Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


MEHNAT BOZORIDAGI ISHCHI KUCHIGA TALAB VA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116
MEHNAT BOZORIDAGI ISHCHI KUCHIGA TALAB VA 
TAKLIFNI PROGNOZLASHTIRISH ASOSLARI 
 
7.1. Mehnat bozoridagi ishchi kuchiga talab va taklifni 
prognozlashtirishning ahamiyati 
 
Respublikamiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining bozor 
modellariga oʻtishi aholi bandligi istiqbolini belgilash sohasida bir qator 
murakkab va koʻp aspektli muammolarni yuzaga keltiradi. Ular xoʻjalik 
yuritishning yangi sharoitlarida jiddiy oʻzgarishlarga duch keladi. 
Mehnatga qobiliyatli aholi bandligini prognozlashtirishga bir qator 
yondashishlar 
mavjud 
[1,2,3,5]. 
Afsuski, 
ular 
bandlikning 
markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitlaridan kelib chiqadi. Ishchi kuchi 
talab va taklifini prognozlashtirishning biz tavsiya etayotgan 
metodologiyasi ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotining zamonaviy 
talablariga koʻproq darajada javob beradi [4]. 
Ushbu metodologiya asosan yaqin kelajakdagi ishchi kuchiga tatab 
va taklifning dinamikasini tadqiq qilish uslublari majmuasi tashkil qiladi. 
U prognozlashtirishning oʻzaro bog‘liq quyidagi bloklari yordamida 
tatbiq etiladi:
maqsadning shakllanishi, tadqiq qilinayotgan jarayon 
vazifalari, asosiy muammolari va mezonlarini aniqlash; hudud 
rivojlanshining asosiy iqtisodiy va demosotsial koʻrsatkichlari istiqboli 
qiymatlarini belgilash; qishloq xoʻjaligi va sanoat tarmoqlarining turli 
tarmoqlari va mulkchilik shakllarida aholi bandligini prognozlashtirish 
imkoniyatlarini tadqiq qilish; xizmat koʻrsatish tarmoqlarining turli 
tarmoqlari va mulkchilik shakllarida aholi bandligi rivojlanishining 
prognozllarini belgilash; xodimlarni tayyorlash va qaytadan oʻqitish 
masalalarini hal qilish; shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar va dehqon 
xoʻjaliklari, yakka, shaxsiy mehnat faoliyati kabi shaxsiy mehnat 
sektorining jabhalarida ish bilan band boʻlganlarning kelajakdagi sonini 
aniqlash; qishloq xoʻjaligi va sanoatning turli tarmoqlari va mulkchilik 
shakllarida ishchi kuchiga talabning prognoz bahosini berish; xizmat 
koʻrsatishning turli tarmoqlari va mulkchilik shakllarida ishchi kuchiga 
talabni rejalashtirish; shaxsiy mehnat sohalarida ishchi kuchiga talabni va 
tadqiq qilinayotgan hudud aholisi ish bilan bandligining barcha 
tarmoqtarda ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nisbat holatining 
istiqbolli koʻrsatkichlarini aniqlash (5-rasmga qarang). Asosiy bloklar 
mazmunini mukammal koʻrib chiqamiz. 


80 

2 6 
4 3 7 
5 8 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin