“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
91 
8. Buyum oynachalari. 
9. Analitik taroz. 
10. Shisha kolonna. 
11. Byuxner voronkasi. 
12. Rotorli bug`latgich. 
Reaktivlar : 
1. Etil spirti. 
2. 5% ishqor eritmasi. 
Jod eritmasi 
Lyugol eritmasi 
1% li sirka kislota eritmasi 
2 – Laboratoriya ishi 
Shilliq moddalar hamda tarjibida shu moddalar bo`lgan dorivor o`simliklar 
O`simlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan tashkil topgan bo`lib, ular 
tarkibida asosan polisaxaridlar - pentozanlar (90% gacha) va qisman geksozanlar uchraydi. Shilliq 
moddalar hujayra ichi va xujayra po`sti hamda oraliq birikmalarning shilliqlanishidan hosil bo`ladi. 
Ayrim hujayra yoki to`qimalar shilliqlanishi mumkin. 
Shilliq moddalar odatda 2 guruxga bo`linadi. 
1. Normal shilliq moddalar. Bular o`simlikning o`sishi davrida shu o`simlik hayoti uchun nihoyatda 
zarur birikmalar sifatida vujudga keladi. 
2. Patologik shilliq moddalar. Tashqi ta'sirga reaktsiya sifatida vujudga keladi. Normal shilliq 
moddalar o`simliklarning hamma organlarida bo`lishi mumkin. Normal shilliq moddalar o`simlik 
hayotida muhim rol o`ynaydi. Ular suv ta'sirida shishadi va uzoq vaqtgacha qzida namlik saqlaydi. 
Shuning uchun bu moddalar qurg`oqchilikda uchadigan o`simliklarni tasodifan qurg`oqchilik bo`lib 
qolganda ham qurib qolishdan, shuningdek, issiq kunlarda o`simlikni haddan tashqari qizib ketishidan 
saqlaydi. O`simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu 
eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho`ktirish mumkin. Mahsulot tarkibidagi shilliq 
moddalarni quyidagi sifat reaktsiyalari bilan aniqlash mumkin:
1) tarkibida shilliq moddalar bo`lgan mahsulotlar ishqor eritmasi ta'sirida sariq rangga bo`yaladi. 2) 
mikroskopda ko`rish uchun kesilgan mahsulot bo`lakchasiga metil ko`k bo`yoq eritmasidan yoki 10% 
li H
2
SO
4
ning mis tuzi eritmasi va 10% li NaOH eritmasidan bir tomchidan tomizilsa, shilliq modda 
saqlovchi xujayralar to`q ko`k rangda kuzatiladi. 
3) mikroskobda ko`rish uchun kesilgan mahsulotga qora tush eritmasi ta'sir ettirilsa, shilliq modda 
saqlovchi xujayralar bo`yalmaydi, boshqa xujayralar esa qorayadi. O`simliklardagi shilliq moddalar 
miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi. 1. Shilliq moddalar suvda erib, yopishqoq kolloid eritma 
hosil qiladi. Bu eritmaning yopishqoqligi erigan birikma kontsentratsiyasiga bog`liq. Shuning uchun 
o‗simlikdan sovuq suvda eritib olingan shilliq moddalar eritma yopishqoqligiga qarab aniqlanadi. 2. 
Shilliq moddalar ma'lum miqdordagi o`simlik mahsulotidan sovuq suvda eritib ajratib olinadi. 
Eritmadagi shilliq moddalar spirt bilan cho`ktiriladi. So`ngra cho`kma yuvib, 60-80
O
da doimiy 
og`irlikka kelguncha quritilib tortilib, o`simlikdagi shilliq modda miqdori % bilan ifodalanadi. Shilliq 
moddali mahsulotlar va ulardan olingan dori turlari tibbiyotda-meditsinada me'da-ichak kasalliklarida 
o`rab oluvchi dori, nafas yo`llari shamollaganda yo`talni engillashtiradigan, to`xtatadigan va 
ko`krakdagi og`riqni qoldiradigan hamda balg`am ko`chiradigan vosita sifatida ishlatiladi. 
5. Uslubiy ta'minot 
Asbob va idishlar:
1. O`simlik xom ashyosi. 
2. Dorixona tarozlari. 
3. Kolba 
4. Probirkalar. 
5. Chinni idish. 
6. Buyum oynachalari 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin