“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
96 
namligi, % xisobida. O‘simliklar tarkibida tanidlarning pirogallol va pirokatexin guruxlari doimo birga 
uchraydi, shuning uchun (ayniqsa, kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalar bo‘lsa) ularni faqat 
pirogallol guruxi (tanin) bo‘yicha xisoblash noto‘g‘ri bo‘lar edi. Bu xil xisob bilan chiqarilgan miqdor 
xaqiqiy miqdordan ancha kam bo‘lgani uchun xisoblashga pirokatexin guruxi titrini olish lozim. 
Skumpiya barglarida oshlovchi moddalar miqdorini to‘g‘ri aniqlash uchun Toshkent farmatsevtika 
instituti farmakognoziya kafedrasining mudiri professor R.L.Xazanovich va.shu kafedra professori 
X.X.Xolmatov yangi usul ishlab chiqdilar. Bu usulga ko‘ra oldin tanidlarning filratdagi umumiy 
miqdori kaliy permanganatning 0,02 mol/l eritmasi HCI bilan titrlanadi, so‘ngra filtratdagi 
kondensatsiyalangan gurux cho‘ktirib, gidrolizlanuvchi gurux aloxida titrlanadi. Oxirgi miqdorni 
umumiy titrlashga ketgan kaliy permaganat 0,2 mol/l eritmasi ml miqdoridan olib tashlansa, 
kondensatsiyalanadigan guruxga sarf bo‘lgan kaliy permanganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori 
kelib chiqadi. Natijada xar ikkala guruxdagi tannidlarning % miqdori aloxida-aloxida xisoblanadi. Bu 
miqdorlar yig‘indisi esa maxsulotdagi oshlovchi moddalarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi.
Tanin olish texnologiyasi 

Tanin ko‘p atomli fenollar – polifenollar unumidir. Tanin – och sariq, amorf kukun bo‘lib, o‘ziga 
xos xidga va burishtiruvchi mazaga ega, suvda oson va spirtda, atseton, etilatsetat, glitserin, piridinda 
eriydi. Etil efirda qiyin eriydi. Petrolein efiri, xloroform va benzolda erimaydi. Tanin gidrolizlanganda 
19,3% glyukoza, 80-86% galla kislota va 2,108,8% ellag kislotasi aniqlangan. Tanin Turkiya va Xitoy 
g‘allasida, shuningdek maxalliy xom ashyo – skumpiya barglaridan (20%) va sumax bargidan (8-
12%), bergeniyaning bargi va ildizlaridan quyidagi texnologiya bo‘yicha olinadi.
Taninlar ekstraktsiyasi
. Xom ashyo kattaligi 1-3 mm bo‘lgancha rotor-maydalagichda 
maydalanadi. Taninning ekstraktsiyasi uchun batareya – ekstraktorlardan foydalaniladi. Buning uchun 
xom ashyo aralashtirgichli, soxta tubli ekstraktorga solinadi (60 ayl/min). Ekstraktsiya 3 soat 
davomida xona xaroratida 5% NaCI ning suvli eritmasi yordamida olib boriladi. Olingan sharbat 
yig‘uvchi idishga yuboriladi. Ishlab bo‘lingan xom ashyo chiqindisi esa tashlab yuboriladi. Yig‘uvchi 
idishdan sharbat vakuum yordamida (60ayl/min) reaktorga uzatiladi. So‘ngra sharbatga NaCI ning 
kukunidan kontsentratsiyasi 10% bo‘lguncha qo‘shiladi va yaxshilab eritiladi, so‘ngra 4 soat 
tindiriladi, keyin ekstrakt ochiq idishga solinadi va yana 6 soat davomida tindiriladi. Tinish davomida 
ekstraktning ustiga smolaga o‘xshash moddalar chiqadi va ular suzgich bilan olib tashlanadi, so‘ngra 
8
0
S gacha sovutiladi va 8-10 soatga qoldiriladi. Ekstraktning ustiga yana smolasimon moddalar qalqib 
chiqadi va suzgich bilan olib tashlanadi. Qolgan suyuqlikni vakuum yordamida aylantirgichli, ko‘rish 
oynasi va tushirish uchun tirqish bilan ta‘minlangan reaktorga uzatiladi. 
Tuz-suvli eritmadan tanin ekstraktsiyasi

Olingan tuz suvli eritma vakuum yordamida 
bosimli bakka o‘tkaziladi va u erdan eritma tomchilab 1:3 nisbatda butanol va butalatsetat aralashmasi 
to‘ldirilgan kolonkaga oqib o‘tkaziladi. Tomchi xolatdagi eritma oqib o‘tish jarayoni tanin tuz-suvli 
eritmadan organik erituvchilar aralashmasi tarkibiga to‘liq erib o‘tgunga qadar davom ettiriladi. 
So‘ngra taninning organik eritmasi ko‘rish oynasi va tushish tirqishi bilan ta‘minlangan reaktorga 
o‘tkaziladi, 2 soat davomida ushlab turiladi, shundan so‘ng tingan tuz suvli qismi ajratib olinadi. 
Organik erituvchilar xajmining 4% miqdorida suv qo‘shiladi va 20 minut aralashtirilgandan keyin 2 
soat tindiriladi. Vaqt o‘tgandan so‘ng suvli qismi ajratib olinadi va reaktorga faollashtirilgan ko‘mir 
qo‘shiladi, shu xolda 30 minut ushlab turiladi, xosil bo‘lgan suspenziya 3 qavat filtr qog‘oz va 1 qavat 
bo‘z bilan ta‘minlangan druk filtr yordamida filtrlanadi.
Organik erituvchilarni bug’latish va taninni suvli qismga o’tkazish
. Taninning butanol va 
butilatsetatli aralashmadagi organik eritmasi aralashtirgichi va isitish uchun mo‘ljallangan qobiqli 
bug‘latuvchi apparatga o‘tkaziladi. Bug‘latish 10 – 15- mm.sim.ust.teng bo‘lgan ortiqcha bosim ostida 
oqava bug‘ bilan isitish yordamida olingan xajmning 1/5 qismi qolguncha olib boriladi, 2,5 baravar 
suv qo‘shib, bug‘latish yana davom etiladi. So‘ngra qolgan suvli qism 6 – 8

C gacha 6 soat davomida 
aralashtirish yordamida apparatning tashqi qobig‘iga namokob suv yuborish yordamida sovitiladi. Bir 
soat ushlab turiladi va 3 qavat filtr qog‘oz va bir qavat bo‘z bilan taminlangan nutch-filtr orqali 
filtrlanadi. Agar filtrat tiniq bo‘lmasa u yana filtrlanadi. Tozalangan suvli tanin purkab quritadigan 
(TSF – ITE -6) quritgich yordamida quritiladi.



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin