“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
84 
lari bilan solishtirilib, o‘simlik ajratmasida qanday flavonoidlar borligi to‘g‘risida fikrlanadi. 
Xromatografik analizni xuddi shu usul bo‘yicha qog‘ozda xam bajarish mumkin.Yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilgan va boshqa sifat reaktsiyalar yordamida flavonoidlarning ajratma yoki xromatogrammalarda 
bor yoki yo‘qligini aniqlashdan tashqari, flavonoidlar molekulasida gidroksil guruxlari qaysi uglerod 
atomiga joylashganligini xamda shu guruxlar sof xolda yoki qand molekulasi bilan birlashganligini 
aniqlash mumkin.
11 – Laboratoriya ishi 
O’simliklar tarkibidagi flavonoidlarning miqdorini aniqlash
. O‘simliklar tarkibidagi flavonoidlar 
miqdorini aniqlash usullari ko‘p va turlichadir. XI DF sida keltirilgan maxsulot tarkibidagi 
flavonoidlarning miqdorini aniqlash yo‘llari asosan spektrofotometrik usullardir.
1 g (aniq tortib olingan) quritilgan va maydalangan maxsulotni 100 ml xajmli va vertikal xoldagi 
sovutgich bilan birlashtirilgan kolbaga solinadi va unga 30 ml xloroformli ajratmani filtrlab olinadi. 
Maxsulotga qaytadan 30 ml xloroform quyib, yana oldingi usulda 2 marta ekstraktsiya qilinadi. 
Xloroformli ajratmaga mum, xlorofill va shunga o‘xshash keraksiz – ballast moddalar ajralib chiqqani 
uchun bu ekstrakt tashlab yuboriladi. Kolbadagi maxsulot toki xloroformdan tozalanguncha 50-60
0

da qizdirib quritiladi. Keyinchalik maxsulotdan flavonoidlarni ajratib olish uchun kolbaga 30 ml metil 
spirti (metanol) quyiladi, kolba vertikal sovutgich bilan ulanadi va aralashma suv xammomida 30 
daqiqa qaynatiladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgach, kolba sovutiladi, flavonoidlar ajratmasi (ekstrakti) 50 ml 
li o‘lchov kolbasiga quyiladi va suyuqlik xajmi o‘lchov kolbasiga belgisiga etguncha metanol bilan 
to‘ldiriladi. O‘lchov kolbasidagi suyuqlik aralashtiriladi va uni filtrlab, flavonoidlar miqdorini aniqlash 
uchun kerak bo‘lgan ekstrakt (A ekstrakt) olinadi. Flavonoidlarning ekstraktdagi miqdori 
fotokalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bu usul flavonoidlarning novokain (yoki sulfonil kislota) ning 
diazobirikmasi bilan rangli reaktsiya berishiga asoslangan. Buning uchun 10 ml xajmdagi o‘lchov 
kolbasiga 10% li sulfat kislotada eritilgan novokainning 0,5% li eritmasidan 1 ml va 0,2% li natriy 
(ishqorning 10%li eritmasi) nitrit eritmasidan 1,5 ml solib aralashtiriladi. Aralashmaga 2 ml A 
ekstraktdan 1 ml qo‘shib, suyuqlik xajmini o‘lchov kolbasining belgisiga qadar metanol bilan 
to‘ldiriladi. So‘ngra kolbadagi suyuqlik aralashtiriladi va rangining intensivligini 1 sm qalinlikdagi 
kyuvetda ko‘k yorug‘lik filtrida fotoelektrokolorimetr yordamida o‘lchanadi. A ekstraktidagi 
flavonoidlar kontsentratsiyasi standart eritma (rutin, kvertsetin yoki boshqa sof xoldagi flavonoidlar 
eritmasi) bo‘yicha tuzilgan grafik yordamida topiladi. 
Maxsulot tarkibidagi flavonoidlarning % miqdori (X) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
X=(a 10 50 100 100)/(2 s(100-b))
Bunda, a – 1 ml A ekstraktidagi flavonoidlar kontsentratsiyasi; b – maxsulot namligi (% xisobida); s – 
taxlilga olingan maxsulotning gramm miqdori. Flavonoidlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, yuqori 
o‘simliklarning qariyb xammasida uchraydi. Ayniqsa, dukkakdoshlar (Fabaceae), astradoshlar – 
Asteraceae (murakkabguldoshlar – Compositae), selderdoshlar – Apiaceae (soyabonguldoshlar – 
Umbelliferac), ayiqtovondoshlar (Ranuncubaceac), torondoshlar (Polygonaceae), ranoguldoshlar 
(Rosaccae), yasnotkadoshlar – Lamiaceae (labguldoshlar – Labiatae) va boshqa oilalarning vakillari 
flavonoidlarga boy bo‘ladi. Xayvonlar flavonoidlarni sintez qilmaydi. Bu gurux birikmalar 
o‘simliklarning xamma organlarining xujayra shirasida erigan xolda bo‘lib, ayrim xollarda (masalan, 
er osti organlari va poyada) oz miqdorda, o‘simliklarning gullari va bargida ko‘p toki 44% gacha 
(yapon saforasining gulida) to‘planadi. Flavonoidlar asosan o‘simliklar gullagan davrda maksimal 
miqdorda to‘planadi, keyinchalik esa miqdori kamayib boradi. Janubiy tumanlarda xamda ochiq, 
quyosh nuri ko‘p tushadigan erda o‘sadigan o‘simliklar odatda boshqa erda o‘sadigan turiga nisbatan 
flavonoidlarni ko‘proq sintez qiladi. Tabiatda flavonol unumlari ko‘proq (flavonoidlarning 40% ini 
tashkil etadi), flavonlar, xalqonlar va auronlar kamroq uchraydi. 
Farmakologik ta‘siri bo‘yicha flavonoidlar asosan vitamin R ta‘siriga ega bo‘lib, qon 
tomirlarining o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradi. Ba‘zi o‘simliklarning flavonoidlari 
yig‘indisi o‘t va siydik xaydovchi xossaga xam egadir. Sof xoldagi flavonoidlar va ular yig‘indisining 
preparatlari xamda tarkibida flavonoidlar bo‘lgan o‘simlik va maxsulotlardan tayyorlangan dorivor 
preparatlar vitamin R etishmasligidan xamda qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi buzilishidan kelib 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin