Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Umumiy iqtisodiy qonunlar –



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

 Umumiy iqtisodiy qonunlar – 
vaqtni tejash qonuni; ehtiyojlarni tez o‘sib 
borish qonuni; takror ishlab chiqarish qonuni; ishlab chiqarish munosabatlarini 
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasiga mos kelishi qonuni va 
boshqalar: 
Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - 
talab qonuni; taklif qonuni; qiymat 
qonuni;
Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunga
- qo‘shimcha qiymat qonuni kiritilgan. 
Bu yerda biz iqtisodiy qonunlar to‘g‘risida munozara va mulohazalar 
qilmaymiz, bu bizning maqsadga kirmaydi. 
Bu qonunlar va ularni olimlar tomonidan talqinini ma’lumot uchun 
keltirmoqdamiz. Bizning fikrimizcha, bu masala allaqancha chigal va munozarali 
masala bo‘lib, iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o‘rganishni, tadqiqot qilishni 
talab qiladi. 
Endi bozor iqtisodiyotining qoidalariga to‘xtalib o‘tamiz. 
Bozor iqtisodiyotining qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
I. Biznesni, tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy, xo‘jalik erkinligi (shaxsni, 
oilani, sotsial guruxni). 
Bu erkinlik faoliyatni, hayotni barcha qirralariga tegishli bo‘lib ularga o‘z 
hohishi bilan ijtimoiy hayotga ishtirok etishini bildiradi. 
Bu qoida kishilarga bir tomondan mulkchilik, ikkinchi tomondan 
tadbirkorlikni konkret xayotda amalga oshirish imkoniyatini beradi. 
www.sies.uz
Page 28 of 356 


Bozor iqtisodiyotida erkinlik deganini absalyut erkinlik deb tushunmaslik 
kerak. Erkinlik har qanday iqtisodiy tizimda eng avvalo qonunlar, qoidalar, iqtisodiy 
dastaklar orqali chegaralangan. Shu sababli bozor iqtisodiyotining ikkinchi qoidasi: 
II.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. 
Lekin bozorni o‘zi emas bozor iqtisodiyoti, bozor munosabatlari tartibga 
solinib turiladi. 
Bozor erkinligi doimo iqtisodiy javobgarlik va tadbirkorlik, tavakkalchilik 
bilan bog‘liqdir. 
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish iqtisodiy dastaklar orqali ya’ni soliq, 
moliya, kredit, bank tizimi, yuridik qonunlar, bahoni chegaralash, monopoliyani 
chegaralash hisobotlar (buxgalteriya, statistika, tezkor) va boshqalar orqali amalga 
oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish balans iste’mol o‘rtasidagi munosabatda 
iste’mol primatini, uni yuqori turishini belgilaydi. hamma iste’molchini talabini 
qondirish uchun (ishlaydi) faoliyat ko‘rsatadi. Shu sababli uchinchi qoida: 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin