14
Yuqorida ta’kidlab oʻtilgan, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab
va taklifning nisbatini aniqlovchi omillar va shart-sharoitlar aholini ish
bilan bandligi siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlari va
tamoyillari bilan raqobatga (yoxud ziddiyatga) kirishishi mumkin. Bu
holda mehnat bozorida salbiy tendensiyalarga qarshi harakat qiluvchi
tadbirlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish va oʻtkazish alohida oʻringa ega.
Hududiy mehnat bozorlarining omillari va konyunkturasidagi farqlarni
hisobga olgan bandlik siyosati davlat tomonidan ishlab chiqiladi. U
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida va
«Aholini ish bilan ta’minlash toʻg‘risida”gi qonunda aks ettirilgan [2].
Davlat tomonidan qoʻllaniladigan tartibga soluvchilarning
(ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy) oʻrni mehnat bozorida zid-
diyatlarni yumshatish, ishchi kuchiga talab va taklif konyunkturasidagi
nomuvozanatlikdan va ularni inqiroziy buzilish oqibatlaridan (yalpi
ishsizlikning paydo bo‘lishi, ijtimoiy xoʻjalikda ishga joylashish-ga
imkoniyat yoʻqligi, daromadlarning pasayishi va boshqalardan)
ogohlantirish yo‘li bilan belgilanadi. Ba’zida bozor munosabatlarining
ijtimoiy oqibatlari natijasida shunday sharoitlar shakllanadiki, unda
qishloq aholisining bir qismini mehnat qilish va daromad olish huquq-
lariga ega boʻlishida jiddiy qiyinchiliklar vujudga kelishi oqibatida tur-
mush darajasi pasayadi.
Dostları ilə paylaş: