“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

Laboratoriya Ishi №2 
Ishning nomi: Legal reaksiyasi. 
Ishning borishi. Quritilgan ajratmani (yoki glikozidlarning) spirtdagi eritmasiga 2 tomchi piridin, 
natriy nitroprussidning 5% li suvli eritmasidan 2 tomchi va ishqorning 10% li suvli eritmasidan 2 
tomchini asta-sekin qo`shilsa, suyuqliklar uchrashgan joyda qizil rang (qizil xalqa) hosil bo`ladi. Legal 
reaksiyasi asosan tarkibida 5 a'zoli to`yinmagan lekton (butenolid) xalqasi bo`lgan yurak glikozidlariga 
– kardenolidlarga xosdir. 
Laboratoriya ishi №3 
Ishning nomi: Raymond reaksiyasi. 
Ishning borishi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga m-dinitrobenzolning 10% li spirtdagi va 
natriy ishqorining metil spirtdagi 10%li eritmalari aralashmasidan bir necha tomchi qo`shilsa, tezda 
ko`k rangga o`tuvchi binafsha rang hosil bo`ladi. Bu reaksiya xam asosan kardenolidlarga (butenolid 
xalqasi bo`lgan yurak glikozidlariga) xosdir. 
Laboratoriya ishi №4 
Ishing nomi: Kedde reaksiyasi. 
Ishning borishi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga yangi tayerlangan 3,5-dinitrobenzoat 
kislotasining metil spirtdagi 2%li va ishqorning 40%li eritmalari aralashmasi qo`shilsa, ko`k (ba'zan 
binafsha yoki qizil) rang hosil bo`ladi. Bu reaksiya ko`proq kardenolidlarga xosdir. 
Laboratoriya ishi №5 
Ishing nomi: Rozengeym reaksiyasi. 
Ishning borishi. Glikozidlarning xloroformdagi eritmasiga 90%li trixlorsirka kislotadan bir necha 
tomchi qo`shib qizdirilsa, ko`k yoki qizg`ish-binafsha (ba'zan sariq) rang hosil bo`ladi. Bu reaksiya 


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
101 
ko`pincha tarkibida 6 a'zoli to`yinmagan lakton (kumalin) xalqasi bo`lgan glikozidlar – 
bufadienolidlarga xosdir. 
Laboratoriya ishi №6 
Ishing nomi: Bale-Neyman (yoki Baljett) reaksiyasi 
Ishning borishi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga natriy pikratning spirtdagi 1%li va 
ishqorning suvdagi 10% li eritmalaridan qo`shilsa, to`q sariq rang hosil bo`ladi. Bu reaksiya 
yordamida tarkibida to`yinmagan lakton xalqasi bo`lgan barcha yurak glikozidlarini aniqlash mumkin. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin