“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Laboratoriya ishi №7 
Ishning nomi: Vindaus reaksiyasi. 
Ishning borishi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga benzoldiazoniyxlorid eritmasi qo`shilsa, 
kislota sharoitida tiniq qizil, ishqor sharoitida esa tiniq binafsha rang hosil bo`ladi. Bu reaksiya xam 
tarkibida to`yinmagan lakton xalqasiga ega bo`lgan hamma yurak glikozidlari uchun xosdir. 
III.Yurak glikozidlari molekulasidagi dezoksisaxaridlarga (digitoksoza, simaroza, sarmentoza, 
diginoza, oleandroza va boshqa dezoksigeksozalarga) bo`lgan Keller-Kiliani reaksiyasi. 
Laboratoriya ishi №8 
Ishning nomi: Keller-Kiliani reaksiyasi. 
Ishning borishi. Tarkibida temir (II)-xloridning 5% li eritmasidan 2 tomchi bo`lgan 5 ml 
kontsentrlangan sirka kislotada eritilgan 5-10 mg glikozid eritmasini probirkaga solib, ustiga oz 
miqdorda temir (II)-xloridning 5%li eritmasi bo`lgan kontsentrlangan sulfat kislotaning bir ikki 
tomchisini asta-sekin probirkaning chetidan oqizib tushirilsa, xar ikkala suyuqlik uchrashgan erda 
yuqori qismi zangori yoki ko`k rangli qo`ng`ir xalqa hosil bo`ladi. 
Dezoksisaxaridlarga yana ksantogidrol bilan reaksiya qilish mumkin. Agar glikozidlari 
ksantogidrolning sirka kislotadagi (1% miqdorda xlorid kislota saqlovchi) eritmasi bilan qizdirilsa
dezoksisaxaridlar qizil rang hosil kiladi. 
Yurak glikozidlarining xromatografik taxlili 
O`simliklar tarkibida yurak glikozidlarining borligini va yurak glikozidlar yig`indisining qancha 
glikozidlardan tashkil topganligini hamda ularni qanaqa glikozid ekanligini aniqlashda (identifikatsiya 
qilishda) xromatografik analiz usullaridan keng miqyosda foydalaniladi. 
Laboratoriya ishi №9 
Ishning nomi: Yurak glikozidlarining qog`ozli xromatografik taxlili. 
Ishning borishi. Yurak glikozidlari saqlovchi o`simliklardan 90% li spirtda tayyorlangan va 
boshqa moddalardan tozalangan ajratmadan kapilyar (qil) naycha yoki maxsus tomizg`ich yordamida 
«start» chizig`iga tomiziladi. Tomizilgan tomchidan 2 sm masofada «start» chizig`iga yana «guvox» 
yurak glikozidlarining spirtli eritmasidan tomizib (tomizilgan dog`lar diametri 5 mm dan katta 
bo`lmasligi kerak), keyin xromatografik qog`oz ichiga etilatsetat – suv (2:1 nisbatida) aralashmasi 
quyilgan xromatografik kolonkaga o`rnatiladi va qopqog`ini yopib 20-24 soat davomida 
xromatografiya qilinadi. Ko`rsatilgan vaqt o`tgandan so`ng, xromatografik qog`oz kolonkadan olinadi, 
quritiladi va unga stibium III-xloridning to`yintirilgan eritmasidan purkaladi. Yurak glikozidlarining 
dog`lari pushti-binafsha rangga bo`yaladi. Dog`larni Ri i aniqlanadi va ajratmadagi hamda «guvox» 
yurak glikozidlarning Ri ini solishtirib ko`rib, o`simlik ajratmasida qanday glikozitlar borligi 
to‘g`risida xulosa chiqariladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin