“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
90 
Kraxmal olish usullari. Kraxmal o`simlik mahsulotiga qarab bir necha usul bilan olinadi. Kartoshka 
tuganadidan kraxmal olish uchun tuganak tozalanadi va maxsus sim to`r ustida qirqichda qiriladi. 
Uning ustiga suv quyib yuviladi. Kraxmal suv bilan birga sim to`r ustidagi idishga tushib cho`kadi. 
Kraxmalni tozalash uchun toza suv bilan aralashtiriladi va tindiriladi. Suv esa to`kib tashlanadi. Bu ish 
bir necha marta takrorlanadi. Kraxmal toza bo`lganidan so`ng quritiladi. Qurigan kraxmal tarkibida 
20% gacha namlik bo`lishi mumkin. Donli o`simliklar mevasidan va urug`idan kraxmal olish ancha 
murakkab. Chunki meva, urug` tarkibida kraxmaldan tashqari oqsil shuningdek, suvda erimaydigan 
boshqa moddalar ham bo`ladi. Ana shu moddalar kraxmal olishga halal beradi. Bu birikmalarni 
dastavval mikroorganizmlar yordamida achitilib hamda parchalab, suvda eriydigan mahsulotlarga 
aylantiriladi. Kraxmalning xususiyatlari. Kraxmal glyukonlarga kirib o`simlik xujayralarida 
donachalar shaklda vujudga keladi. Bu donachalar 96,1-97,6% polisaxaridlardan, 0,2-0,7% mineral 
moddalardan, 0,6% gacha qattiq yog` kislotalardan va boshqalardan tashkil topgan. Kraxmal xidsiz
mazasiz, mayin oq kukun bo`lib, barmoq orasiga olib ishqalansa qichirlaydi.
Quritilgan, suvsiz kraxmalning zichligi 1,620-1,650. Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va boshqa 
organik erituvchilarda erimaydi. Agar 68-75
O
issik suvga solinsa, donachalari ishshib yoriladi va 
quyuq, yopishqoq suyuqlik-kleyster hosil qiladi. Kraxmalning eng xarakterli sifat reaktsiyasi yod bilan 
bo`yalishidir. Bu juda ham sezuvchan reaktsiya bo`lib, yodning eritmadagi kontsentratsiyasi 1:500000 
ga etsa ham kraxmal bilan ko`k rang beradi. Yod bilan bo`yalgan kraxmal qizdirilsa, ko`k rang 
yuqoladi, sovitilganda esa yangidan ko`k rang hosil bo`ladi. Kraxmal kislotalar, ishqorlar hamda 
diastaza fermenti ta'sirida gidrolizlanadi. Gidroliz kislotalar ta'sirida olib borilsa, monosaxarid - 
glyukoza, diastaza fermenti ishtirokida o`tkazilsa, disaxarid - maltoza hosil bo`ladi. Gidrolizlangan 
kraxmaldan glyukoza yoki maltoza hosil bo`lmasdan avval bir qancha oraliq, mahsulotlar hosil 
bo`ladi. Dekstrinlar ham polisaxaridlarga kiradi. Umumiy formulasi (C
6
H
10
O
5
)n. Kraxmal 
donachasining amilopektin va amilozadan tuzilganini quyidagi reaktsiya bilan aniqlash mumkin, 
Buyum oynasiga kraxmalning suvdagi aralashmasidan ozgina solinadi va uning ustiga 1-2 tomchi 3% 
li. Qonning eritmasidan tomizib, qoplagich oyna bilan yopiladi va mikroskopning kichik ob'ektivida 
quriladi. Mikroskopda kraxmal donachalarining ishishini, yorilishini va yuq bo`lib ketishini kuzatish 
mumkin. Preparatdagi ishqorni neytrallash uchun 1% li sirka kislota eritmasidan tomiziladi. So`ngra 
Lyugol eritmasidan 1-2 tomchi qo`shilsa, gidroliz natijasida hosil bo`lgan bo`lakchalar binafsha, 
ba'zilari esa ko`k rangga bo`yaladi. Shulardan binafsha rangga kirgani amilopektin, ko`k rangga 
kirgani amiloza hisoblanadi. Kraxmallar asosan tuzilishi va o`lchamlari bilan bir-biridan farq qiladi. 
Tibbiyotda va dorishunoslikda 4 ta o`simlikdan olingan kraxmal ishlatiladi. Ular bir-biridan 
donachalarining shakli, katta-kichiklari, tuzilishi bilan farq qiladi. 
1. Kartoshka kraxmali - kartoshka tuganagidan olinadi. 
2. Bug`doy kraxmali – bug`doy donidan olinadi. 
3. Makkajo`xori kraxmali - makkajo`xori donidan olinadi. 
4. Guruch kraxmali - sholi donidan olinadi. 
Ishlatilishi. Kraxmal meditsinada keng qo`llaniladi. U chaqaloqlarga sepiladigan poroshok va teriga 
surtiladigan moylar tayerlashda ishlatiladi. Kraxmal kleyi shimdirilgan bintlar xirurgiyada singan va 
chiqqan organlarda qimirlaydigan qilib bog`lash uchun ishlatiladi. Undan tashqari kraxmal tabletkalar 
olishda biriktiruvchi va tabletkalarning erishini tezlashtiruvchi omil sifatida, dekstrin esa emulsiyalar 
tayerlashda emulgator sifatida ishlatiladi. 
5. Uslubiy ta'minot 
Asbob va idishlar:
1. Quritilgan o`simlik xom ashyosi. 
2. Dorixona tarozlari. 
3. Suv xammomi. 
4. Kolba. 
5. Probirkalar. 
6.Chinni idish. 
7. Bo`luvchi voronka. 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin