“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
99 
Tioglikozidlar yoki izotiotsianatlar hayvonlarda bo`qoq kasalligini paydo qilishi mumkin, degan 
fikr ham bor. 
Tioglikozidlarning turlari ko`p. Ular asosan, karamdoshlar (butguldoshlar, krestguldoshlar) 
rezadoshlar va boshqa oilalar vakillarida uchraydi. Jumladan, karamdoshlar (butguldoshlar) oilasiga 
kiradigan o`simliklar (sholg`om, karam, rediska, turp, xren, xantal va boshqa o`simliklar) da keng 
tarqalgan. 
Tibbiyotda tioglikozidlar saqlovchi o`simliklardan hozircha faqat xantal urug`i (uni tarkibida 
tioglikozid sinigrin bo`ladi) ishlatiladi. 
Sinigrin mirozin fermenti ta'sirida glyukoza, kaliy bisulfat va allilizotiatsianatga (xantal efir 
moyiga) parchalanadi: 
Tarkibida sianogen glikozidlar bo`lgan dorivor o`simliklar 
Glikozidlar parchalanib sianid kislota ajratsa, ular sianogen yoki nitril glikozidlar deb ataladi. 
Sianogen glikozidlar (amigdalin, prunazin, sambunigrin va boshqalar) zaharli birikma bo`lib, ularning 
ko`pchiligi ra'noguldoshlar oilasiga kiradigan o`simliklarga xosdir. Masalan, achchiq bodom, achchiq 
danakli o`rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo`ri, olma, nok, shumurt (cheremuxa) va boshqa o`simliklar 
urug`i (mag`zi) ning achchiq mazali bo`lishi, ular tarkibida sianogen glikozidlar borligiga bog`liq. 
Sianogen glikozidlarning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan mahsulotlar efir moylarining 
fizik xossasiga o`xshash xossaga ega bo`ladi. 
Tibbiyotda sianogen glikozidlardan asosan o`z, tarkibida amigdalin saqlovchi dorivor o`simliklar 
ishlatiladi. Amigdalin rangsiz kristall birikma bo`lib, yuqorida aytib o`tilgan ra'noguldoshlar oilasiga 
kiruvchi o`simliklarning urug`i, bargi va boshqa organlarida bo`ladi. Bu o`simlik organlari to`qimasida 
amigdalin bilan birga emulsin fermenti ham uchraydi. Amigdalin ana shu ferment ta'sirida parchalanib, 
ikki molekula glyukoza, sianid kislota va benzoy aldegid hosil qiladi: 
Gidroliz natijasida ajralib chiqqan sianid kislota benzoy aldegid bilan reaktsiyaga kirishib, 
benzoaldegidtsiangidrid birikmasini hosil qilishi mumkin. 
Tibbiyotda ishlatiladigan amigdalinli dori turlari achchiq bodom urug`idan yoki uning o`rnida 
ishlatilishi mumkin bo`lgan o`simliklardan tayyorlanadi. 
Mahsulotda amigdalin borligini quyidagi reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. 
1. Achchiq bodom (yoki achchiq o`rik, shaftoli va boshqalar) urug`i (mag`zi) ni 2-3 tomchi suv 
bilan chinni xovonchada ezilsa, amigdalinning emulsin ferment ishtirokida parchalanishidan hosil 
bo`lgan sianid kislota va benzoy aldegidning o`ziga xos hidini sezish mumkin. 
2. Achchiq bodom (yoki shaftoli, achchiq danakli o`rik va boshqalar) urug`i 1-2 tomchi 
kontsentrlangan sulfat kislota bilan chinni xovonchada ezilsa, pushti rang hosil bo`ladi. 
Tibbiyotda ishlatish uchun bodom urug`idan achchiq bodom suvi tayyorlanadi. 
Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo`lgan dorivor o`simliklar 
Bu guruhga kiruvchi glikozidlarning aglikonlari monoterpenlar va ularning unumlaridan tashkil 
topgan. Aglikonlar bir yoki bir nechta molekula monosaxaridlar (ba'zan spetsifik yoki disaxaridlar) 
bilan birlashib, o`z glikozidlarini xosil qiladi. 
Tibbiyotda qo`llaniladigan tarkibida monoterpen glikozid bo`lgan o`simliklarning hammasi va 
glikozidlari achchiq mazaga ega. Shuning uchun bu guruh glikozidlari achchiq glikozidlar nomi bilan 
ham yuritiladi. 
O`simliklar tarkibida achchiq mazali birikmalar ko`p uchraydi. Lekin ularning hammasi ham 
achchiq glikozidlarga kiravermaydi. Achchiq glikozidlar me'da suyuqligining reflektor ajralishini 
kuchaytirib ishtaha ochadi, organizmga boshqacha fiziologik ta'sir ko`rsatmaydi. Boshqa achchiq 
moddalar esa organizmga turlicha fiziologik ta'sir etadi. Masalan: alkaloidlar (xinin, kapsaitsin, 
piperidin), turli glikozidlar (yurak glikozidlari, tioglikozidlar) va boshqa birikmalar. 
O`simliklar dunyosida achchiq glikozidlar kam bo`lib, ular erbaxodoshlar (Gentianaceae), 
meniantdoshlar (Menyanthaceae), astradoshlar (murakkabguldoshlar)–Asteraceae (Compositae) va 
qisman yasnotkadoshlar (labguldoshlar) – Lamiaceae (Labiatae) oilasi vakillarida uchraydi. 
Monoterpen glikozidlar yaxshi o`rganilgan emas. Ulardan bir qanchasi sof holda ajratib olingan. 
Sof holda ajratib olingan achchiq glikozidlar amorf yoki kristall modda bulib, neytral yoki kuchsiz 



Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin