“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 80
qo‘rg‘oshin atsetatining, uning to‘liq chiqishini ta‘minlash 30-40% quyiladi. Tannidlarning cho‘kish
jarayoni 10 daqiqa davom etadi, so‘ng bug‘latish jarayoni tugatiladi. Aylantirgich o‘chirilib, 30 daqiqa
cho‘kma hosil bo‘lguncha tindiriladi. Tindirilgan aralashma kristallizatorda sifonlanadi. Cho‘kib
qolgan tannidlar va moysimon moddalar reaktorning quyi qismidan cho‘kmalarni qayta ishlovchi
joyga chiqarib yuboriladi. Kristallizatorda kofeinning aralashmasi 10-15
0
C gacha sovutiladi va u to‘liq
kristallangancha xuddi shu haroratda 30 daqiqa saqlanadi. Cho‘kmalarda qolib ketgan kofeinni
sentrifugada fugatlanadi. Texnik kofeinni keyingi texnik jarayonga yuboriladi. Qoldiq eritma alohida
tozalanadi. Texnik kofeinni qobiqli qizdiruvchi va aralashtirgichli reaktorga ortiladi, unga toza
kofeinning Qoldiq eritma aralashmalari 60 daqiqa davomida boriladi. Bo‘tqani qaynatiladi,
qaynayotgan bo‘tqaga qolgan 60-65% suvli aralashma va tannidlar cho‘kmasining asosiy qismidagi
qo‘rg‘oshin arashaltiriladi. Aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi, toki barcha tannidlar cho‘kkuncha,
undan so‘ng issiq aralashma nutch-filtrda filtrlanadi. Filtrat reaktorga atsetat qoldiqlari esa qoldiq
eritmalarga qayta ishlovchi joyga jo‘natiladi.
Qo’rg’oshinning ortiqcha ionlarini cho’ktirish . Reaktorga filtratni qaynaguncha qizdiriladi va
ishlayotgan aylantirgichga fosfat natriyni to‘yingan suvli aralashmasi qo‘shiladi, toki qo‘rg‘oshin
ionlarining ortiqchasi cho‘kkuncha. Qo‘rg‘oshin ionlarining ortiqchasi cho‘kib bo‘lgach unga
tiniqlashtiruvchi, faollantirilgan yog‘och ko‘miri solinadi, so‘ng uni 20-30 daqiqa reaktorning
qopqog‘I yopiq holatda qaynatiladi. Issiq suspenziya nutch-filtrda jo‘natiladi, ikki qavat filtr qog‘oziga
o‘ralgan holatda va filtr iplari solingan qopcha bilan filtratni kristallizatordagi yarim toza kofeinga
aralashtiriladi. Cho‘kmalar esa cho‘kindi qayta ishlovchi joylarga yuboriladi. Kofeinning tozalangan
aralashmasi kristallizatorda 10-15
0
C haroratda sovutiladi va uni shu holatda 20-30 daqiqa ushlanadi.
Kofeinni kristall cho‘kmalari sentrifugada fugatlanadi va sovuq distillangan suv bilan yuviladi. Qoldiq
eritmalar alohida ishlanadi.
Kofeinni tozalash. Nam, yarim toza kofein qobiqli isitgich va aralashtirgichli reaktorga
yuklanadi, 60 ayl/daq. Davomida unga faollantirilgan ko‘mir va o‘lchagichdan distillangan suv
solinadi. Aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi. Issiq aralashma yig‘gichda filtrlanib, so‘ng aralashma
toza kofein kristallizatoriga yuboriladi. Nutch-filtrdagi cho‘kindilar, ularni qayta ishlovchi joyga
jo‘natiladi. Kofeinni suvli toza aralashmasi 10-15
0
C gacha kristalizatorda sovutiladi va aylantirgichda
shu holatida 30 daqiqa ushlanadi. Quyuq suspenziyani sentrifugada fugalanadi va sovuq suv bilan
yaxshilab yuviladi. Sentrifugadan ajralib chiqqan kofein kalorifer quritgichda 70-75
0
C quritiladi.
Quruq kofeinni mahsus ―dezintegrator‖ tegirmonida maydalanadi.