“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Platifillin gidrotartrat olish texnalogiyasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Platifillin gidrotartrat olish texnalogiyasi 
Platifillin gidrotartrat oq rangli, mayda kristallik kukun bo‘lib, xidsiz, achchiq tamlidir. 
Suyuqlanish harorati 190-195
0
S, suvda yaxshi eriydi, xloroform, atseton, efirda erimaydi, (LD – 38 – 
40
0
2,5 % suvli eritmasi). 
Yassi bargli senetsio o’simligini maydalash
. Yassi bargli senetsio o‘simligida alkaloidlar 
qaytarilgan va oksidlangan ko‘rinishda bo‘lganligi uchun, qaynab turgan dixloretan bilan aralashtirib 
ekstraktsiya qilish bosqichini glyukoza va 12,5 % sodaning suvli eritmasi ishtirokida bir vaqtning 
o‘zida N – oksidlangan formasini qaytarish bilan birga olib boriladi. Ekstraktsiya sovutuvchi – 
isituvchi qobiqli, teskari sovutgich va aralashtirgich (60 ayl/min) bilan jixozlangan soxta tubli 
ekstraktorlarda olib boriladi. Birinchi ekstraktsiya ikki soat davom etadi, ikkinchi va uchinchilari ham 
ikki soat davom etadi faqat xona haroratida. Uchinchi ekstrakt quyib olingandan so‘ng dixloretanli 
ekstraktlar texnologik jarayonning keyingi bosqichiga uzatiladi. Ekstraktor qobig‘iga bug‘ beriladi va 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
78 
aralashtirgich ishlab turgan holda qoldiqdan dixloretan xaydaladi, so‘ngra ekstraktor qobig‘iga sovuq 
suv yuborilib asbob sovutiladi, qoldiq esa chiqarib tashlanadi. Ekstraktor yangi xom ashyo solish 
uchun tayyorlab qo‘yiladi, dixloretan regeneratsiyaga yuboriladi. Dixloretanli aralashmadan sulfat 
kislotaning 10 % li eritmasi bilan alkaloidlar ekstraktsiya qilinadi. Dixloretanli ajratmalardan sulfat 
kislotaning 10 % li suvli eritmasi bilan qarama-qarshi oqim printsipiga asoslangan holda alkaloidlar 
ekstraktsiya qilinadi. Dixloretan regeneratsiyaga yuboriladi, sulfat kislotali ekstrakt keyingi bosqichga 
yuboriladi.
Alkaloidlarning texnik yig’indisini olish.
Alkaloidlarning sulfat kislotali ekstrakti aralashtirgichli 
(60 ayl/daq), sovituvchi – isituvchi qobiqli reaktorga solinadi, 3 – 4
0
C gacha sovutiladi. Aralashtirib 
turgan holda 25% li ammiak eritmasidan rN 9 gacha oz – ozdan quyiladi (fenolftalein bo‘yicha). Xuddi 
shu sharoitda alkaloidlar yig‘indisi cho‘kmaga tushadi. Muhit pH I,9 ga etkazilgandan so‘ng bir soat 
davomida reaktordagi massa 8
0
C haroratda alkaloidlar yig‘indisi to‘liq cho‘kmaga tushishi uchun 
ushlab turiladi. So‘ngra aralashtirgich ishlab turgan holda suspenziya ikki qavat filtr qog‘oz va bo‘z 
bilan jixozlangan nutch – filtr orqali suziladi. Filtrdagi cho‘kma (2–3 marta suv bilan) ammiakni hidi 
ketguncha yuviladi. Nutch – filtrdagi alkaloidlar yig‘indisi cho‘kmasi yog‘och taxtalarga yupqa qilib 
yoyiladi, 60 – 70
0
C
haroratli quritgich kameralarga qo‘yiladi, vaqti – vaqti bilan aralashtirib turgan 
holda 6 soat quritiladi. Quritilgan cho‘kma kukunsimon holga kelguncha maydalanadi va keyingi 
bosqichga uzatiladi. Alkaloidlar cho‘ktirilgandan so‘ng qolgan ekstrakt va yuvindi suvlar 
birlashtiriladi va o‘sha reaktorga qaytarilib, alkaloidlar yig‘indisi to‘liq ajralguncha ikki marta ularga 
dixloretan bilan ishlov beriladi. Dixloretanli ekstraktlar 10 % li sulfat kislota bilan ishlov berish 
bosqichiga yuboriladi. Qoldiq suvlar kanalizatsiyaga yuboriladi. 
Platifillinni senetsifillindan ajratish
. Platifillinni senetsifillindan ajratish uning spirtda har-xil 
eruvchanligiga asoslangandir. Senetsifillin spirtda juda yomon eriydi. Quruq maydalangan 
alkaloidlarning yig‘indisi isituvchi qobiqli, aralashtirgichli (120 ayl/daq) reaktorga solinadi. Zarur 
miqdorda 96 % etanol qo‘shiladi. Spirtini qaynaguncha qizdirib, 30 daqiqa davomida qaynatiladi. 
So‘ngra ikki qavatli filtr qog‘oz va bo‘z bilan jixozlangan nutch-filtrdan platifillini spirtli eritmasidagi 
senetsifillin suspenziyasi filtrlanadi. Texnik senetsifillin cho‘kmasi shisha filtrda filtrlanadi, siqiladi, 
50-75 mm sim.ust. bosimi ostida 50-60

C haroratda vakuum quritkich shkafda quritiladi. 
Texnik platifillin gidrotartratni olish
. Platifillin asosining spirtli eritmasi o‘sha reaktorga 
qaytariladi, unga hisoblangan miqdorda tartrat kislota solinadi. Reaktordagi mahsulot aralashtirilgan 
holda 80
0
C gacha qizdiriladi. Platifillin gidrotartrat qaynatilganda cho‘ka boshlaydi, ba‘zan esa eritma 
xona haroratigacha sovutilganda yuz beradi. Massa 12 soat xona haroratida qoldiriladi. So‘ngra g‘ovak 
plastinkali (№ 3) shisha filtrda texnik platifillin gidrotartratni cho‘kmasi filtrlanadi, 50-75 mm sim.ust. 
bosimi ostida 50-60

C da vakuum quritkichda quritiladi. 
Platifillin gidrotartrat oxirgi mahsulotini olish
. Reaktsion qurilmaga texnik platifillin 
gidrotartrat, 90 % etil spirti solinadi qurilma qobig‘iga bug‘ yuboriladi. Cho‘kma to‘liq eriguncha 80-
85
0
C haroratgacha 15 daqiqa qizdiriladi. Mahsulot nutch-filtrda ikki qavat filtr qog‘oz va bo‘z orqali 
filtrlanadi. Filtr ustidagi ko‘mir cho‘kmasi qaynoq spirt bilan yuviladi va yuvindi ham asosiy filtrga 
qo‘shiladi. Nutch-filtrdan eritma kristallizatorga olinadi, tuzli suv bilan sovutiladi. Harorat 3-5


gacha etkaziladi va shu haroratda 15 soatga qoldiriladi. 
Oxirgi maxsulotning ajralib chiqqan cho‘kmasi g‘ovak plastinkali (№ 3) shisha filtrda suziladi, 
filtr ustidagi cho‘kma ikki marta 96 % sovutilgan spirt bilan yuviladi, siqiladi, shisha kristallizatorlarga 
joylanadi, 50-100 mm sim.ust. bosimi ostida 50-60

C haroratda vakuum quritgich shkafda quritiladi.
Chiqish unumi aniqlanadi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin