“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


Paxikarpin gidroyodid olish texnologiyasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Paxikarpin gidroyodid olish texnologiyasi 
Paxikarpin gidroyodid – ok kukun, nordon ta‘mli, xloroformli va spirtda oson eruvchi, suvda 
kam eriydi, atseton va efirda qiyin eriydi. Ter – 233-236
0
S. Paxikarpin vegetativ nerv sistemasini 
tugunlarini o‘tkazuvchanligini pasaytirish xossasiga ega. Ishlab chiqarish sanoatida xom ashyo sifatida 
dukkakdoshlar – Fabaceae qalin mevali achchiqmiya – vexibra pachycarpa o‘tidan foydalaniladi. 
Paxikarpin gidroyodid kukun, 0,1 g tabletka, 3% eritmaning 2 ml dan ampulalarda, 0,1 g 
paxikarpin saqlagan shamchalar ko‘rinishida chiqariladi. 
Xom ashyoni tayyorlash va alkaloidlarni ekstraktsiyalash. Qalin mevali achchiqmiyani butunlay 
somonkeskichda maydalaniladi. Kesilgan poyalar o‘lchami 5-6 sm dan oshmasligi kerak. Ekstraktsiya 
jarayoni 12 ta diffuzordan iborat diffuzion batareyasida olib boriladi. 
Diffuzorga o‘rtacha 0,6-0,8% paxikarpin saqlagan achchiqmiya solinadi. Jarayon 85-95
0

xaroratida qarama-qarshi oqim bo‘yicha olib boriladi. Diffuzorga solingan xom ashyo qopqog‘I ochiq 
xolda bug‘latiladi. O‘tkir bug‘ diffuzorga pastdan yuboriladi. Ekstrakt siqilgan xavo ostida keyingi 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
75 
diffuzorga yuboriladi. Bu siqilgan xavo ta‘sirida ekstraktsiya butun batareya bo‘ylab tarqaladi. Bir 
diffuzordan boshqa diffuzorga o‘tguncha kaloriferdan o‘tadi u erda 85-95
O
S gacha qizdiriladi. Asosiy 
diffuzorga ekstrakt to‘lishi bilan siqilgan xavo berilishi to‘xtatiladi va pastki qopqog‘I ochilib chiqindi 
ajratib olinadi. Asosiy diffuzorga solingan ekstrakt 60 daqiqa tindiriladi. Ekstrakt asosiy diffuzordan 
oxirgi diffuzorga issiq suv bilan yuboriladi. Ekstraktda 0,15-0,25% asos-paxikarpin saqlaydi. 
Suvli ekstraktdagi alkaloidlarni kerosin yordamida ajratish
. Ekstrakt druk filtri yordamida pH 
10,0-10,5 42% li NaOH solingan ishqorlantirgichga solinadi. Ekstrakt ishqorlantirgichdan 65-75
O
S da 
isitilgan xolda Badjara rusumli likobchali nasadkali ekstraktsion kolonkaga yuboriladi 65-75
O
S da 
qizdirilgan kerosindan alkaloidlar ekstraktsiyasi o‘tkaziladi va to‘yingan kerosinli ekstrakt tuyingan 
kerosinli yig‘gichga ajratgich orqali solinadi. Jarayon kerosinni berish tezligi va suvli ekstraktda 
qancha miqdor alkaloidlarni saqlashga qarab ekstraktsiya 5-6 soat davom etadi. 
Kerosinli ekstraktni sulfat kislota yordamida qayta ishlash
. Kerosinli ekstrakt asosiy 
sulfatorning injektor qismiga yuboriladi. Sulfator oldindan 43% li sulfat kislota eritmasi bilan 
to‘ldiriladi. Injektorda intensiv turbulent aralashtirishi sodir bo‘ladi. Buning natijasida kerosinli 
ekstrakt tarkibidagi alkaloidlar yig‘indisi suvli eritmaga sulfatlar ko‘rinishiga o‘tadi. Alkaloidlardan 
erkin xolga o‘tgan kerosin qayta kerosin yig‘gichga solinadi. Asosiy sulfatda 15-18% ga etguncha 
erkin sulfat kislota yuboriladi. 0,5-1% ga etganda erkin sulfat kislota saqlagan sulfatorga kerosin 
yuborilishi to‘xtatiladi. Sulfatlar bir soat davomida tindiriladi. Bunda sulfatda 14-14,5% paxikarpin 
saqlanadi. Bo‘sh sulfatorga yangi sulfat kislota solinib oldingi ishlarni takrorlanadi. 
Izopropil spirt yordamida alkaloidlarni ekstraktsiyalash
. Olingan sulfat ekstraktorga solinadi va 
unga 8,5% izopropil spirti solinadi. Keyin aralashtirib turgan xolda massaga 43% NaON eritmasini 
kuchli ishqoriy muxit xosil bo‘lguncha solinadi va 2 soatga tindirishga qo‘yiladi. Aralashtirilgan 
qoldiq eritmani po‘latli emallangan likobchaga solinadi va ikkinchi marta ekstraktsiyalashga 
yuboriladi. Xuddi shu usul bilan uchinchi ekstraktsiya olib boriladi. 
Birinchi va ikkinchi ekstraktdan olingan spirtli ekstrakt yig‘iladi. 5,5-6% paxikarpin saqlagan 
izopropanolli ekstrakt vakuum bug‘latish apparatiga solinadi. Bug‘latish boshlang‘ich xajmining 1/5 
qismi qolguncha vakuum ostida olib boriladi. 
Asos-paxikarpinni olish
. Asos paxikarpinni boshqa alkaloidlardan ajratish uchun 165-185
o
C va 
8-10 min. simob ustida qoldiq bosim va vakuum ostida xaydash yuli bilan ajratiladi. Asos paxikarpin 
yig‘indilari isitgichli qurilmaga solinadi. Asosan suv, kerosin va izopropil spirtdan iborat birinchi 
fraktsiya 50-80
0
C ostida xaydaladi. Ikkinchi asos-paxikarpin 165-185
0
C da xaydaladi. 
Texnik paxikarpin monoyodgidratning olinishi
. Asos-paxikarpin po‘latli emallangan idishga 
HCL ning suvli eritmasi pH-6,0-6,5 gacha solinadi va aralashtiriladi. Neytrolizatsiyalashda aralashma 
xarorati 3-35
o
C dan oshmasligi kerak. Keyin aralashma 20-25 
0
C gacha sovutiladi. Aloxida kaliy 
yodning suvli eritmasi tayyorlanadi. Sovutilgan paxikarpin xloridning suvli eritmasiga aralashtirib 
turgan xolda kaliy yodining eritmasi tezda solinadi. Cho‘kmaga tushgan paxikarpin monoyodgidratli 
reaktsion massani 18-20
0
C gacha sovitiladi, sentrifugada sentrifugalanib ikki marta sovuq suv bilan 
yuviladi. Paxikarpin monoyodgidratni xavoda quritiladi. 
Texnik paxikarpin monoyodgidratni tozalash
. Apparatga distillangan suv solib qizdiriladi va 
texnik paxikarpin monoyodgidrat solinadi. Bunga yana faollangan ko‘mir solinadi. Massa 
qaynaguncha qizdiriladi va nutch filtrda filtrlanadi. Filtrat idishga solinib 10-15
0
C gacha sovutiladi. 
Cho‘kmaga tushgan paxikarpin monoyodgidratning oq kristallari sentrifugada sentrifugalanib sovuq 
distillangan suv bilan yuviladi. Paxikarpin kalorifer kuritgichda 50-60
0
C
xarorat ostida 10-14 soat 
davomida quritiladi. Ishlab chiqarishda olinadigan qoldiq eritmalarga aloxida ishlov beriladi. Ishlab 
chiqarishdagi umumiy chiqish 63,78 % ni tashkil qiladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin