Milliy g‘oya darslarida axborot va innovatsion texnologiyalar reja



Yüklə 69,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.12.2023
ölçüsü69,16 Kb.
#174359
1   2   3
Milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalar

innovatsion g‘oya
dir. 
Innovatsiya
– bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish 


samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning 
fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi 
hisoblanadi. 
YAngi iste’molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli 
oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni etkazib berish – innovatsiyaga misol 
bo‘la oladi. 
Innovatsiya– foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot 
(tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini 
tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. 
“Innovatsiya” atamasi lotincha
“novatio”
so‘zidan olingan 
bo‘lib,“yangilanish”(yoki“o‘zgarish”),
“in”
qo‘shimchasi esa lotinchadan“yo‘nalishida”deb tarjima 
qilinadi, agar buni yaxlit“Innovatio”ko‘rinishida tarjima qilsak – 
“o‘zgarishlar yo‘nalishida”, 
“yangi yo‘nalishda”
deb izohlanadi. 
Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud 
tizimningsamaradorligini 
jiddiy ravishda oshiradigan omil
sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga 
qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi: 
Innovatsiyalarning ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi: 
Ilm-fan – bu ma’lum mablag‘larni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish. 
Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni mablag‘larga aylantirishdir. 
Ixtiro– bu yangi konsepsiyani yaratish demak. 
Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan 
mahsulotga aylantirish. 
Innovatsiyaning turlari: 
Texnologik – texnologik jarayonda yuqori foyda, tez va oson amalga oshiriladigan yangiliklar. 
Mahsulotga qaratilgan — yangi foydali xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan maxsulotlar. 
Tashkiliy – zamonaviy boshqaruvga qaratilgan. 
Marketing sohasida — eng yangi metodlarni amaliyotga joriy etish. 
Ijtimoiy – inson hayotini yangilashga, tuzilmani o‘zgartirishga qaratilgan jarayonlar (pedagogika, 
boshqaruv tizimi, hayriya, hizmat ko‘rsatish jarayonlarni tashkil etish). 
Innovatsion faoliyatga bo‘lgan dunyodagi e’tibor: 
YAIMning 
Germaniyada 2,7 % , 
AQSHda – 2,8 %, 
YAponiya – 3,5 %i innovatsiyalarga sarflansa 
Belorussiyada— 0,74 %, 
Rossiya – 1,04%ini innovatsiyalarga sarf etadi. 
Singapur, Isroil, Xitoy, Janubiy Koreyadavlatlarining asosiy daromadlari aynan innovatsiyalar 
orqalidir. 
Innovatsiya, innovatsion texnologiya so‘zlarining mazmuni bizning nazarimizda ma’lum bo‘ldi. 
Xo‘sh, 
milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsiontexnologiyalarning o‘rni qanday
, uni targ‘ib etishda 
qanday texnologiyalardan foydalanish o‘zining samarasini beradi? 
Siyosiy fanlar doktori, professor I.Ergashev va boshqalarning qayd etishicha, “Milliy g‘oya 
targ‘iboti texnologiyasi” atamasining paydo bo‘lishi tasodifiy emas. Mustaqillik sharofati bilan 
barcha sohalalarda tub islohotlar o‘tkazildi. Bu islohotlarning zamirida avvalo, ma’naviy-ma’rifiy 
sohalardagi o‘zgarishlarni ta’kidlab o‘tish joiz 
Bugun davr o‘zgardi, ayniqsa, zamonaviy mutaxassisga talablar davlat ta’lim standartlari doirasida 
kuchaytirildi: mustaqil bilimlarni to‘ldiruvchi shaxs bo‘lish, mustaqil fikr yuritish kabilar shaxs 
sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi. 
Bundan o‘qitish jarayoniga tegishli qator holatlar kelib chiqadi, chunonchi, mustaqil ta’lim 
salohiyati kuchaydi, yakka tartibda o‘qitishga ehtiyoj sezilyapti, uning metodologik ahamiyati 
oshmoqda, ijodiy tafakkurni shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xo‘sh, ta’limda izohli-
tasvirli-yondashuv o‘qitish texnologik yondashuvga o‘z o‘rnini bo‘shatib berayotgani, ya’ni o‘qitish


jarayonini texnologiyalashtirish XXI asrda ustuvorlik kasb etayotgani sababi nimada? 
Birinchidan, an’naviy o‘qitish yozma og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘radi hamda “axborotli 
o‘qitish” sifatida tavsiflanadi. Bunda o‘qituvchi nafaqat talaba-yoshlarning o‘quv-bilish faoliyatini 
boshqaruvchisiga, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligi xavfli holatdir. 
Ikkinchidan, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish uchun vaqtning 
cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha murakkabligi va yangicha 
yondashuvlarni taqozo etadi. 
Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o‘quv
obektlariga aylanish o‘qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy 
ravishda, texnologik yondashuvlarni qo‘llashga ehtiyojni tug‘dirmoqda. 
Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo‘llaridan biri – milliy g‘oyani targ‘ib qilish 
texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. “Texnologiya” tushunchasi, keng ma’noga ega. U 
insonning aniq, murakkab jarayonni kema-ket o‘zaro bog‘liq muolaja va amallar tizimiga 
taqsimlash orqali kafolatli natijalarga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar, vositalar, 
yo‘nalishlar tushuniladi. SHu bilan birga “texnologiya” tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab jamoatchilik ongiga mustahkam o‘rnashdi hamda ilmiy va amaliy tafakkurning o‘ziga xos 
yo‘nalishi bo‘lib qoladi. 
Uning regulyativ ta’siri shundaki, u tadqiqotchi va amaliyotchilarni insoniy faoliyatning barcha 
jabhalariga, jumladan, ta’lim sohasiga ham undaydi: 

jarayonning natijaviyligini asoslashga ro‘baro‘ kelishi; 

fan va tajribalarning so‘nggi yutuqlaridan talab qilingan natijalarni olishni kafolatlash uchun 
sag‘arbar qilish; 

faoliyatni intensiv, ya’ni yuqori ilmiy asosda qurish (aksincha, kuch vaqt va resurslarni bekorga 
sarflashga olib keladigan ekstensiv asosda emas); 

faoliyatni mumkin bo‘lgan tuzatish muolajalari sonini kamaytirish maqsadida bashoratlash va 
loyihalashga asosiy e’tibor qaratish; 

yangi informatsion vositalardan foydalanish, eskirgan amallarni avtomatlashtirish. 
Boshqacha qilib aytganda, texnologiyalanuvchanlik inson faoliyatining etakchi tavsifi bo‘lib qoldi, 
u ta’limiy jarayonlarning samaradorligini, maqbulligini, yuqori ilmiyligini yangi sifat darajasiga 
ko‘tarishni anglatadi. 
Texnologiya–zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur usuli, degan xulosaga kelish mumkin. U faoliyatni 
tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligini, tezkorligini texnikaviy qurollanganligini 
oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo‘nalishini aks ettiradi. Texnologiya-predmetli sohaning obektiv 
qonunlarini yuqori o‘lchovda aks ettiradigan va shu boisdan muayyan sharoit uchun natijalarning 
o‘rnatilgan maqsadlarga mos kelishini ta’minlaydigan faoliyatdir. 
SHunday qilib, “texnologiya” deganda insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ketli o‘zaro 
bog‘liq muolaja va amallar tizimiga taqsimlash yo‘li bilan kafolatli natijaga erishish maqsadida 
amalga oshiriladigan usullar tushuniladi. Bunda muolaja sifatida jambuljam harakatlar qabul 
qilinadi, u yordamida bosh jarayon (yoki uning alohida bosqichi) bajariladi, amal esa bu muolaja 
doirasidagi masalalalarning bevosita amaliy echimi, ya’ni muayyan jarayonning bir jinsli mantiqiy 
ajralmas qismi hisoblanadi. 
Texnologiya (jarayon sifatida) uchta qoida bilan tavsiflanadi: 

jarayonni o‘zaro bog‘liq bosqichlarga taqsimlash; 

izlanayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan harakatlarni izchil va bosqichma-
bosqich bajarish; 

qo‘yilgan maqsadga mos natijaga erishishning zaruriy sharti hisoblangan texnologik muolaja va 
amallarni bajarishning alohida ahamiyat kasb etishi bilan bog‘liq. 


Bu jarayonlarni amalga oshirishning asosiy yo‘llaridan biri-milliy g‘oyani targ‘ib qilish 
texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. 
YUqorida biz

Yüklə 69,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin