Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Texnik – texnologik funksiyalar



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

Texnik – texnologik funksiyalar: 
1. Tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga yetkazishni tashkil 
qilish (transport korxonalari bilan aloqa o‘rnatish, tovarlarni son va sifati 
bo‘yicha qabul qilish va h.k.) 
2. Tovarlarni saqlash; 
www.sies.uz
Page 40 of 356 


41
3. Tovarlarni qadoqlash; 
4. Tovarlarni transport vositalariga yuklash, tushurish. 
2.2.2.Savdoning ijtimoiy shakllari, tashkiliy itqisodiy tasnifi. 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdoning ijtimoiy shakllari va tashkiliy – 
iqtisodiy tasnifi tubdan o‘zgardi. Sobiq ittifoq davrida respublikada davlat 
savdosi, kooperativ savdo va kolxoz bozori mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi 
kunda mul munosabatlari o‘zgarishi, ditsentralizatsiya jarayoni amalga 
oshganligi munosabati bilan davlat savdosi butunlay xususiylashtirilib, uning 
umumiy tovar aylanishdagi hissasi 1 % gacha miqdorga qisqartirildi. huddi 
shunday kooperativ savdo ham xususiylashtirildi, uni hissasi 9 % atrofida. 
Kolxoz bozori butunlay barham topdi, uni o‘rniga dehqon bozorlari shakllandi.
Savdoning butunlay yangi shakli, ya’ni xususiy savdo vujudga keldi, 
shunday qilib savdoning mulkiy shakllari butunlay yangilandi, nodavlat sektor
shakllandi.
Savdoda vertikal boshqaruv tizimi butunlay barham topdi. Baholar 
erkinlashtirildi. Xo‘jalik aloqalari bozor iqtisodiyotiga moslashtirildi.
Tashkiliy tuzilmalar butunlay yangi tarkibda tuzildi.
Vazirlik va boshqarmalar yo‘q qilindi. Aksionerlik jamiyatlari, 
kompaniyalar, xususiy firmalar, yakka tartibdagi savdo shaxobchalari vujudga 
keldi.
Matlubot kooperatsiyasi tizimida matlubot ta’minot – savdo aksioner 
kompaniyalari tashkil qilindi. Tumanlarda esa, tuman matlubotsavdo ishlab 
chiqarishsa savdo kooperativlari tashkillashtirildi.
2.2.3. Savdoning iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 
 
Savdoning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, ahamiyati, savdoning xususiyatlari, 
bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. 
www.sies.uz
Page 41 of 356 


42
Savdo aholi hayotini ta’minlaydigan alohida soxa bo‘lib hisoblanadi. Uni 
ishtirokida ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilar tomonidan ijtimoiy tan 
olinadi, tovar taklifi bilan iste’molchilar talabi kelishtiriladi.
Tovar taklifi bilan iste’molchilar talabini kelishtirish orqali savdo ishlab 
chiqarishga faol ta’sir qiladi, u ishlab chiqarish hajmini va tarkibini 
(assortimentini) belgilashga ta’sir qiladi. 
Savdoning ishlab chiqarish bilan aloqasi – ularni xo‘jalik aloqalari, tijoriy 
ishlar orqali amalga oshadi. 
Jamiyatda savdo korxonasisiz ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar 
iste’molchilarga yetib bormaydi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonini qaytarilib turishiga savdo real iqtisodiy 
imkoniyatlar yaratadi. har qanday ishlab chiqaruvchi xo‘jalik sub’ektlari o‘zi 
ishlab chiqargan tovarini sotilishini ta’minlash shart, aks holda uning faoliyati 
to‘xtatib qolishi mumkin. Savdo korxonalari ishlab chiqaruvchilarga o‘z 
harajatlarini qoplash va tegishli daromad olish imkoniyatini yaratadi. 
Savdo ushbu vazifalarni bajarish orqali ishlab chiqaruvchilarga xizmat 
qiladi.
Ishlab chiqaruvchilar to‘g‘ridan – to‘g‘ri iste’molchilarni (bu yerda aholi 
nazarda tutilmoqda) o‘z tovarlari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas va uni 
bajara olmaydi. Shu bilan birga savdo ishlab chiqaruvchilarni vaqtni tejaydi va 
takror ishlab chiqarishni tezlashtiradi. 
Xuddi shunday savdo xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bilan ham 
aloqada bo‘ladi. Savdo taqsimotini real holda amalga oshishini ta’minlaydi. 
Savdo – pul, kredit, moliya tizimini muvofiqlashtirilishi jarayonini 
namoyon bo‘lishiga ta’sir qiladi (pul emissiyasi, kassa rejalarini boshqarishi,
inflyatsiya, milliy daromadni shakllanishi) va h.k 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin