekin ularning hammasi ham
achchiq glikozidlarga kiravermaydi. Achchiq glikozidlar me'da suyuqligining reflektor ajralishini
kuchaytirib ishtaha ochadi, organizmga boshqacha fiziologik ta'sir ko`rsatmaydi. Boshqa achchiq
moddalar esa organizmga turlicha fiziologik ta'sir etadi. Masalan: alkaloidlar (xinin, kapsaitsin,
piperidin), turli glikozidlar (yurak glikozidlari, tioglikozidlar) va boshqa birikmalar.
O`simliklar dunyosida achchiq glikozidlar kam bo`lib, ular erbaxodoshlar (Gentianaceae),
meniantdoshlar (Menyanthaceae), astradoshlar (murakkabguldoshlar)–Asteraceae (Compositae) va
qisman yasnotkadoshlar (labguldoshlar) – Lamiaceae (Labiatae) oilasi vakillarida uchraydi.
Monoterpen glikozidlar yaxshi o`rganilgan emas. Ulardan bir qanchasi sof holda ajratib olingan.
Sof holda ajratib olingan achchiq glikozidlar amorf yoki kristall modda bulib, neytral yoki kuchsiz