Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116
Ikkinchi blokda
qishloq xoʻjaligi va sanoatning turli tarmoqlari 
va mulkchilik shakllarida aholining ish bilan bandligi prognozi 
imkoniyatlari aniqlanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholining bandligini prognozlashda bir 
necha xil yondashish bayon qilingan [1,2,3,5]. Ular orasida eng koʻp 
yoyilganiga [5] muvofiq xalq xoʻjaligida aholi bandligining istiqboli 
ishchi kuchi taklifining istiqbolidan kelib chiqishi kerak. Ammo u 
rivojlanishning ma’lum bosqichlarida hal qilinishi lozim boʻlgan 
ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vazifalarni hisobga olmaydi.
Boshqa bir yondashishga [3] muvofiq, bandlik prognozini 
belgilashda iqtisodiyotning ishchi kuchiga talabini aniqlash birlamchi 
hisoblandi. Bunda ishlab turgan korxonalardagi xodimlar soni mehnat 
unumdorligining loyihalashtirilgan oʻsishi haqidagi ma’lumotlar 
asosida belgilanadi, yangi ishga tushirilgan korxonalarda esa ishlab 
chiqarish quvvatlarini oʻzlashtirishning loyiha ma’lumotlari va 
grafiklari boʻyicha hisoblanadi. 


82 
Bayon etilgan yondashishlar bandlikni prognozlashtirishda keng 
qoʻllaniladi, ammo bozor iqtisodiyoti asosida xoʻjalik yuritishga oʻtish 
bu muammoni mehnat unumdorligi oʻsishining berilgan foizi emas
balki tovarlarga talab nuqtayi nazaridan oʻrganishni taqozo etadi. 
Bunday yondashishning mohiyati shundan iboratki, qishloq xoʻjaligi va 
sanoat tarmoqlarida xodimlar soni ushbu tarmoqlarda ishlab chiqarilgan 
tovarlarga boʻlgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bozor 
iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va sanoatning har bir tarmog‘ida YaIM ni 
eng koʻp ishlab chiqarishni ta’minlash va yakuniy natijada bandlikni 
oshirish boʻyicha imkoniyatlarni baholash uchun haqiqiy ishlangan ish 
vaqtini aniqlash masalasiga alohida munosabatni talab qiladi. 
Fikrimizga koʻra, aholi bandligi prognozini aniqlash uchun 
qishloq xoʻjaligi va sanoatning har bir tarmog‘ida YaIMning yillik 
ishlab chiqarilishi va bir ishlovchining oʻrtacha yillik ishlangan kunlar 
miqdorini baholash talab qilinadi. 
Yillik YaIMni 
prognozlashtirishda 
iqtisodiy-statistika va 
ekonometrik tadqiqotlarning turli xil uslublaridan foydalanish mumkin 
[3,4]. Kobb-Duglasiiig ishlab chiqarish funksiyasi ushbu barcha 
uslublarning asosi boʻladi. Yondashishlardan biri shundan iboratki, bir 
yillik YaIM – T vaqti orqali, tarmoq YaIMini ishlab chiqarishi – X yor-
damida, mehnat sifati sarfining koʻrsatkichi qishloq xoʻjaligi va sanoat 
tarmoqlarida band boʻlganlar ishchilar sonini (S) ularning umumiy 
soniga (N) nisbati (CFN) sifatida aiiqlanadi:
bu yerda, O – bir yildagi YaIMning a
0
, a
1
, a
2
, a
3
– parametrlaridir. 
YaIM yillik ishlab chiqarilishining prognozi belgilangandan 
keyin, tarmoqlarda uning ishlab chiqarishini ta’minlash uchun zarur 
boʻlgan soatlarning umumiy miqdorini aniqlash mumkin. Keyin 
bandlikning prognozi uchun qishloq xoʻjaligi va sanoat tarmoqdarida 
bir ishlovchiga ishlangan kunlarning oʻrtacha yillik miqdorini baholash 
zarur. Bunday prognozni oʻtgan yillarda ma’lum boʻlgan tendensiyalar 
asosida, matematik statistikaning yaxshi ishlab chiqilgan uslublarini 
qoʻllab amalga oshirish mumkin. 


83 
Shunday qilib, yuqorida koʻrsatilgan baholarni hosil qilib, band 
boʻlganlar miqdorini YaIMni eng koʻp qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 
ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun zarur kunlarning umumiy sonini 
prognozda belgilangan oʻrtacha yillik ishlangan kunlar soniga alohida 
boʻlish sifatida aniqlash mumkin.
Mazkur tarmoqlardagi bandlikning prognozi mulkchilik shakllari 
boʻyicha band boʻlganlar umumiy soni taqsimlanishini rognozda koʻzda 
tutish uchun boshlang‘ich nuqta boʻladi. Ushbu prognozlashtirish koʻp 
omillik modellardan foydalanishga asoslangan uslublarni qoʻllash bilan 
amalga oshiriladi. Koʻp omillik modellarni tuzishning 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin