179
8.1.1. Ehtiyoj tushunchasi, tarkibi, uni o‘rganishning ahamiyati.
Ehtiyoj tushunchasi insonni tashqi dunyoga bo‘lgan munosabatini bildiradi.
Ehtiyoj shaxs, gurux, umuman jamiyatni hayot faoliyatini ta’minlaydigan moddiy,
ijtimoiy, ruhiy borliqqa bo‘lgan ijtimoiy dunyoqarashi.
Ehtiyoj – inson ongida shakklangan moddiy, ma’naviy,
ijtimoiy va ruxiy
borliqqa bo‘lgan zaruriyat.
Ehtiyoj ikki xil tabiatga ega:
1.
Biologik
2.
Ijtimoiy
Chet el olimlari (A. Abraham Maslou) fikricha inson ehtiyoji murakkab iyerarxik
tarkibdan iborat bo‘ladi. Inson omilini o‘rganishda ehtiyoj tarkibidan kelib chiqib, uni
aniqlab, unga mos boshqarish usullari ishlatilishi kerak.
Abraham Maslou (1908- 1970) ehtiyoj nazariyasini, ya’ni «ehtiyoj piramidasi»
ni ishlab chiqqan. Uning nazariyasiga binoan inson ehtiyoji murakkab iyerarxik
tarkibda tuzilgan bo‘lib, uni menejerlar aniqlab va unga mos usullar orqali ishlatishi
zarur. Uning fikricha ehtiyoj quyidagicha tasniflanadi.
1.
Bazisli – oziq-ovqat, xavf-xatarsizlik, o‘zini ijobiy baholash va h.k.
2.
Kelib chiqqan meto-ehtiyoj – (haqiqatga, farovonlik) ijtimoiy hayotdagi
tartib va birligi.
Bazis, ehtiyojlar – o‘zgarmas, doimiy.
Kelib chiqqan ehtiyojlar, o‘zgaruvchan.
Meta – ehtiyojlar bir xil baholanadi va iyerarxik tarkibda tuzilmaydi.
Bazis ehtiyojlari iyerarxik qoida bo‘yicha «pastdan» «yuqoriga» qarab ya’ni
«moddiy»- «ma’naviy» ehtiyojlarga qarab baholanib boriladi:
1.
Fiziologik va siksual ehtiyojlar;
www.sies.uz
Page 179 of 356
180
2.
Ekzistinsial (lot) so‘zning mazmuni, ma’naviy
qarashni birlamchi deb
qarash, idealistik dunyoqarashni anglatadi.
Bu yerda-yashashni xavsizligi; ertangi kunga ishonch; hayot tarzini
(sharoitni) stabilligi; atrofdagi ijtimoiy ahvolni doimiyligi
va tartibga solinishi;
mehnatni, ishni ta’minlanishiga kafillikligi, tasodifiy holatlardan saqlanishi va h.k.
3.
Ijtimoiy ehtiyojlar biror narsaga, kishiga yaqinligi, kollektivga, guruhga,
berilishi, boshqalarga g‘amxo‘rligi, o‘ziga qaratilgan e’tiborga
muhtojlik,
jamoat ishlarida qatnashish.
4.
E’tiborli (prestij) ehtiyojlar – yuqori «mansabdor» kishilar tomonidan
xurmatlanishi, faoliyatda yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi, ishda status (huquqi,
o‘rni, obro‘yi, e’tibori), yuqori baholanishi, tan olinish, shaxsiy xususiyatni
tan olinishi.
5.
Ma’naviy ehtiyojlar – ijodiyot orqali o‘z – o‘zini tanitish.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni inson ehtiyoji bilan tig‘iz bog‘liq.
Chunki ishlab chiqarish va iste’mol ehtiyojni tug‘diradi, taqsimot bilan ayriboshlash
esa ehtiyojni qondirilish jarayonini tartibga soladi.
Ehtiyoj bir tomondan takror ishlab chiqarish fazalarini natijasi sifatida, ikkinchi
tomondan ularni tebrantiruvchi, harakatlantiruvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida ehtiyoj tug‘iladi,
qondiriladi, yo‘qoladi va
yangidan yaraladi. Shu sababli ehtiyoj talab kategoriyasi talab orqali o‘rganiladi va
prognoz qilinadi. Talab orqali insonlarning ehtiyoji namoyon bo‘ladi.
Umuman jamiyat miqiyosida biologik ehtiyojlar haqiqatda iyerarxik tuzilishdan
iborat bo‘lib, ularni son va sifat jihatdan o‘lchash mumkin.
Ushbu nuqtai nazardan ehtiyojni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Absolyut ehtiyoj – iyerarxiyada birinchi darajadagi ehtiyoj – oziq –ovqat,
nooziq-ovqat, uy – joy, ma’naviy, axborotlarga va h.k.
І
aqiqiy ehtiyojlar – ikkinchi darajada; nisbiy harakterga ega bo‘lib, jamiyatda
mavjud yoki ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan narsalar, real iste’mol byumlari.
www.sies.uz
Page 180 of 356
181
Sotib olish qobilyatiga ega bo‘lgan ehtiyoj – uchinchi darajada – bular bor
moddiy va tovar resurslari hamda aholining pul daromadlari
bilan chegaralangan
bo‘ladi.
Bu ehtiyoj talabda o‘z aksini topadi.
Talab tushunchasi, talabga ta’sir qiluvchi omillar, uni o‘rganish va prognozlash
usullari.
Talab iqtisodiy kategoriya bo‘lib ikki tomonlama harakterga ega.
Birinchidan – sotib olish qobilyatiga egaligi.
Ikkinchidan – iste’mol harakteriga egaligi.
Talab ehtiyojni namoyon bo‘lish shakli sifatida konkret mahsulotni soni va
sifatiga qaratiladi, ya’ni konkret iste’mol qiymat qaratiladi.
Sotib olish qobilyati nuqtai nazardan talab bozorining elementi bo‘lib,
qandaydir miqdordagi pul hajmini bildiradi.
Talab – pul bilan ta’minlangan ehtiyojni shaklidir.
Talab – pul bilan ta’minlangan ehtiyoj shakli sifatida uchta turga bo‘linadi:
1.
Є
ondirilgan – aholiga zarur bo‘lgan, uning sotib olish qobilyatiga yarasha
iste’mol tovarlari va xizmat bilan ta’minlanishi:
2.
Є
ondirilmagan – tovarlar va xizmatlarni yetishmasligi, defitsit.
3. Shakllanayotgan – iste’molchilar tomonidan tovarlarva xizmatlarga
qo‘yilayotgan (xususiyatiga,
sifatiga, tashqi ko‘rinishiga va h.k.) yangi talablar
majmuasi.
Talabga ko‘p omillar ta’sir qiladi. Ular har xil bo‘lib, butun bir tizimdan
iboratdir. Ular quyidagi 8.1.2.1 va 8.1.2.2 chizmalarda keltirilgan.
8.1.2.1-chizma
www.sies.uz
Page 181 of 356