“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
83 
4– Laboratoriya ishi 
Ammiak bilan reaktsiya. Chinni idishchada olingan flyuvanoidlarning spirtdagi eritmasiga 
ammiak eritmasidan qo‘shib, suv xammomida bir oz qizdiriladi. Reaktsiya natijasida flavonlar, 
flavonollar, flavononlar, flavonononlar eritmasi zarg‘aldoq yoki qizil rangga o‘tadigan sariq rang xosil 
qiladi. Xalqonlar va auronlar eritmasiga ammiak eritmasi yoki to‘q qizil rang xosil bo‘ladi. 
Antatsianlar esa ammiak eritmasi ta‘sirida zangori yoki binafsha rangga bo‘yaladi. Bu reaktsiyani 
ishqor eritmalari bilan qilinsa xam yuqoridagiga o‘xshash natija olish mumkin.
5 – Laboratoriya ishi 
Qo‘rg‘oshin atsetati bilan reaktsiya. Flavonoidlarning chinni shishachada olingan spirtli 
eritmasiga qo‘rg‘oshin (II) – atsetat spirtli eritmasidan qo‘shib aralashtiriladi. V xalqada bo‘sh xolda 
ortiogidroksil guruhi bo‘lgan flavonlar, xalqonlar va auronlar qo‘rg‘oshin (II) – atsetat eritmasi bilan 
tiniq sariq yoki qizil rangli cho‘kma xosil qiladi. Agar qo‘rg‘oshin (II) – atsetat o‘rnida qo‘rg‘oshin (II) 
– gidroatsetat eritmasi qo‘llanilsa, flavonoidlarning qariyb xamma rangli cho‘kma beradi. Bu 
reaktsiyada antotsionlar qizil yoki ko‘k rangli cho‘kma xosil qilishi mumkin. 
6 – Laboratoriya ishi 
Mineral kislotalar bilan reaktsiya. Chinni idishchadagi flavonlarning spirtli eritmasiga xlorid 
kislota ta‘sir ettirilsa, flavonoidlarning xamma guruxlari (katexinlardan tashqari) rangli reaktsiya 
beradi: flavonlar va flavonollar tiniq sariq, flavononlar zarg‘aldoq pushti qizil, antotsianlar zarg‘aldoq 
yoki qizil rangga bo‘yaladi. Xalqonlar va auronlar kislotaning kontsentrlangan eritmasi bilan oksoniy 
tuzlar xosil bo‘lishi xisobiga qizil rang xosil qiladi. Xlorid kislota o‘rniga kontsentrlangan sulfat 
kislota olingan taqdirda katekinlar, antotsionlar va flavononlar qizil, flavonlar va flavonollar tiniq 
sariqdan zarg‘aldoq ranggacha bo‘yaladi. 
7 – Laboratoriya ishi 
Alyuminiy xlorid bilan reaktsiya. Chinni idishchadagi flavonlarning spirtdagi 5 ml eritmasiga 
(yoki o‘simlikdan tayyorlangan flavonoidlarning 5 ml spirtdali ajratmasiga) alyuminiy xloridning 
spirtdagi 5 ml eritmasidan bir necha tomchi tomizilsa, ko‘pchilik flavonoidlar sariq rang xosil qiladi. 
8 – Laboratoriya ishi 
Temir (II) – xlorid bilan reaktsiya. Chinni idishchadagi flavonoidlarning spirtdagi 5 ml 
eritmasida (yoki o‘simlikdan tayyorlangan flavonoidlarning 5 ml spirtli ajratmasiga) temir (II) – 
xloridning spirtdagi 5% li eritmasidan bir necha tomchi qo‘shilsa, to‘q zangori, to‘q binafsha, to‘q 
yashil yoki yashil rang xosil bo‘ladi. Temir (III) – xlorid eritmasi bilan flavonoidlarning xamma 
guruxlari rangli reaktsiya beradi. 
9 – Laboratoriya ishi 
Vanilin bilan reaktsiya. Chinni idishchadagi vanilinning kontsentrlangan xlorid kislotadagi 1% 
li eritmasiga katexinlardan qo‘shilsa, qizil rang xosil bo‘ladi. 
10 – Laboratoriya ishi 
Flavonoidlarning xromatografik analizi
O‘simliklardan tayyorlangan ajratmada qancha 
flavonoid birikmalar borligi va ularning chinligini taxminiy aniqlashda (identifikatsiya qilishda) 
taqsimlanish (bo‘linish) xromatografik usulidan (qog‘ozda – QX yoki BX va yupqa qavatda – YuQX 
yoki TSX) keng foydalaniladi. Xromatografik taxlil uchun o‘simlikdan spirtli ajratma tayyorlanadi. 
Buning uchun yapon saforasining maydalangan gulidan 1g ni 25 ml xajmli kolbaga solib, ustiga 10 ml 
spirt quyiladi. Kolbaga tik sovutgich o‘rnatib, suv xammomida 10 min qaynatiladi. Ajratma 
sovugandan so‘ng qog‘oz filtri orqali filtrlanadi. 
0,1 ml filtratni va «guvox» flavonoidlarnning spirtli eritmasidan «Silufol» plastinkasining start 
chizig‘iga kapilyar naycha yoki maxsus tomizgich yordamida bir-biridan 2 sm masofada tomiziladi va 
xavoda quritiladi. So‘ngra plastinkani ichiga n-butanol-sirka kislotasi – suv (4:1:5 nisbatida) yoki 
sirka kislotasini 15% li eritmasi quyilgan xromatografik kolonkaga joylashtirib, 30-40 minut 
xromatografiya qilinadi. Keyin plastinka olinib, xavoda quritiladi va UF-nurida ko‘riladi, dog‘lar 
aniqlanadi (flavonoidlar jigarrang, sariq, zarg‘aldoq rangli bo‘lib tovlanadi). So‘ngra plastinkaga 
alyuminiy xloridning spirtli eritmasi (yoki sirkoniy xlor oksid, temir (III) – xlorid eritmalari) purkab, 
quritib yana UF – nurida ko‘riladi. Dog‘larni Rf lari hisoblanadi. Bu Rf lar «guvox» flavonoidlar Rf 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin