“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
86 
Ishqor ta‘sirida eritmada rangning to‘qlashib ketishi bu barcha polifenol xildagi flavonoidlarga 
xosdir. Rutinni xlorid kislota bilan qizdirilganda, u gidrolizlanib kvertsetin, glyukoza va ramnozalarga 
parchalanadi: Xosil bo‘lgan glyukoza va ramnozani aldegidlarga xos reaktsiyalar yordamida aniqlash 
mumkin. Masalan, ularni kumush ko‘zgu xosil qilish yoki feling suyuqligidan qizil rangli cho‘kma 
xolida mis-1-oksid ajratib chiqarishi reaktsiyasidan foydalaniladi. Rutinning spirtdagi eritmasiga 
qo‘rg‘oshin atsetat qo‘shilsa, sariq ninasimon cho‘kma shaklida kompleks tuz xosil bo‘ladi. Yuqorida 
keltirilgan reaktsiyalardan tashqari, flavonoidlarni, jumladan rutinning chinligini aniqlashda yana bir 
qator boshqa reaktsiyalar adabiyotda uchraydi. Rutinning miqdori Davlat farmakopeyasi bo‘yicha 
spektrofotometrik usul yordamida aniqlanadi. Uni spirtdagi 0,00125% eritmasining optik zichligi 375 
va 362,5 nm to‘lqin uzunligida o‘lchab aniqlanadi. Rutinning miqdorini tortma usulda xam aniqlash 
mumkin. Buning uchun preparatning ma‘lum miqdorini xlorid kislota ishtirokida qaynatib 
gidrolizlanadi. Bunda cho‘kma xamda ajralib chiqqan kvertsetinni yig‘ib olib yuviladi va quritib 
tortiladi. Shuningdek, rutinning miqdorini ishqor ta‘sirida uning sariq rangi to‘qlashib ketishidan 
foydalanib, fotokolorimetrik usul bo‘yicha aniqlanadi. 
Rutinni tibbiyotda ishlatilishi
. Rutin va undan tayyorlangan preparatlarni qon tomir devorlari 
o‘tkazuvchanligining buzilishdan kelib chiqqan kasalliklar, gemorragik diatez, ko‘z pardasiga qon 
quyilishi, gipertoniya, qizamiq, bod, terlama, nur va boshqa kasalliklarni davolashda xamda ularning 
oldini olishda (0,05-0,1-0,15g dan chiqariladi) qo‘llaniladi. Rutin ko‘pincha askorbin kislota bilan 
birgalikda ishlatiladi. Rutin og‘zi maxkam yopiladigan shisha idishlarda, qorong‘I joyda saqlanadi. 
Xozirgi vaqtda rutin asosini, ya‘ni uning aglikon qismini tashkil qiluvchi kvertsetin suyuq xolda 
tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Kvertsetin Quereus tinstoria o‘simligining 
po‘stlog‘idan suv yordamida ekstraktsiya qilib olinadi. Ekstraktda kvertsetin ramnoza bilan 
glakozidsimon birikkan kvertsitron (ramnozidokvertsetin) moddasi xolida bo‘ladi. Keyinchalik uni 
mineral kislotalar, jumlasidan xlorid kislota bilan qaynatish yordamida parchalab, sof kvertsetin 
olinadi. 
Xom ashyodagi rutinni miqdorini spektrometrik usulda aniqlash 
1 g maydalangan grechixa o`tidan olinib, (maydalanish darajasi 1mm), tubi dumaloq kolbani 
sig`imi 100 ml bo`lgan kolbaga solinadi. 30 ml. 95% li spirtdan solinadi va kolba o`lchanadi. Unga 
teskari sovutkich o`rnatilib ekstraktsiya 1,5 soat davomida suv hammomida olib boriladi. Keyin 
kolbani sovutib xona haroratigacha o`lchanadi, birinchi massagacha spirt bilan o‘tkaziladi. Spirt etil
ishlatiladigan spirt etanol, spirtli ekstrakt qog`ozli filtr orqali filtrlanadi. 0,03-0,05 ml hosil bo`lgan 
ekstraktdan 20 ml olinib, bug`latiladi. Quruq holgacha quruq qoldiqni 5 ml etil spirtida eritiladi. 0,03-
0,05 ml hosil bo`lgan ekstraktdan olinib, start chizig`iga tomiziladi (shisha plastinkani). Plastinkaning 
o`lchamlari 9x15 sm selikogenli shisha 10 min davomida plastinkani havoda quritiladi. 
Xromatografiyani m-butanol sirka kislota bilan suv sistemasida olib boriladi. Ular 4:1:2 nisbatda 
bo`ladi. Front chizig‘idan erituvchi 10-12 sm o`tgandan keyin plastinka kameradan olinib havoda 
quritiladi. Ultrabinafsha nurida rutin dog`lari ko`rsatiladi. Dog`lar ranggi to`q jigarrang (Rf = 0,08). 
Silikogel va rutin miqdoriy analiz qilish uchun ularni zonasini olib kolbaga o`tkaziladi. Kolbaning 
hajmi 25 ml. Elyuirlash dioksan suv aralashmasi 1:1 nisbatda to`lqin uzunligi 363 nmda 10 min 
davomida olib boriladi. Quruq xom-ashyoda rutinni % li miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
K

V
1
V
3
D
363 
100 
X ------------------------------- 
V
2
D
1%
1sm 
m(100-w) 667 l 
bu yerda, K
1
- elyuirlash koeffitsiyenti (1,195) 
V
1
- spirtli ekstraktining hajmi (ml) 
V
2
- spirtli ekstraktining hajmi, xromatografiyaga olingan. 
V
3
- elyuat V 
D – 363 optik (eritmaning solishtirma ko`rsatkichi ( ( 363 nm
D1%1sm - rutinning topilish solishtirma ko`rsatkichi ( ( 363 nm (268,4) 
m - xom ashyoning massasi (gr) 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin