“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
77
diffuzorga esa izopropil spirti beriladi va 30 daqiqali tindirishdan keyin ikkinchi ekstrakt olinadi.
Ishlatilgan xom ashyo diffuzordan bo‘shatiladi. Xosil bo‘lgan spirtli ekstrakt birinchi xajmga nisbatan
1/20 bo‘lguncha vakuumda bug‘latiladi. Kubli qoldiq keyingi jarayonga yuboriladi.
Sirka kislotali ajratmani olish
. Kubli qoldiq reaktorga o‘tkazilib suv qo‘shiladi va 20% H
2
SO
4
eritmasi bilan nordonlashtiriladi. Xosil bo‘lgan aralashmaga DXE qo‘shiladi 10 daqiqa aralashtiriladi
va 15 daqiqa tindiriladi. Toza bo‘lmagan DXE regeneratsiya uchun yig‘gichga beriladi.
Yog‘sizlantirilgan sulfat kislotali suvli alkaloidlar eritmasi yig‘gichdan reaktorga o‘tkazilib 25% NH3
eritmasi rN 5,0-5,5 bo‘lguncha neytrallanadi. DXE ni yo‘qotish uchun xosil bo‘lgan maxsulot 3 soat
davomida xavoda puflanadi. So‘ngra faollangan ko‘mir eritmaga qo‘shiladi 15-20
daqiqa
aralashtirgandan keyin nutch – filtrida filtrlanadi.
Filtrat reaktorda yig‘iladi va 25% li ammiak eritmasi bilan rN 8-9 bo‘lguncha ishqorlanadi.
Alkaloidlar ekstraktsiyasi DXE bilan olib boriladi. Xamma ekstraktlar yig‘gichga yig‘ilib reaktorga
o‘tkaziladi. Ekstraktga 15% li suvli sirka kislotaning eritmasi qo‘shiladi. 30 daqiqa aralashtirib 20
daqiqa tindiriladi. Muxitning yuqorigi qismi nordon bo‘lishi shart quyi qavati yig‘gichga, nordon
ajratmasi esa qurilmaga yuboriladi. Quyidagi ish 2-3 marta takrorlanadi.
Nordon ajratmalar
birlashtiriladi.
Skopolamin asosini olish
. Nordon ajratma qozonga o‘tkazilgandan keyin unga aralashtirib
turgan xolda 25% li ammiak qo‘shiladi, to rN 6-6,1 bo‘lguncha, so‘ngra eritmaga faollangan ko‘mir
qo‘shilib 10-15 min. davomida aralashtirib turiladi. Keyin eritma nutch-filtrda filtrlanadi. Ko‘mir esa
suv bilan yuviladi. Filtrat apparatga quyilib 5
0
S gacha sovutiladi va eritmada alkaloidlar yo‘qolguncha
etil efiri bilan ekstraktsiyalanadi. Efirli ajratmalar birlashtirilib unga suvsiz nordon kaliy qo‘shilib 18
soat quritiladi. Keyin ekstrakt filtrlanadi va bug‘latiladi, toki efir yo‘qolguncha xosil bo‘lgan
qoldiqasosan skopolamin – asosidan tashkil topgan.
Texnik skopolamin – gidrobromidni olish
. Kub qoldiqni saqlagan qurilmaga 98
0
S etil spirti
quyiladi. Spirtli eritma -5
0
C gacha sovutiladi va unga aralashtirib turgan xolda bromvodorodli kislota
solinadi kuchsiz kislotali reaktsiya bo‘lguncha, 65% bromvodorodli kislotadan va 98
0
C etil spirtidan
spirtli bromvodorodli kislotali aralashmani tayyorlanadi. Xosil bo‘lgan massani kristallar xosil
bo‘lguncha aralashtiriladi. Skopolamin gidrobromid kristallari to‘liq tushishi uchun 18
soatga shu
xaroratda tinch qoldiriladi. Eritmadan ajralib chiqqan skopolamin-gidrobromid cho‘kmasi nutch-
filtrdan o‘tkazib uning ustiga sovutilgan 98
0
S etil spirti qo‘shiladi. Xosil bo‘lgan maxsulotni 18 soat
davomida xavoda quritiladi.
Skopolamin-gidrobromid fabrikatini olish.
Yassi tubli kolbaga olinib texnik
skopolamin
gidrobromid solinadi unga 1:3 nisbatda 98
0
C etanol qo‘shiladi va maxsulot to‘liq
eriguncha teskari
muzlatgichli kolbaga o‘rnatilib suv xammomida qizdiriladi. Aralashmaga faollangan ko‘mir qo‘shiladi
va eritma 10 daqiqa. Davomida qizdiriladi. So‘ngra Byuxner voronkasida filtrlanadi. Oxirgi
maxsulotni kristallash uchun filtrat kolbaga o‘tkazilib muz xammomida 2-3 soatga qoldiriladi.
Cho‘kkan cho‘kma shisha filtrdan o‘tkaziladi va etil efiri bilan yuviladi, xosil bo‘lgan skopolamin
gidrobromid xavoda quritiladi. Skopolamin gidrobromidning umumiy chiqishi skopolamin-asosiga
nisbatan xisoblanganda 19,13 % ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: