“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 95
chayqatmay, temir-ammoniyli achchiqtoshning 1% li eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Natijada
kristall ustidagi neytral zonada filtratdagi tanidlarning gidrolizlanuvchi guruxi parchalangan
maxsulotlari mavjudligini isbotlovchi ko‘k yoki zangori rangli to‘garakcha xosil bo‘ladi.
3 – Laboratoriya ishi
Pirokatexin gurux uchun tasnif reaktsiyasi . Kolbachaga skumpiya barglaridan tayyorlangan 10 %
li tanidlar ajratmasidan solib, unga nitrozometil uretan qo‘shib qaynaguncha qizdirilsa,
kondensatsiyalanuvchi (pirokatexin gurux) oshlovchi moddalar to‘liq cho‘kadi. Cho‘kma filtrlanadi.
Filtratda gidolizlanuvchi (pirogallol gruppa) oshlovchi moddalar borligini aniqlash uchun probirkada
olingan 5ml filtratga 1g kristall xoldagi natriy atsetatdan solinadi va suyuqli chayqatmay, temir-
ammoniyli achchiqtoshning 1 % li eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Pirogallol gurux oshlovchi
moddalar bo‘lsa, filtrat binafsha rangga bo‘yaladi.
4 – Laboratoriya ishi
Qo’rg’oshin atsetat bilan boradigan reaktsiyasi . Kolbachaga skumpiya barglaridan tayyorlagan
10 % li tanidlar ajratmasidan 5ml solib, unga qo‘rg‘oshin atsetatning 10 % li eritmasidan 5ml va sirka
kislotning 10 % li eritmasidan 10 ml qo‘shilsa, gidrolizlanuvchi (pirogallol gurux) oshlovchi
moddalari cho‘kadi.
5 – Laboratoriya ishi
Vanilin bilan boradigan reaktsiyasi . Kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalarning asosiy
qismi bo‘lgan katexinlarga vanilin bilan reaktsiya qilinadi. Buning uchun skumpiya barglaridan
tayyorlangan ajratmaga vanilin va kontsentrlangan xlorid kislota (yoki vanilinning kontsentrlangan
xlorid kislotadagi 1% li eritmasi) qo‘shiladi. Agar ajratmada katexinlar bo‘lsa, aralashma qizil rangli
bo‘yaladi.
6– Laboratoriya ishi
Maxsulot tarkibidagi oshlovchi moddalar miqdorini aniqlash usullari. Dorivor maxsulotlardagi oshlovchi moddalar miqdori XI DF qabul qilingan Levental –
Kursanov usuli bo‘yicha aniqlanadi. Bu usul tanidlarning kislotali sharoitda kaliy permanganat –
KmnO
4
yordamida oksidlanishiga asoslangan. Indikator sifatida ingosulfon kislota qo‘llaniladi. Bu
kislot (1g ingokarminni 50ml kontsentrlangan sulfat kislotada eritiladi va eritmani suv bilan 2 litrgacha
suyultiriladi) tanidlar oksidlanib (titrlanib) bo‘lgan zaxoti (filtratdagi o‘simliklardan ajralib chiqqan
boshqa organik moddalarning oksidlanishiga yo‘l bermay) o‘zi oksidlanib, ko‘k rangdan sariq rangli
o‘tadi. Aniqlash texnikasi (XI DF bo‘yicha). Maydalangan va teshigining diametri 3 mm li elakda
elangan 2g atrofidagi (aniq tortilgan) skumpiya barglari 500 ml xajmli konnussimon kolbaga solinadi,
ustiga 250 ml qaynagunicha istilgan suv quyiladi, kolbaga vertikal sovutich o‘rnatib, usti yopiq
elektroplitka ustida vaqti-vaqtida chayqatib turgan xolda 30 minut qaynatiladi. Ko‘rsatilgan vaqt
o‘tgach ichidagi suyuqlik xona xaroratiga tushgunicha sovitiladi, so‘ngra undan 100ml miqdorda
boshqa 200-250ml xajmli konussimon kolbaga paxta orqali (maxsulot bo‘lakchalari kolbaga
tushmaslik kerak) filtrlanadi. Filtratdan pipetka yordamida 25 ml olib 750 ml xajmli konussimon
kolbaga solinadi, ustiga 500ml suv va 25ml indigosulfokislota eritmasidan qo‘shib, doimiy chayqatib
xolda aralashmani kaliy permaganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan arashma tiniq-sariq rangga
o‘tguncha qadar titrlanadi. Indigosulfon kislota titrlash uchun qancha kaliy permanganat eritmasi
sarflanganini quyidagicha aniqlanadi . 750 ml xajmdagi kolbaga 500 ml suv va 25 ml indigosulfon
kislota solib, aralashma tiniq sariq rangga o‘tguncha kaliy permangatning 0,02 mol/l eritmasi bilan
titrlanadi. Skumpiya barglari tarkibidagi tanidlarning % miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.
( a – v ) x 0,004157 x 250 x 100 x 100
X q -----------------------------------------------
M x 25 x(100 – W)
Bunda X – tanidlarning % miqdori; 0,004157 – taninning kaliy permanganatning 0,02 mol/l
eritmasi bo‘yicha titri (pirogallol gurux oshlovchi moddalar uchun; pirokatexnik gurux oshlovchi
moddalar uchun titr 0,00582 ga teng); a – tanidlar va indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf bo‘lgan
kaliy permanganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori; v – indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf
etilgan kaliy permanganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori; m – maxsulot og‘irligi g miqdori, w –