“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
79
infeksion va boshqa kasallikda qabul qilinsa, markaziy asab va yurak qon tomirlarining funktsiyalari
buzilishiga olib keladi, narkotik va boshqa zaharlardan zaharlanganda, fizik va psixik ish qobiliyatini
oshirishda va uyqusizlikni oldini olishda qabul qilinadi. Yosh bolalarda enurez hollarda qabul qilinadi.
Kofeinni ishlab chiqarishda ikki xil mahsulot kerak bo‘ladi. Choysimon xom ashyo va choy chiqindisi.
Undan tashqari kofeinni sintetik usul bilan olsa ham bo‘ladi. Choysimon xom ashyoni shnekli
ekstraktorda vertikal holatda tindirmasdan
ekstraktsiya qilinadi, choy chiqindisi esa tayyor mahsulot
bilan diffuzor batareyalarda ekstraktsiya qilinadi.
Kofeinning xom ashyodan suvli ekstraktsiya usulida olish
. Kofeinni choysimon xom ashyodan
olish usuli ekstraktsiya usulida oqimga qarshi olinadi. Xom ashyo ekstraktorning kolonnasidan
o‘tayotganda unga kuchli oqimga qaynoq erituvchi suv (90-95
0
C) sarf o‘lchagich
orqali yuklovchi
kolonnaning yuqori qismiga shrotni chiqarib tashlovchining quyi qismida 1 m qalinlikda va o‘simlik
xom ashyosiga qarshi shnekli ekstraktor bo‘ylab harakatlanadi. Diffuzion sharbat tarkibida 0,149 %
kofein miqdori 88-90
0
C haroratda quritgichning yuqori yuklovchi kolonnasiga quyiladi va sharbat
tindiruvchilarning biriga kelib tushadi.
Xom ashyodan alkaloidlarni diffuzor batareyalarida suvli ekstraktsiya usulida olish.
Choysimon
modda va choy chiqindilari korxonaning omborxonasidan diffuziya uchastkasiga shixta tayyorlovchi
bo‘limdan beriladi. Shixta 20% choy chiqindisi va 80% choysimon moddadan iborat. Suv
ekstraktsiyasi 6 diffuzorli batareyalarida olib boriladi, qaysiki u oqimga
qarshi printsip orqali olib
boriladi. Tayyorlangan mahsulot shnekli transportyor orqali o‘radan diffuzorning tagiga choysimon
modda yuboriladi. Elakning tutilmasligi uchun yostiqchalar hosil qilish maqsadida, diffuzorning tagiga
joylashtiriladi. Keyin shixtani yuboriladi. Barcha o‘simlik xom ashyoni o‘radan transporter orqali
bunkerga etkaziladi, diffuzion batareyalarning ustida joylashtirilgan, qaysiki yuklanadigan ho‘lidan o‘z
oqimi bilan diffuzorga etkaziladi. Xom ashyo to‘lishi va diffuzorga sharbat to‘lishi birgalikda
yakunlanadi. Sharbatli ortiqchasi bilan berilishi xom ashyoni joylashtirilayotganda
bukilib ketishiga
olib keladi va mahsulot to‘la joylashtirilmasdan qolishi mumkin. Diffuzion sharbatni diffuzorning
oxirgi qismiga quyishda suv purkaladi, shunda sharbat barcha batareyalarda yaxshi o‘rnatilib
diffuzorning asosiy bosh qismigacha etib boradi va tarkibida 0,712% li kofein o‘lchovchi idishga kelib
quyiladi. Bir smenada ishlab chiqilgan diffuzion sharbat idishga kelib quyilib turiladi,
u erdan uni
nasos bilan dixloretanli ekstraktsiyaga jo‘natiladi.
Alkaloidlarning diffuziyali sharbatdan dixloretan bilan ekstraktsiyasi
. Oldindan 6-6,5 pH gacha
ishqorlantirilgan diffuzion sharbat 60-70
0
C xaroratda bosim yordamida o‘z oqimiga binoan
taqsimlovchi idish orqali halqa kollektor yo‘liga jo‘natilib, bunda u bir xilli yo‘sinda ishlovchi
to‘rsimon kolonnalarga kofeinni birlamchi ekstraktsiyasiga taqsimlanadi. Qopqoqli ekstraktsiyali
kolonnalarga balandligi 4500 mm bo‘lguncha dixloretan quyiladi. Dixloretanni nazorat jo‘mragi
yordamida tekshirib olinadi. Dixloretanning me‘yoridan ortiq kolonnaga
qayta ishlangan diffuzion
sharbat to‘ldiriladi, u dixloretanning tomchilarini yig‘ib oluvchi tindiruvchi qismi hisoblanadi.
Diffuzion sharbat bir vaqtning o‘zida dixloretanni o‘chirib yuborishdan saqlaydi. Ekstraktsion
kolonnaning pastki qismiga kelib tushadigan sharbat mayda ipsimon bo‘lakchalarga to‘rsimon
likopchalar yordamida bo‘laklanadi, dixloretanning barcha qalinlikda ustunlaridan o‘tib, yuqoriga
intiladi. Kofeinga to‘yingan dixloretan kolonnaning pastki qismidan chiqariladi. Kofeinning
dixloretanli ekstrakti tenglashtiruvchi tirsak orqali o‘z oqimi bilan deemulgatorga kelib tushadi.
Shundan so‘ng yana o‘z oqimi bilan bug‘lanishga o‘tadi. Bug‘latgichga taxminiy suv quyiladi, uni 80
0
C gacha isitiladi. So‘ng kofeinning dixloretanli ekstrakti yuboriladi. Bu
jarayonda suv va dixloretan
parchalanadi. Shuning uchun unga doim suv quyib turiladi va uni bir maromda saqlash lozim.
Kofeinning suvli aralashmasi bug‘latgichdan yig‘gichga jo‘natiladi, uni u erdan reaktorga bosim orqali
yuboriladi, unda suvli aralashmani bir qancha vaqt moysimon moddalarning koagulyatsiya
bo‘lgunicha qaynatiladi. So‘ng aralashmani yopiq filtrlarda latunli to‘r yordamida filtrlanadi.
Kofeinning suvli aralashmasini qobiqli vakuum bug‘latgichda bug‘latiladi, kofein kontsentratsiyasi 10-
13% gacha bo‘lguncha 300-350 mm simob ustunida bug‘latiladi. Bug‘latilgan suvli aralashma
yig‘gichdan qobiqli reaktorga qizdirish uchun siqiladi. 60 daqiqa bajarilgach, qattiq bug‘langach,
aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi. Qaynatgan aralashmaga aylantirgichda
qaynayotganda unga