“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
93 
devorlarida va xujayra oraliq moddalar tarkibida uchraydi, xamda to‗qimalarga mustaxkamlik beradi. 
Pektin moddalar mevalarning shirasidan spirt bilan cho`ktirib olinadi. Bu moddalarga ayniqsa lavlagi 
boy bo‗lib, undan ko‗p miqdorda pektin moddalar olinadi. Olma, limon va boshqa mevalar xam pektin 
moddalarga boy. Pektin moddalari organizmda suyuqlikni ushlab qolish, yaralarni davolash, ularning 
bitishini tezlashtirish xossalariga ega. Shuning uchun ular tibbiyotda yaralarni davolashda, ich 
ketganda xamda og`ir metallar tuzi bilan zaxarlanganda zaxarga qarshi vosita sifatida qo‗llaniladi. 
Bolalarni ichketar kasalligida olmani pishirib berish foydalidir. qon bosimining ko‗tarilishni oldini 
olish maqsadida pekta kislotaning yoki uning kaliyli, kaltsiyli yoki magniyli tuzlarini - pektatlarni 
ovqatga qo‗shib berish foydalidir. Pektin moddalarning eng muxim xossasi - ularning suvli eritmasini 
sovutalganda zich massa - jem xosil bo‗lishidir. Ularning bu xossasidan tibbiyotda, oziq-ovqat keng 
foydalaniladi. Farmatsevtika amaliyotida pektin moddalardan xab dori va emulsiya tayyorlashda 
foydalanish mumkin. 
Plantaglyutsid olish texnologiyasi. 
Katta zubturim ( Plantago majer L ) barglarining suvdagi ekstraktidan olinadigan preparat. 
Farmakologik ta'siri: Spazmalitik va yallig`lanishga qarshi ta'sir ko‗rsatadigan vosita. Giperatsid 
gastrit, me'da va o‗n ikki barmoq ichakning kislotalar normal yoki kamayganligi bilan o‗tayotgan yara 
kasalligi (qo‗zigan davrda va qo‗zilishiga yul qo‗ymaslik uchun ishlatiladi). Ishlatishga yo‗l 
qo‗ymaydigan moneliklari: Giperatsid gastritlar, me'daning kislota ko‗pligi bilan o‗tayotgan yara 
kasalligida saqlanishi: 18- 200 С xaroratda, quruq joyda saqlanadi. Burga zupturum urug` I Semina 
psyllie Burga zupturumning quritilmagan er ustki qismi – Herba Plantaginis psyllii rescns. 
O‗simlikning nomi – burga zubturumi – plantaga(no) psyllium L; zubturumdoshlar – Plantaginaceac 
oilasiga kiradi. Faqat Ozarbayjonda va Turkmanistonda yovvoyi xolda uchraydi. Meva yetilganda 
so‗ng o‗simlik o‗rib olib quritiladi, so‗ngra maydalanadi va elab urug`i olinadi. Maxsulotning tashqi 
ko‗rinishi – tayyor maxsulot qayiqchasimon urug`dan iborat. Urug`ning uzunligi 1,7 – 2,3 mm, eni 0,6 
– 1,5 mm. Maxsulot sifatiga burga zubturumining yer ustki qismi o‗simlik gullay boshlashi bilan 
yig`iladi va uni quritmay shira olish uchun ishlatiladi. Maxsulot kulrang-yashil, gullari pushti qo‗ng`ir 
rangli, xidsiz, biroz achchiq mazali bo‗ladi. 
Kimoviy tarkibi. Urug` tarkibida aukubin glikozidi, ko‗p miqdorda shilliq moddalar, moy, oqsil va 
mineral tuzlar bo‗ladi. 
Ishlatilishi: Tibbiyotda urug`i kuchsiz surgi xamda o‗rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Er ustki 
qismining shirasi anatsid gastrit va surunkali kolitni davolashda qo‗llaniladi. Urug`dan olingan shilliq 
moddalar kosmetikada xamda bo‗yoqchilik va to‗qimachilikda qo‗llaniladi. 
Dorivor preparatlari. Shilliq eritmasi, yangi yig`ilgan o‗simlik shirasi, plantaglyutsid preparati. 
Burga zubturumi urug`i bilan frangula ekstrakti aralashmasidan surgi dori – purgenol tayyorlanadi. 
Plantaglyutsid zubturum bargi tarkibida polisalaridlar aralashmasini saqlaydi. Plantaglyutsid – kul 
rangli poroshok, nordom ta'mli, (eriganda) suvda eriydi, organik erituvchilarda erimaydi. Preparat 
anatsidli gastrit bilan kasallangan bemorlar uchun, oshqozon va ichak yarali kasalliklar uchun 
ishlatiladi. Preparatning chiqish shakli 50 gr flakonda granulalar ko‗rinishda. Ishlab chiqarishda xom 
ashyo sifatida katta bargli zubturum ishlatiladi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin